1. O'quvchi va talabalrni jismoniy tarbiyalash va sog'lomlashtirish jarayonlarida tabiat omillarining chiniqtirish axamiyati muxim o'rin tutadi.
2. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar o'quvchi va talabalarni organizmini tetiklashtirishga va jismoniy yuklamalarga tayyorlashda kerakli vosita bo'lib xizmat qiladi.
3. Maxsus jismoniy mashqlar o'quvchi va talabalarni sport turlari buyicha jismoniy xarakatlar texnikasini egallashga va takomillashtirishga katta yordam beradi.
4. Yordamchi jismoniy mashqlar sport turlarining maxsus mashqlarni shakllantirishda o'ziga xos vosita bo'lib xizmat qiladi.
5. Jismoniy tarbiya sport va sog'lomlashtirish shakllaridan o'quvchi va talabalar jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish tadbirlarida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
6. Tabiat qo'ynida o'tkazilgan jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining jismoniy rivojlantirish va sorlomlashtirish ta'siri muxim axamiyatga egadir.
Musobaqalarning bosh kotibi xakamlar kollegiyasi majlisi bayonnomasini yozib boradi, kur’a tashlash marosimini o‘tkazadi va aylana bo‘ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, musobaqalar jadvalini tuzib chikadi, xamma xakamlik xujjatlarini to‘ldirib boradi, arizalar va norozilik bildirishnomalarini kabul kiladi, ular to‘јrisida bosh xakamga xabar beradi, musobaqalarning o‘tkazilishi to‘јrisidagi texnik xisobotni tayyorlaydi. Gilam raxbarining vazifalari ustun bo‘lib, u arbitr va yon xakam ishini muvofiklashtirib turadi. U bellashuvning borishini dikkat bilan kuzatib turishi va musobaqalar koidalariga muvofik xolda xakamlar xamda sportchilarni baxolab borishi shart. Arbitr va yon xakam o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan takdirda, u o‘z karorini chikarishga xaklidir, lekin xech kachon u birinchi bo‘lib o‘z fikrini bildirmaydi, balki yon xakam va arbitr fikrini eshitadi. Agar arbitr va yon xakam sportchilarning xarakat vaziyatlarini baxolashda bir fikrda bo‘lsalar, gilam raxbari xakamlar karoriga aralashmaydi. Arbitr bellashuvga bevosita xakamlik kilish paytida eng mas’uliyatli vazifani bajaradi. U bellashuvning borishini boshkaradi, kurashchilar xarakatini baxolaydi va bellashuvning musobaqalar koidasiga muvofik o‘tishini kuzatib turadi. U bellashuv boshlanishi to‘јrisida signal beradi, bellashuvni to‘xtatadi va yakunlaydi, yon xakam yoki gilam raxbarining ma’kullashiga karab, bellashuvni tik turishda yoki parterda davom ettirishni belgilaydi. Bellashuv paytida arbitr shunday joyda turishi kerakki, u turgan joydan kurashchilar xarakatlari yoki amalga oshirayotgan usullarini anik baxolay olishi mumkin bo‘lishi lozim. U kurashchilarning butun gavda kismini ko‘rib turishi, ularning xarakatlari va tashlashlari yo‘nalishini oldindan ko‘zlay bilishi, ularni to‘јri baxolashi xamda xar kanday vaktda noto‘јri va xavfli xarakatlarni oldini olishga tayyor turishi zarur. YOn xakam kurashchilarning texnik xarakatlarini baxolaydi va ularni maxsus bayonnomaga yozib boradi. U arbitrdan kat’i nazar, xamma vaziyatlarda o‘z fikrini bildirishi lozim, kurashchilar xarakatlarini baxolashda uning fikrlari arbitr fikrlari bilan mos kelishi, balki mos kelmasligi mumkin.
Axborotchi-xakam musobaqalarni o‘tkazish dasturi va tartibini e’lon kiladi, tomoshabinlarga kurashning borishi to‘јrisida axborot beradi, xar bir bellashuv natijalarini, navbatdagi juftlik tarkibini e’lon kiladi, musobaqa koidalarini ayrim xolatlarini tushuntirib beradi, musobaqa ishtirokchilarining sport faoliyatiga tavsif beradi. Musobaqalar borishi to‘јrisidagi xamma ma’lumotlar musobaqa bosh xakami ruxsati bilan beriladi. Musobaqalar vrachi xakamlar kollegiyasi tarkibiga kiradi, u ishtirokchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va musobaqalarni o‘tkazishning sanitariya-gigienik sharoitlari uchun mas’ul xisoblanadi.Vrach vazn o‘lchanayotganda sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va zarur xollarda ishtirokchilarga musobaqada katanshish uchun ruxsat berish to‘јrisida xulosa chikaradi. U ishtirokchi jaroxatlanganda yoki kasal bo‘lib kolganda tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim. Bellashuv paytida tibbiy yordam gilam maydonchasi tashkarisida ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |