Sport maktablari va markazlari faoliyatini tashkil qilish


Sport markazlari va ularning faoliyatlari



Download 34.91 Kb.
bet10/11
Sana13.05.2020
Hajmi34.91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sport markazlari va ularning faoliyatlari

Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek sport jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.

Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tad­birlarda faqat murabbiylargina emas, balki ilmiy xo­dimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, tex­nik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomo­nidan qo’llab-quvvatlanmokda.

Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari to­monidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.

Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporta rivojiga bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmokda. Yosh sportchilarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, ularning Xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.

O’zbekistonning shon-shuhfatini sport orqali jahonga yoyishda kurash, boks, tennis, shaxmat, sharkona yakkakurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar. SHu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va xukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, qarorlar qabul qilmokda. SHuningdek tajribali murabbiylar va xalqaro sport musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’amxo’rlik va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmokda.

Ta’kidlash lozimki, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga singdirish uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari tashkil etilmokda. Ular terma jamoalar tarkibini to’ldirish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu bilim yurtlariga ko’proq, mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmokda. Bu esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport turlari va Xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi.




Download 34.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar