1-rasm. Qadimgi Оlimpia shahri maketi.
Qadimiy stadionlar uch davrga bo‘lingan:
1. Ellenik.
2. Ellenistik.
3. Qadimiy Rim davridagi stadionlar.
Ellenik davr. Mustaqil davlat hisoblangan Qadimgi Yunonis-
ton shaharlari fan, madaniyat va sport sohalarida boshqa davlat lar
bilan doim raqobatlashgan. Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va
do‘stona ruhdagi musobaqalar Qadimgi Gretsiyada jismoniy ma-
daniyat va sport rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Yunoniston stadionlari me’moriy shakli, kengligi va landshaft-
ning uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Ellenik davr stadionlari davlat
ijtimoiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan. Bu davrdagi stadionlar
o‘rindiqsiz qurilgan.
Ellenistik davrdagi stadionlar ommaviy hayotda katta aha-
miyatga ega bo‘lgan. Qolaversa, ular shahar aholisi uchun tomo-
sha ko‘rsatiladigan inshootga aylangan. Stadion tribunalari uncha
9
katta bo‘lmagan, faqat shahar aholisiga mo‘ljallangan. Masalan:
1 000 000 aholi yashaydigan Milet shahridagi stadion shu shahar
ichiga qurilgan.
Qadimgi Rim. Ko‘pgina stadionlar va sport inshootlari ning
barpo etilishi Rim imperiyasining shakllanish davriga to‘g‘ri
keladi (eramizning boshi). Bu vaqtda ellenik davr stadionlari-
ning ko‘pginasi qayta qurildi. Eramizning ikkinchi asrida Afi na
va Delfadagi stadionlarni qayta qurishga to‘g‘ri keldi. Musobaqa
qatnashuvchilari sonining ortishi tufayli stadionlar maydoni ken-
gaytirildi va tomoshabinlar uchun marmar tribunalar-o‘rindiqlar
o‘rnatildi. Qadimgi Rim davridagi stadionlarning tribunalari to-
moshabinlar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida yarim
oy shaklida qurilgan. Bu davrdagi stadionlar me’moriy nuqtayi
nazardan tugal obyektlarga aylangan. Eramizdan oldingi birinchi
asr Qadimgi Rim inshooti bo‘lmish amfi teatr shakllana boshlagan.
Amfi teatr, o‘z navbatida, zamonaviy sport arenalarining qurilishi-
da muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Amfi teatr (yunonchadan amphitheatre – ikki tomonlama to-
mosha) ommaviy tomoshalar: teatr spektakllari ko‘rsatiladigan
Qadimgi Rim monumental binosi hisoblanadi. Amfi teatr –
o‘rtasidagi maydoni ellips shaklida qurilgan va tomoshabinlar
uchun mo‘ljallangan sport arenasi, undagi o‘rindiqlar pastdan
yuqoriga zina shaklida ko‘tarilib borgan. Bu amfi teatrlar Pompey
shahrida miloddan avvalgi 70-yillarda qurilgan bo‘lib 15000 to-
moshabinni o‘z bag‘riga olgan.
Butun dunyoga mashhur Rimdagi Kolizey miloddan oldingi
125-yilda qurilgan bo‘lib 50 000 tomoshabinga mo‘ljallangan.
Kolizey avval uch yarusdan iborat bo‘lib, to‘rtinchi yarusi era-
mizning ikkinchi asrida qurib bitkazilgan. Kolizeyda dastlab hay-
vonlar, keyinchalik esa gladiatorlar janglari o‘tkazilgan. Bu yerda,
tribuna ostida, juda ko‘p sonli xonalar bo‘lgan. Undan tashqari,
arena ostida hayvonlar uchun qafaslar va boshqa xonalar joylash-
gan. Kolizeydan 1km uzoqlikda qullar yashaydigan qishloq joy-
lashgan bo‘lib, u stadion arenasiga yer osti yo‘li bilan tutashgan.
Kolizey ustiga brezent qoplama tortilgan bo‘lib, u yopiq stadionga
aylantirilgan, deb taxmin qilinadi.
10
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |