Sport o'yinlariga o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlari va sog'lomlashtirishdagi ahamivati Reja: Kirish


Sport va harakatli o’yinlarning sog’lomlashtirishdagi va tarbiyaviy ahamiyati



Download 152,99 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi152,99 Kb.
#841402
1   2   3   4   5
Bog'liq
boltayev sardor

Sport va harakatli o’yinlarning sog’lomlashtirishdagi va tarbiyaviy ahamiyati.

To’g’ri tashkillashtirilgan harakatli o’yinlar bolalarning va o’smirlarning bo’yi o’sishida suyak bo’g’in va suyak tuzilishining qomatini to’g’ri o’sishida ijobiy ta’sir etadi. Bunga asosan bolalarning tanadagi katta va kichik mushaklarining bo’g’inlarida harakatni oshiruvchi harakatli o’yinlar katta ahamiyatga egadir. Harakatli o’yinlar yurak, o’pka faoliyatini oshirib, qon va modda almashinuvini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. O’yinlarda jismoniy mashqlarning hajmiga alohida e’tibor berish kerak. Asta-sekin bola organizmi mashg’ulotlarning og’irligiga ko’nikib boradi. Bu ayniqsa hayotda, ishda katta ahamiyatga ega. Lekin o’yin qatnashuvchilarning toliqishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bolalarning va o’smirlarning muhim organlarining funksiyasini rivojlantirishda aktiv (faol) ko’p marta takrorlanadigan harakati (lekin uzoq davom etadigan emas) o’yinlar juda muhim. Shuning uchun o’yinlarda mushaklarning toliqishi va nafas olish qiyinlashuvi (shamollashga yo’l qo’ymaslik kerak.). Bu o’yinchilar diqqati va yodda saqlashini yaxshilashi uchun yaxshi ta’sir o’tkazib, shuningdek ularda ijobiy his-tuyg’uni o’stiradi. Shu bilan birga o’yindagi salbiy his-tuyg’u nerv faoliyatiga, sog’lig’iga ta’sir o’tkazib, bu faoliyatni buzishiga sabab bo’ladi. Doimiy yil bo’yi o’tkaziladigan, ochiq havoda to’g’ri tashkillashtirilgan o’yinlar bolalarning chiniqishiga yordam beradi. Katta gigiyenik ahamiyatga ega bo’lgan mashg’ulotlar maktab o’quvchilarida bolalar faol dam olishiga muhtoj bo’lgan paytda va yozda ta’til paytida quyoshdan to’g’ri bahramand bo’lib, toza havo va suv mashqlari yordamida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning o’yinlardagi rollarini to’g’ri taqsimlaganda, (har bir o’yinchining qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib) o’yinchilarning bir-biriga nisbatan hurmat hissini o’yg’otib ularda har bir harakatiga o’zlari javob berib, o’rtoqlariga o’zlari yordam beradi, agar bu o’yin paytida kerak bo’lsa. Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlar o’rtoqlik hissini uyg’otib, o’zining hatti harakatiga to’g’ri tanqidiy qarashni o’rgatadi. O’yinchilarda chaqqon, aniq tez harakatlarni ko’rib, ularning go’zalligiga baho berish estetik tarbiyani oshiradi. O’yin mashg’ulotlari to’g’ri koordinasiyani tashkillashtirish va ularni to’g’ri taqsimlash bolalardagi tezlik bilan kirishib ketib, to’g’ri harakatlarni bajarish uchun ayniqsa muhimdir. O’yinlarda tarbiyaviy, ta’limiy, sog’lomlashtiruvchi masalalarni birgalikda va birlikda yechish kerak. Harakatli o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati. Harakatli o’yinlarda qatnashuvchilar turli xil harakatni takrorlashadi. Harakatli o’yinlarni boshqarib, quyidagi xislatlarning faol ko’rinishini, mutanosib birlikda baholab, rivojlantirish kerak. Ular ta’limning va rivojlanishning turli pog’onalarida katta ahamiyatga ega. Chaqqonlikni rivojlantirish uchun bir harakatdan boshqa harakatga o’zgarayotgan muhitga o’tishda qo’l keladigan o’yinlar o’ynaladi. Tezlikni mukammallashtirish uchun tovushlarga, ko’rish signallariga bir zumda javob bera oladigan, to’xtalib va yana davom etadigan, qisqa masofani oz vaqtda o’tishni o’rgatadigan o’yinlar juda yaxshi ko’rsatkichlarni beradi. O’yinda kuchni tarbiyalash uchun qisqa masofa kuch ishlatiladigan o’yinlar to’g’ri keladi. Chidamlilikni rivojlantirishga bir necha marta takrorlanadigan, do’xtamaydigan harakat bilan va kuch va energiyani sarf qilishni talab etadigan o’yinlar kiradi. Harakatli o’yinlarning raqobatchiligi harakat faolligini oshirib, marraga shijoat va mardlikni rag’batlantiradi. Qatnashuvchilar to’siqlarni birgalikda jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlarning afzalliklariga amin bo’ladi. Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlarning musobaqalarda qatnashuvchilarning yakkalashuvi emas, balki birlashuvi muhimdir. Bu o’yinlarda har bir qatnashuvchi jamoaviy harakatli o’yinlarda jamoa o’yinchilarining harakatlari qonun-qoidalarga o’z hohishiga binoan bo’yso’nib rioya qilishi, tartib intizomni tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Maktab yoshidagi bolalar harakatli o’yinlarning pedagogik xarakteristikasi. Ta’lim amaliyotida, jamiyat hayotida va kundalik hayotimizda 2 ta asosiy harakatli o’yinlar turi mavjud: dars paytidagi va darsdan tashqari. Darsdagi harakatli o’yinlar tarbiyachi-pedagogning rahbarligi qo’l ostida bo’ladi. Unda o’yinchilar guruhining doimiy tarkibi olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmuni va hajmi, tashkilot bilan uzviy bog’liqligi ko’zda tutiladi. Darsdan tashqari o’tkaziladigan o’yinlarning faol qatnashuvchilarning, tashkilotchilarning guruh sardorlarining (bolalar orasidagi) roli ko’zda tutiladi. Bu o’yinlar qoidaga binoan, guruh a’zolarining almashinib turishi va o’yinlarning xilma-xilligi, hajmi bilan farq qiladi. Bundan tashqari harakatli o’yinlar bilan turar joylarda, darsdan tashqari kundalik tartibga binoan ajratilgan vaqtda o’tkaziladi. Harakatli o’yinlarga ajratilgan vaqt, qatnashuvchilarning yoshi, sinfi, ta’limning yil bo’yi o’tkazilishi kerak bo’lgan vaqtda va faoliyatning va dam olishning turiga ham qaraydi. Sport o’yinlari – ba’zi bir harakatli o’yinlarning yuqori bosqichidir. Sport o’yinlariga shart-sharoit unchalik qulaylik talab etilmaydi, qattiq qoidalar asosida olib boriladi. Ularda qatnashuvchilarning aniq soni, ular jismoniy texnik va taktik tayyorgarlik ko’rishi kerak bo’ladi. Bu o’yinda mukamallashtirish uchun qatnashuvchilar tartibga rioya qilgan holda va boshqa sport turlari bilan birgalikda olib borishlari kerak. Sport o’yinlari bo’yicha musobaqalar olib borilib, eng yaxshi o’yinchilarga sport razryadlari, unvonlar beriladi. Barcha sport o’yinlari o’rta va katta yoshdagi maktab o’quvchilari uchun qo’llanish uchun qulaydir. Harakatli o’yinlarning mazmuni o’yinchilarning maqsadi, g’oyasi qonun va harakatli xususiyatlari asosida tuziladi. Uning hozirgi mazmuni insonning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan o’yinlari tashkil qiladi. O’yin mazmuni va maqsadi o’yinchilarning to’la harakatlarini va taktik elementlar, o’yin texnikasining o’rganishi bilan o’yinni qiziqarli o’tishiga yordam beradi. Qonun-qoidalar o’yinchilar uchun majburiy talablardir. Ular o’yin qatnashuvchilarning bir joydan boshqa joyga o’tishiga, o’yin qatnashuvchilarning qonun-qoidalarga bo’ysinib, ularning majburiyati va huquqini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda ijobiy faollik va o’yin qoidalarga rioya qilgan holda erkinlik ham rag’batlantiriladi. Harakatlar harakatli o’yinlarda turli xil ular taqlidiy, ritmik, ijodiy bo’lishi mumkin. Harakat, chaqqonlik talab etiladigan, tezlik, kuch va boshqa jismoniy xususiyatlarni talab etadi. O’yinlarda qisqa masofaga yugurish va yo’nalishini o’zgartirib sakrash, kuch bilan harakat, turli xil harakatni qo’llashni (maxsus) talab etadi. Tanqidiy kuzatuvlar, harakatli mustaqil ravishda yangi, murakkab qoidalarni ustozlari qo’l ostida o’rganib boradilar. Bolalar yakka tartibda, kichik guruhlarda va ba’zi holatda ko’pincha jamoa bo’lib, (30-40 kishi) katta o’rtoqlari rahbarligida o’ynaydilar. Ko’p sonli, oson o’yinlarda, bir necha guruhga bo’linib, bu o’yinlarning harakatlarini tan olgan holda; har bir o’yinchining harakati ko’zda tutilib boriladi. Asosiy o’rinni kichik masofali har tomonga, to’g’riga yugurish «yetib olish – yugurish», biroq ikki oyoqda sakrash, berilgan to’siqlardan sakrash, predmetlar (skameykadan) to’pni olib borib, uzoqqa otib, toshga, va boshqa narsalarga otish kabi o’yinlarda ijobiy xarakterga ega bo’ladi. Ko’pincha harakatli o’yinlarga ashula aytish, jamoa bo’lib tovush chiqarish kabilar keng qo’llaniladi. Har bir o’yin yuqorida aytib o’tilgan bir-ikki harakatlardan iborat. Ular alohida, ba’zida birga qo’shilib o’ynaladi. Masalan, «To’p o’rtog’iga» o’yini to’pni olib berishga, «Sakrovchi– chumchuqlar» o’yini esa sakrashga, «Bo’rilar zovurda» o’yini esa uzunlikka sakrashga mo’ljallangan. Qishda ochiq havoda o’ynalganda yoki bahorda shamolli vaqtda kichik yoshdagi bolaning tana haroratini ham hisobga olish kerak.

Xulosa.
Sport o'yinlari shug'ullanuvchilarning salomatligi va jismoniy rivojlanishini yaxshilashning juda samarali vositasidir, shuning uchun ular keng yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyaning samarali vositasi bo'lib xizmat qiladi. Shunday qilib, sport o'yinlari ijobiy ko'nikmalar va xarakter xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Sport o'yinlari yordamida bolalar tarbiyalanadi: * shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo'ysundirish qobiliyati, * o'zaro yordam, o'z sheriklari va raqiblarini hurmat qilish; * ongli intizom, jamoa a’zosi sifatidagi faollik, kelajakda esa jamiyat a’zosi sifatida jamoa va yaqinlar oldidagi mas’uliyat hissi, o‘z shahri, o‘z mamlakati uchun vatanparvarlik va g‘urur. Shunday qilib, jamoaviy sport nogiron bolalarni jamiyatga tayyorlash va moslashtirish uchun majburiy komponent hisoblanadi.
Sport o'yinlari bilan shug'ullanadiganlarning motorli ko'nikmalari katta harakatchanlik, dinamizm bilan ajralib turadi. O'yinchilar to'g'ri uzatmalarni amalga oshirishlari kerak, zarbalar darvozaga to'pni savatga turli usullarda va turli xil sharoitlarda tashlash. jamoaviy harakat, ko'pgina sport o'yinlariga xosdir. Sport o'yinlarining muhim xususiyati murakkab jamoaviy taktik harakatlardir. Sport o'yinlarining aksariyat turlari jamoaviy o'yinlar bo'lib, musobaqalarda muvaffaqiyat ko'p jihatdan barcha ishtirokchilar harakatlarining uyg'unligiga bog'liq. Yaxshi o'zaro ta'sir qilishning qiyinligi shundaki, o'yinda oldindan belgilangan o'yinlar ketma-ketligi, texnikasi va doimiy ritmi yo'q. Har bir o'yin sharoitida jamoaning individual o'yinchilarining harakatlari har xil bo'ladi, lekin ular bir-biriga bog'liq bo'lishi va umumiy muammoni hal qilishga qaratilgan bo'lishi kerak. O'yinchilar o'z harakatlarini sheriklar bilan muvofiqlashtirish va muvaffaqiyatga erishish uchun maksimal tashabbus, ijodkorlik va jasoratga muhtoj. Kollektiv o'yinda o'yinchilarning o'zaro yordami katta ahamiyatga ega. Hamkorga o'z vaqtida va to'g'ri yordam ko'rsatish dushman ustidan g'alaba qozonishning muhim omilidir. Hujumda ham, himoyada ham bir-biriga yordam berib, o'yinchilarning dushman ustidan doimiy raqamli ustunligini yaratishga intilish kerak. O'yin harakatlarini tanlashda mustaqillik va tashabbus, taktik intizom bilan birgalikda namoyon bo'lish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi.o'yinchilarning individual xususiyatlari. Sport jamoasi ongli intizom va kollektivistik shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishning faol omiliga aylanadi. Jamoada va jamoa orqali shaxsni tarbiyalash. O'yinning asosiy psixologik muhiti - bu o'z harakatlarini jamoa manfaatlariga to'liq bo'ysundirish istagi (hatto shaxsiy farovonlikka qaramay, u yoki bu tarzda "o'ziga zarar etkazishi" mumkin). Shuni ta'kidlashni istardimki, nogiron bolalarda bu yo'nalishda ijobiy natijalarga erishish juda qiyin, bu o'qituvchi uchun muammolardan biridir. Ammo bunday munosabat bo'lmasa, har bir jamoa a'zosi kuchli, yaxshi muvofiqlashtirilgan jamoaga ega bo'lolmaydi, garchi u individual ravishda texnik, jismoniy va taktik jihatdan yaxshi bo'lsa ham. tarbiyalangan futbolchilar. O'yin faoliyati doirasi tegishli qoidalar bilan belgilanadi, ularning buzilishi turli xil jazolarga sabab bo'ladi. O'yinchilar nafaqat qanday texnika va taktik harakatlarni qo'llash kerakligini aniqlashga majburlahza, balki o'yin qoidalarini ham eslab qoling. Sport musobaqalarida muhim bo'lmagan ikkinchi muammo - bu sport hakamlarining xayoliy va haqiqiy xatolariga aloqadorlarning keskin munosabati. Bu erda o'qituvchining shaxsiy namunasi muhim rol o'ynaydi. Uning hakamlarga to'g'ri va do'stona munosabati, mumkin bo'lgan xatolar tufayli g'azablanishning tashqi ko'rinishlarining yo'qligi - bularning barchasi chidamlilik, mardlik, sport odob-axloqi tamoyillariga hurmatni tarbiyalashga xizmat qiladi. Barcha yoshdagi va qobiliyatli bolalar uchun foydalanish imkoniyati. Sport o'yinlari - bu noyob tomosha, shu asosda boshqa sport turlarini ular bilan solishtirib bo'lmaydi. O'yinlarning jozibadorligi va mashhurligi ularning qulayligi va o'yin-kulgidadir. Bu ularni keng jamoatchilikni muntazam jismoniy tarbiyaga jalb qilish uchun ajoyib vositaga aylantiradi.



Download 152,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish