Psixokorreksiya fanining maqsadi talabalarni psixologik korreksiya sohasidagi hozirgi zamon yutuqlari bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir. Shuningdek, psixokorreksiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullari qo‘llanadigan jarayonini ham o‘rganadi. Psixologik ishlar majmuasi o‘quvchilarni maktab, kollej va liseylarda o‘qitish davomida psixologik, pedagogik jihatdan chuqurrok o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlari, ta'lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni aniqlashga mo‘ljallangandir. Diagnostika va korreksion ishlar guruhiy yoki yakka (individual) tarzda o‘tkaziladi. Bu asnoda psixolog yaqqol vazifalarni bajaradi:
- Yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning kamolot darajalarini belgilaydi. O‘qituvchilarning kasbiy yaroqligi va layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs hislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual (aqliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshiradi.
- Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o‘rganadi, ularga yakkaxol (individual) munosabat va yondashishni yo‘lga qo‘yadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi, trening (maxsus mashk) o‘tkazadi.
- Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, kollej va lisey tinglovchilari, oliy o‘quv yurti talablarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, hulk-atvordagi kamchiliklar, aqliy taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qilib korreksion ishlar olib boradi.
- Bolalarning voyaga yetgan odamlar va o‘z tengqurlari (tengdoshlari) bilan muomalasi xususiyatini tekshiradi. Ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda, psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi (adaptasiyalashtiradi). Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan differensial diagnostikani amalga oshiriladi.
- Nuqsonlarning tibbiy va deffektologik tabiatini aniqlaydi.
- Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilaydi.
- Giyohvandlik, taksikomanlik, al'kogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, ularning omillarini tahlil qiladi.
- Rahbar kadrlar va o‘qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshiradi va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqadi.
- Oliy maktab xodimlari sinov (adaptasiya) muddatini (stajer, yosh mutaxassis, o‘qituvchi, aspirant va boshqalarni) o‘rganadi va amaliy ko‘rsatmalar beradi.
- Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo‘yicha ilmiy-psixologik prognoz qiladi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ma'muriyatni ogoh etadi, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to‘playdi va ularni umumlashtirib, tavsiya ishlab chiqadi.
- Maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat mablag‘ini tejash tuyg‘usini aniqlaydi, ularda mehnatni qadrlash burchini shakllantirish buyicha tadbirlar ishlab chiqadi, milliy g‘urur, millatlararo munosabatlar madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chiqadi.- O‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratadi hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qiladi.
Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil kilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o‘quvchilar va talabalar bilan alohida o‘tkazilishi rejalashtiriladi;
b) psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta'sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
v) ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o‘z aksini topsin. Dasturni halq, etnos, millat, elat tarixi, an'analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stereotipi kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiq, o‘rta maxsus ta'limi o‘quvchilari bilan murabbiylar o‘rtasidagi nomutanosiblikni yo‘qotish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, ulardagi o‘qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o‘rnidan, mavqeidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun trening, ishchanlik o‘yinlari, psixodramadan foydalaniladi, emosional zo‘riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlanadi (xona jahon standartlariga javob berishi, boshqaruv pul'ti, ekran vositalari, audiotrening, sosial trening, texnik vositalariga, ilmiy-amaliy metodikalarga ega bo‘lishi lozim).
Korreksion ishlar ma'lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans buyicha o‘tkazilishi shart. Bunda emosional zo‘riqishga uchragan shaxsning millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta'sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak. Tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo‘lishi ta'sir o‘tkazish samaradorligini oshiradi hamda unda yapon uslublarini qo‘llash ham zarur ma'lumotlar to‘plash va tanglikni yo‘qotish imkonini yaratadi.
Psixologik xizmat tuzilishini quyidagi sxema tarzida tavsiya etish mumkin
Tashkiliy uslubiy bo‘lim Psixologik xizmat
markazi Ilmiy uslubiy
xay'at
Viloyatlar, Toshkent shahri, akademik lisey va kollejlar boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Psixologik xizmat bulimi
Akademik lisey psixologlari
Kollej psixologlari
Psixokorreksion dasturlar tuzishva unga qo‘yiladigan talablar: Psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur:
• korreksion ishning aniq maqsadini belgilash;
• korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni aniqlash;
• ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash);
• metodika va texnikani ishlab chiqish;
• korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash;
• uchrashuv kunlarini belgilab olish;
• vaqtni aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat);
O‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratadi hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |