SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA SAN’AT FAKULTETI 5A112001- JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG’ULOTLARI NAZARIYASI VA METODIKASI MUTAXASSISLIGI “SPORT FAOLIYATI ” KAFEDRASI II KURS MAGISTRANTI MAXMUDOV ISKANDAR DILMURODOVICHNING ILMIY AMALIYOT (STAJIROVKA) BO‘YICHA HISOBOTI Men Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti sport faoliyati va san’at fakulteti 5A112001- jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 2-kurs magistranti Maxmudov Iskandar Dilmurodovich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti rektorining 2022-yil 12-martdagi 95-ij buyrug’i asosida 5 haftalik Ilmiy amaliyot (stajirovka) o’tash uchun Sharof Rashidov nomidagi O’zbekiston –Finlandiya Pedagogika Instituti Aniq-tabbiy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetiga keldim. Aniq-tabbiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dots Y.Masharipovga berkitildim. Ilmiy amaliyotning dastlabki haftasida Sharof Rashidov nomidagi O’zbekiston –Finlandiya Pedagogika Instituti Aniq-tabbiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishib chiqdim, stajirovka o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishdim; Stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval tuzib chiqdim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari bilan tanishdim (kurslar kesimida). Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan dasturlari bilan tanishdim (kurs va fanlar kesimida). Aniq-tabbiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti pedagog-xodimlari Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi professori Boltayev Z va Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dots Y.Masharipovni darslarni kuzatdim va tahlil qildim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida oʻquv mashgʻulotlarini olib bordim. Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning adabiyotlar bilan ta’minlanishini o‘rgandim. Ilmiy rahbarim bilan magistrlik dissertatsiya mavzuimni kamchiliklarini to’g’riladim. Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning 1-haftasiga ajratilgan 24 soat auditoriya va 24 soat mustaqil ta’lim jami Ilmiy amaliyot (stajirovka bo‘yicha ajratilgan 48 soatni bajardim.