Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari



Download 11,94 Mb.
bet37/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

3. Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari

Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari quyidagilar hisoblanadi:

■ agentlik nazariyasi (Agency Theory);

■ sheriklar nazariyasi (Stakeholder Theory);

■ boshqaruv nazariyasi (Stewardship Theory);

■ tashkiliy nazariya (Organization Theory).

Bu nazariyalarning har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz:

1) Agentlik nazariyasida korporativ munosabatlar mexanizmi agentlik xarajatlari vositalari orqali ko‘rib chiqilib, direktorlar va aksiyadorlar o‘tasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma munosabatlari sifatida ifodalanadi. Ko‘rib chiqiladigan vazifalar tipologiyasi quyidagilarga borib taqaladi:

■ “manfiy tanlov” muammosi (ya’ni yaxshi menejerni qanday tanlash);

■ “opportunistik xulq – atvor” muammosi (ya’ni qanday qilib menejerni mulk egasi manfaatlarida ishlashga majbur qilish).

2001 yil agentlik nazariyasi doirasida keng tarqalgan yana bir model taklif etildi. Bu – Tirolning modeli edi. Ushbu modelda menejerning harakatlari kuzatilmasligi mumkin deb taxmin qilinadi. Firmaning daromadlari menejerning harakatlariga bog‘liq bo‘lsada, biroq ehtimoliy o‘lchamga ega emas. Shunday qilib, firma faoliyati natijalari bo‘yicha menejerning sa’y - harakatlari darajasini aniqlash qiyin. Bu modelda ikki turdagi monitoringi ko‘rib chiqiladi. Faol monitoring shuni anglatadiki, investor ayrim xarajatlarni sarflagan holda, menejerning xususiy foydalarini pasaytirishi mumkin (Yensen-Mekling modeli kabi). Passiv monitoring oraliq bosqichda menejer faoliyati haqida aniqroq signal olishni anglatadi. Bunday signal manbasi sifatida investistiya tahlilchilari, banklar, reyting agentliklari ishtirok etishlari mumkin. Bunda mulk egasi va menejer o‘rtasida agentlik nizosini hal qilish usullari quyidagilar hisoblanadi:

■ yirik mulk egalari, institustional investorlar va kreditorlar, direktorlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladigan monitoring;

■ korporativ nazorat bozori demak, dushmanlarcha bosib olish tahdidi;

■ kompensastiya sxemalari va ko‘rinib turmaydigan stimullar.

2) Sheriklar nazariyasi korporatsiyani uning oddiy elementlari – aksiyadorlar, xodimlar, iste’molchilar, mahalliy hamjamiyat, soliq to‘lovchilar va boshqalarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmagan katta tizim sifatida ifodalaydi. Ya’ni “mulk egasi – menejer” nizosini kengayishi ro‘y beradi va bu nazariyaning mohiyati kompaniya rahbariyatining barcha manfaatdor tomonlar nazorati ostida bo‘lishi shartligidan iborat. Bunda korporatsiya faoliyatidagi barcha sheriklar o‘zlarining maqsadlarini ko‘zlaydi:

■ menejerlar – individual maqsadlar, masalan, mehnatga to‘lanadigan haqni maksimal qilish, ularning professional malakasi ko‘rsatkichi sifatida kompaniya aktivlarini oshirish, xodimlar shtatining o‘sishi va boshqalar;

■ xodimlar individual maqsad sifatida mehnatga to‘lanadigan haqni maksimal qilishni ko‘zlaydi;

■ iste’molchilar ayirboshlashdan olinadigan foydaning maksimal bo‘lishini maqsad qilib qo‘ygan;

■ tijorat hamkorlari korporatsiya bilan shartnomalarni amalga oshirishdan operastion foydani maksimallashtirishga harakat qiladi;

■ moliyaviy vositachilar va moliyaviy resurslar ta’minotchilari individual maqsadlar sifatida aylanmaning o‘sishi, kredit imkoniyatlari va boshqalar uchun korporatsiyaning moliyaviy vositalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini olishni ko‘zlaydi;

■ obligastiyalar egalari obligastiyalarga foiz to‘lovlari va obligastiyalar kurs qiymatining maksimal bo‘lishini maqsad qilib qo‘ygan;

■ davlat tartibga solish organlari korporatsiyadan olinadigan soliq yig‘imlarini oshirishga intiladi;

■ mahalliy hamjamiyatlar korporatsiya resurslari yordamida, biznesning ijtimoiy javobgarlik dasturlaridan foydalanish yordamida ijtimoiy vazifalarni hal qilishga intiladi;

3) Boshqaruv nazariyasining mohiyati shundaki, yollanma menejmentli korporatsiya ustidan hokimlik aksiyadorlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan direktorlar vositasida amalga oshirilishi mumkin.

4) Korporativ munosabatlarni tashkil qilishning umumiy tamoyillaridan tashqari, har bir korporativ birlashmada korporatsiyaning tashkiliy tarkibi, xarid qilingan mulk xususiyati va boshqalar bilan asoslanadigan ma’lum bir o‘ziga xosliklar vujudga kelishi mumkin. Korporativ birlashmalarning eng keng tarqalgan shakllarini ko‘rib chiqamiz.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish