sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) LI maxsus



Download 140,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.03.2022
Hajmi140,07 Kb.
#505175
Bog'liq
Futbol - Vikipediya



Futbol
Futbol (
inglizcha
 foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus
maydon (90-120 x 45- 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410-450 g,
aylana diametrining uzunligi 68-70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim,
12-15 daqiqa tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib
darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat
darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).
Bu maqolada manbalar 

teglariga olinmagan, yoki umuman
koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ko‘proq o‘rganish


Futbol
Futbol matchi, hujumchi toʻpni darvoza tomon tepmoqchi.
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot
FIFA
Boshqa nom(lar)i
sokker, football
Qachondan beri
19-asrdan, 
 
England
 
Angliya
Xarakteristikalari
Kontakt
Ha
Jamoa aʼzolari
11
Aralash jins
Ha, alohida musobaqalar
Turkum
Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom
Futbol toʻpi
Oʻynaladigan joy
Futbol maydoni, stadion
Olimpik oʻyin
Ha, 
1936-yildan
Paralimpik oʻyin
Ha
Mintaqa
Butun dunyo
Futbolda muxlislarning asosiy maqsadi oʻyin davomida oʻz jamoalarini ragʻbatlantirishdir.


F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin
Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki
zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F.
klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning
oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil
kilindi. 1896-yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalkaro futbol federatsiyasi -
FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng
rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu
oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda
Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan
shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli
toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila
boshlandi. 1956-yilda Toshkentda „Paxtakor“ jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi
stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan
Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A.
Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom
qozondilar.
1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta
roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli
toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi
taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada
rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18 mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari
toʻgʻrisida“ (1996-yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning „Neftchi“
klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim
finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final
bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va
AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi
ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun
mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari
faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga
ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, „Barkamol avlod“
va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada
oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13840, „Futbolimiz kelajagi“
musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida


oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“,
Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar
oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan
F.chilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga
kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658
kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi
(2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan),
„Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib
turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov
kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B.
Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R.
Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri
minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28-40 x 16-20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m,
toʻpining ogʻirligi 400-600 g, aylana diametrining uz. 60-62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 daqiqa (20
daqiqadan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga
chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha
jahon chempionati 1989-yildan, Osiyo chempionati 1998-yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston
miniF. chempionati 1997-yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston
miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A.
Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda
4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).
Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950
Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978
Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol
buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966
Birma1970 Birma va Koreya Resp.
1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.
1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron
Planeta futbola, M., 2002; Safarov V. A., Match dlinoyu v 40 let, T., 1996; Imomxoʻjayev A.,
Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, T., 1996; Pravila igri v futbol, T., 2002.
Adabiyot


Futbol (
ingl.
„foot“ — oyoq, „ball“ — toʻp) — 
sport
oʻyini. Oʻyindan maqsad 
toʻpni
raqib
darvozasiga
 kiritish. Bunga har bir jamoadagi 
darvozabon
xalaqit berishga intiladi, unga oʻz
darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa
barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga
ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar
oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan
vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .
Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan
(10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib,
har biri 45 
daqiqa
davom etuvchi 
taymlardan
iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida
jamoalar oʻrin almashishadi.
Bundan tashqari shunday futbol turlari borki, ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi mumkin —
jumladan 
plyaj futboli
 (qumda oʻynaladi), 
mini-futbol
(maxsus qoplamali zalda oʻynaladi),
mahalla futboli
(har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi).
Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi.
Futbol toʻpi
Futbol bezoriligi
Futbol toʻpi
Shuningdek


Soʻnggi tahrir 24 kunlar avval Kagansky tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Futbol&oldid=2356992

dan olindi


boʻlsa).

Download 140,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish