Sport pedagogik mahoratini oshirish



Download 2,51 Mb.
bet4/108
Sana07.03.2022
Hajmi2,51 Mb.
#485504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
...

m li 2 ta fanera nishon sifatida omonat o'rnatiladi.
Mashq ikki tennischi o‘z maydonining o‘ng tomonidan tu­rib qarama-qarshi tomondan sherigi tashlab bergan to‘phi zarba bilan o‘z nishoniga yo‘llaydi.
Mashqni ijro etish tartibi va baholash 1-mashq singari amalga oshiriladi.
3. 1,3 m balandlikda bir-biridan 1,5 m oraliqda devorga
chizilgan 2 ta 50 sm2 li nishonlarga navbatma-navbat to‘p urish.
Mashqni ijro etish tartibi va baholash 1-mashq singari amalga oshiriladi.
Har bir mashq-test boshlanishidan awal, shu mashq-test oralig‘ida (10 daqiqadan so‘ng) va har bir turdagi mashq
7
test tugaganidan so‘ng (20 daqiqadan so‘ng) quyidagi no-an’ananaviy mashqlar ijro etiladi:

  1. diametri 3 m aylana chiziqbo'ylab soat mili yo‘nalishida (3 daqiqa) va qarama-qarshi yo‘nalishda (3 daqiqa) yugurish;

  2. joydan turib yuqoriga sakrab 360° o‘z o‘qi atrofida aylanib (havoda) yerga qoenish.

0‘ng va chap tomonga aylanish 10-martadan bajariladi.

  1. gavdani oldinga 90° egib, o‘ng qo‘ldagi cho‘pni yerga tirab, o‘ng tomonga o‘z o‘qi atrofida 10-marta, cho‘pni chap qo‘lga olib, chap tomonga 10-marta aylanish. Aylanish shiddati o‘rtacha;

  2. tik turgan holatda, ko‘zlarni yumib, boshni maksimal amplitudada 30° o‘ng tomonga, 30° chap tomonga aylantirish;

  3. ikki tennischi bir-biriga qarama-qarshi turgan holda va qo‘llarni uzatib ushlab, o‘ng tomonga 10-marta, chap tomonga 10-marta aylantirish.

Bundan tashqari zamonaviy tennis o‘ta tezkor va sportchidan mahorat, g‘ayrat talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. Yuqori texnik-taktik, “san’atga” erishish uchun birinchi navbat-da tennischi yetarli darajada rivojlangan maxsus jismoniy sifat-larga ega bo‘lishi kerak. Mazkur sifatlarni va tennis malakalarini ijrosi maqsadga muvofiq о'yin fikrlovchi asosida boshqarilishi musobaqa taqdirini belgilaydi.
Bugungi” tennischi harakatchan, o‘tkir zehnli, tez rlkrlov­chi, irodali, o‘zgaruvchan о‘yin vaziyatlarida munosib harakat qiluvchi, raqibining harakat rejasini tez payqovchi hamda maz­kur qobiliyatlarni uzoq vaqt davomida (musobaqa o'yinlarida) ijodiy saviyasini tushurmasligi zarur. Muntazam davom etib turadigan bunday trenirovka musobaqa yuklamalariga bardosh bera olishlik tennischidan yuqori ruhiy va biojismoniy tayyor-garlikka ega bo‘lishni talab qiladi. Tennis amaliyoti jarayonida
s
bunday sportchilarni yetishtirishni istiqbolli bolalarni izlab to-pish, tanlov o‘tkazish va saralanganlar bilan dastlabki o‘rgatish jarayonini samarali tashkil qilishni taqozo etadi. Ma’lumki, sport malakalariga dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimining poydevori hisoblanadi.
Dastlabki o‘rgatish - o‘zining tashkiliy, uslubiy ilmiy va moddiy texnika nuqtai nazaridan qancha puxta ta’minlangan bo‘lsa, shunchalik sport o‘rinbosar-larini tayyoriash jarayoni samaraliroq kechadi.
Shu bilan bir qatorda o‘rgatish amaliyotida o‘rgatuvchi va takomillashtiruvchi mashqlar “sof hoIda” qo‘llanilishi uchrab turadi. Kuzatuvlar ko'rsatadiki, sport harakatiga o‘rgatish shu harakatni aynan “klassik” namunasidan nusxa ko‘chirish aso-sida olib boriladi. To‘g‘ri, harakat malakalariga o‘rgatishda shu harakatni aynan “klassik” namunasi tushuntirilishi va ko‘rsa-tilishi kerak. Ammo o‘rganuvchi o'rganilayotgan harakat tex-nikasidan nusxa ko‘chirmasdan, aksincha, shug‘ullahuvchi mazkur harakatni o‘z iste’dodiga, imkoniyatiga, qobiliyatiga va qaddi-qomatiga qarab o‘ziga xos tartibda ijro etishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, har bir harakat texnikasini ijro etish-da sportchi o‘zini “mualliflik” uslubiga, usuliga, texnika va tak-tikasiga ega bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday mahoratni tarbiyalash va erishish uchun o‘rgatish jarayonida o‘rganuv-chiga erkin hamda ijodiy tarzda harakat qilish vaziyatini yaratish darkor bo'ladi. Ana shundagina boiajak sport ustasi muayyan harakatni yangi va samaraliroq ijro uslubi yoki usullarini (tex-nologiyasini) “kashf etishi mumkin.
Hozirgi kunda sport fani va amaliyoti malakali sportchilar tayyoriash metodologiyasining umumiy va xususiy jihatlari-ni ochib beruvchi ko‘pdan-ko‘p ilmiy-uslubiy ma’lumotlar zaxirasiga egadir. Shu bilan bir qatorda, malakali tennischilar
9
tayyorlash bo‘yicha chop etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jum-ladan tennisga o‘rgatish jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish, ushbu yo‘nalishga oid samarali, ilg'or texnologiyalami ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy ma'lumotlar doirasi nihoyatda chegaralangan.
E’tirof etish joizki, yosh tennischilarni tayyorlashga qaratil-gan, ayniqsa dastlabki o‘rgatish jarayonini shakllantirishga moijallangan ihniy tadqiqotlar о'rni muvofiq adabiyotlarda o‘ta sanoqlidir, mavjudlari esa, chuqur va keng qamrovli ilmiy mavzular mohiyatini yoritib berishga ojizdir.
Agar zamonaviy tennis o‘yinining salohiyatiga nazar tash-lansa, unda tennis amaliyoti shu sport turiga oid nazariy-ilmiy konsepsiya va xulosalardan ancha ilgarilab ketgan deb aytish mumkin. Shunday bo‘lsada ba’zi mutaxassislarning bu borada-gi ayrim ilmiy qarashlari diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Chunon-chi, I.Tughashvili, V.Yanchuklarning fikricha, so'nggi yillarda zamonaviy tennisda o‘yinchilarning texnik-taktik mahorati bir oz zaifiashgan. Lekin, ularning tezkorlik-kuch sifatlari hamda moddiy-texnik ta’minoti juda yaxshi shakllanganligi ko‘zga tashlanadi. Tennischilarning texnik-taktik mahoratini oshirish maqsadida mualliflar sport takomillashuvi jarayoniga yangi no-an’anaviy o‘rgatish uslubla-ridan foydalanish zarurligiga e’ti-bor qaratishadi, Jumladan, ular taklif qilgan noan’anaviy uslub-lardan biri - o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirishda “noqulay tomondan - zaif qoT’ni kosproq mashq qilishdan iborat. Agar o'yin malakalari ikki tomondan bir xil kuch va mahoratda ijro etilsa, musobaqa natijasida ijobiy o‘zgarish yuz beradi. Shun­day yondashuvga aksariyat tadqiqotchilar tennisga dastlabki o‘rgatish bosqichidanoq o‘yin malakalarini ikki tomondan (o‘ng va chap qo‘l bilan) ijro etishni odat qilish maqsadga muvofiq deb ta’kidlaydilar.
10
Tennischilarning tezkorlik va kuch sifatini qo‘shib shakl-lantirish nihoyatda muhim ekanligi taniqli trener V.Yanchuk tomonidan e’tirof etilgan U mazkur sifatlarai samarali rivojlan-tirish uchun turli oraliqda maydon yuzasidan “sakragan” to‘p sari shiddat bilan yugurish, maydon bo‘ylab turli yo‘nalishlar-dan tezkor harakatlanish, keskin burilishlar, egilishlar, to‘xtash-lar va zarba berish malakasini taqlid qilish mashqlarini munta-zam ijro etish yaxshi natija beradi deb hisoblaydi. Shu o'rinda Ukrainada xizmat ko‘rsatgan trener A.F. Karpenkoning so‘zlari-V.Yanchukning qanchalik hal ekanligini isbotlaydi: “Men av-valambor tennis bilan shug‘ullantirish uchun “yumshoq”, harakatchan, yaxshi koordinatsiyali bolalarni izlayman, chunki tennisda eng muhimi to‘pga o‘z vaqtida chiqish. Men o‘ta tez­kor, kuchli bolalarni qidirmayman: agar bolayoshligidanjismo-nan baquvvat bo‘lsa, u tennis uchun nomunosibdir, Unda harakat erkinligi, harakat yengilligi bo‘lmaydi”. Lekin masalaga bun-day yondashish bolalarda boigan qiziqish intilishni so4ndiri-shi mumkin. Bu pedagogik jihatdan adolatli emas. Bu borada 0‘zbekistonlik trener Sh.R,Chebatarevning fikri e’tibor qarata-di. Uning e’tirof etishicha, har tomonlama jismoniy tayyorgar-lik bolalarning yoshligidan boshlanishi kerak. Faqat jismoniy sifatlarni rivojlantirishga oid mashqlar shu bolalarnirlg yoshi va funksional imkoniyatlariga qarab saralangan holda qo‘llanilishi lozim ekan.
Darhaqiqat, zamonaviy tennisga xos uzoq muddatli o‘yinlar (3,5-4,5 soat), katta shiddatda va ko‘p miqdorda ijro etiladigan turli mazmunli harakat malakalari sportchidan nihoyatda yuqori jismoniy va psixofunksional tayyorgarlikka ega boiishini talab qiladi, Shuning uchun dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab, ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining barcha davrlarida tennis-chilaming jismoniy va psixofunksional tayyorgarligiga ahami-
11
yat berish o‘ta muhim masalalardan biridir. Bu borada yirik tadqiqotchi olim Y.V.Verxoshanskiyning fikri e’tiborga loyiqdir. Mazkur olimning aytishicha, sportchining maxsus jismoniy tayyorgarligini oshinnay turib, uning texnik-taktik mahoratini shakllantirish va musobaqa mashqlari shiddatini o‘stirish im-koni bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, ish qobiliyatini oshirish va sport mahoratini progressiv takomillashuvi umumiy hamda „ maxsus jismoniy sifatlarni tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatiga qarab bir-biriga mutanosib ravishda rivojlantirili-shi bilan belgilanadi.
Shu bilan bir qatorda yana shu narsani e’tiborga olish lozim-ki, ko‘p yillik sport jarayonida malakali sportchilarni tayyor-lash samaradorligi dastlabki o'rgatish bosqichini qanday tash-kil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshi-rilishiga bog'iiqdir. Sport zaxiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh sportchilar bilan mashg‘ulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki o'rgatish bosqichiga jiddiy e’tibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali sportchi tayyorlash niyatida o‘rgatuvchi va ta-komillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni chastotasi va shid­datini oshiradilar, bolalaming jismoniy va funksional imkoni-yatiari ko‘pincha e’tiborga olinmaydi. Natijada hajm va shiddat jihatidan muvofiq me’yoridan orttirilgan mashg'ulot (mashqlar) yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalar organizmida salbiy funk­sional o4zgarishlarga olib keladi, ichki organlar (mushaklar, yurak qon-tomir tizimi, o‘pka, buyrak, jigar va h.k.) faoliyatida zo'riqish va o‘ta charchash alomatlari vujudga keladi. Harakat faolligi susayadi, sport mahorati zaiflashib boradi.
Ma’lumki, insonning harakat faoliyati doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan boisada, uning pirovard samaradorligi shu harakatning sifati bilan belgilanadi. Harakat sifati esa o‘z
12
navbatida hayotiy zarur harakat ko'nikmalari (o‘tmsh-turish, yurish-yugurish, sakrash, to‘xtash va h.k.) va barcha jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchan-lik)ning rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo‘ladi. Lekin, jis­moniy tarbiya va sport nazariyasi hamda sport fiziologiyasi fanlaridan ma’lumki, harakat samaradorligi faqatgina harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlar darajasiga asoslanibgina qol-may, balki ustuvor ravishda turli analizatorlar (harakat, ko‘rish, eshitish, vestibulyar va boshqa analizatorlar)ning funksional ho-latiga bevosita bog‘liqdir.
Kosmik va aviatsiya tibbiyoti hamda sport fiziologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga Karagan-da, harakatni yuksak koordinatsiya, tezlik va aniqlik bilan ijro etishda vestibulyar analizatorining funksional tayyorgarligi hai qiluvchi ahamiyatga ega bo'lar ekan. Boshqacha qilib aytganda,' turli yo'nalishda ijro etiladiganharakatlar (to‘g‘ri tezlanish, kes-kin to‘xtash va h.k.), albatta, har xil tezlanishlar bilan bogiiqdir. Vestibulyar analizatori tana muvozanatini saqlash vazifasmi ba-jaradi. Demak, agar harakatni ijro etishda muvozanat vo‘qol-sa, shu harakat koordinatsiyasi ham, tezligi ham, kuchi ham, aniqligi ham unumli bo'lmaydi. Binobarin, endogen (ichki) va ekzogen (tashqi) ta’sirlar (ayniqsa aylanma tezlanishlar) ostida ijro etiladigan harakatlar koordinatsiyasi, tezligi va aniqligini samarali shakllantirish uchun muvozanat saqlash funksiyasini “boshqaruvchisi” - vestibulyar analizatorining funksional im-koniyatini kuchaytiruvchi modellashtirilgan aylanma tezlanish mashqlaridan foydalanish zarur ekan.
13
II bob. О‘YIN TEXNIKASI ASOSLARI
2.1. О‘yin texnikasi va raketkani ushlash usullari
Tennisga xos harakatlar texnikasi о‘zlashtirish va uni ijro etish jihatlaridan o‘ta murakkab biomexanik, koordinatsion, aerodinamik elementlar hamda fazaiar bilan farqlanadi. 0‘yin usullarini ijro etish murakkabligi shu bilan asoslanadiki, ten-nischi to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘li yordamida amalga oshir-maydi, balki “qo'1-raketka-to‘p” birligida boshqaradi. To‘p raketka gardishiga tortilgan elastik “simlar”ga tekkanda de-formatsiya holati yuz beradi va bu holat ijro etiladigan o‘yin texnikasiga ta’sir etib, uni о‘zlashtirish jarayonini murakkab-lashtiradi. Shuning uchun mutaxassislar tennis texnikasini mukammal о‘zlashtirish imkoniyati erta yoshlikdan boshlab o‘ziga xos jismoniy sifatlar proporsional tartibda rivojlanti-rish, ayniqsa mushaklar moyilligini (elastikligini) ta’minlash orqali yaratiladi, deb fikr yuritadi. Darhaqiqat zamonaviy tennis o‘yini ham ko‘pdan-ko‘p harakat malakalaridan iborat bo‘lib, shug‘ullanuvchilardan ixtisoslashgan kuch, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini, iroda, matonat, o‘tkir zehnlik, zukkolik, “ayyorlik” (yaxshi sport ma’nosida) va boshqa shu kabi xislatlarni shakllantirish talab qiladi. Bugungi tennisda g‘alabaga erishish faqat uzluksiz va maqsadli qo‘llanadigan katta yuklamali mashg‘ulotlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Shug'ullanuvchilar organizmining imkoniyati ham bechagara emas, binobarin, yuklama va ish qobiliyatini tiklash (charchoqni bartaraf etish va organlarni
14
tiklash) orqali shu organizm ish qobiliyatini, uni funksional fnoliyatini muntazam shakllantirib borish zarur bo'ladi.
Mashg‘ulotlarga aynan shunday yondashuv tufayli sportchi-ning tcxnik mahoratini samarali shakllantirish mumkin, shund-agina turli o‘yin vaziyatlarida qo'llanilishi zarur bo‘lgan taktik yoki strategik masalalarni hal qilish imkoniyati tug‘iladi.
Tennischi texnikasi ko‘pdan-ko‘p turli tezlanish va yo‘ha-lishlarda ijro etiladigan harakatlanishlar bilan bog‘liq bo‘lgan zarbalardan iborat. Har bir harakatlanish va zarbalar texnikasi muayyan tartibdagi harakatlar tizimi (klassifikatsiyasi) bilan izohlanadi.
15

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish