Aksiyadorlar korporatsiyalar bilan alohida iqtisodiy aloqalarni tashkil etadi: ular korporatsiyaning tashkil etilishining sababchilari bo‘lib, - xatarli kapitalning yetkazib beruvchilari hisoblanadi, ularning kaptali orqali korporatsiyalarning rivojlanish va o‘sishi kuzatiladi. Korporatsiyalarning barcha harakat va jarayonlarida aksionerlarning manfaati hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Xizmatchilar, korporatsiyalardan oddiy talablarni qondirishini so‘raydi, ya’ni oddiy ish haqini to‘lashdan boshlab, to ish beruvchi va xizmatchilar bilan buladigan boshqa jihatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Imkoniyatlarning tengligi, ish joyida sog‘liqni ximoya qilish, moliyaviy bexatarlik, shaxsiy hayotga aralashmaslik, mustaqillik va o‘ziga ta‘luqli yashash sharoitini ta‘minlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |