Sport faoliyatida bilish jarayonlar va individual-psixologik xususiyatlar. -Мына тема тусиу керек
2-mavzu: Psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalari.-?
Reja:
2.1.Psixologiya fani haqida tushunsha.
2.2..Oliy nerv faoliyati.
2.3.Psixoloyada shaxs tushunshasi va shaxsning individual psixologik xususiyatlari.
2.4.Psixologiyada psixik jarayonlar va psixik holatlar.
Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya» so'zi ikkita grek so'zlaridan -
«psishe» -jon, Rux va «Logos» - ta'limot, ilm sizlaridan iborat bulib, an'anaviy ma'nodagi inson ruxiy dunyosiga aloqador batcha xodisalar va jarayonlar uning predmetni tashkil etadi. Boshkacha qilib aytganda, Psixologiyaning predmeti har birimizning tashki olamni va uz-uzimizni bilishimnzning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya buyicha adabiyotlarda uning predmetini qiskacha qilib, psixikadir, deb ta'rif berishadi.
Psixika- bu inson ruxiyatining shunday xolatiki, u tashki olamni (ichki ruxiy olamni xam) ongli tarzda aks ettirishimizni , ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Lekin bu qiska ta'riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish notugri buladi. Chunki inson psixikasi va uning ruxiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu kadar murakkab va xilma-xilki, biz ba'zan uz-uzimizni xam tushunmay kolamiz. Shunday qilib, psixologiya fani urganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xil. Psixologiyaning predmeti konkert shaxs, uning jamiyatdagi xulq- atvori va turli faoliyatlarining uziga xos tamonlaridir, deb ta'riflash mumkin. Psixologiya konkert Fan sifatida psixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ruy berishi mexanizmlari va omillarini urganuvchi fandir.
Psixologiya yaxlit va mustakil Fan sifatida odamlarda gumanistik meitalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yunalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda urganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini takoza etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy gumanitar Fan soxalari bulib, psixologiyaning ular orasidagi mavkei uziga xos va etakchidir.
Psixologiya voqeylikning aloxida soxasi bilgan psixik (yoki ruxiy) xayot soxasini irganadi. Shar kimga malum xodisalar sezgilarimiz ,idrok tassavurlarimiz, fikr, xis intilishlarimiz va shunga uxshashlar psixika xodisalari jumlasidandir. Shaxsning psixik va individual xususiyatlari deb ataladigan xususiyatlari;odamning temperamenti (mijoz), sharakteri fe'l atvori), qobiliyati, extiyoji, mayl va xavaslari xam psixika soxasiga kiradi.
Psixik (ruxiy) xodisalarning butun majmui odatda psixika degan siz bilan ataladi. Psixika iziga aloxida bir olam emas: u organikxayotning yuksak formalaridan bilib, faqat xayvonlar bilan odamga xosdir. Odam psixikasi xayvonlar psixikasidan sifat jixatidan farq qilib odamda psixik xayotning yuksak formasi-ong bor. Odam ongli zotdir.
Psixik xayot xodisalari juda xilma-xil bilib bir-biri bilan izaro boglangan biladi.
Psixologiyaning vazifasi ana shu bo\lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik xodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanmokda.
Psixologiya psixik xayot xodisalari yoki kiskacha qilib aytganda psixikadan baxs yuritadi. Psixika-bu yuksak tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), subekt tomonidan obektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub'ekt izidan izoklashtirmay ifodalashi,xuddi shu asnoda iz xulkini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada utmish,xozirgi davr va kelasi zamon xodisalari ifodalangan va tartibga solingandir. Utmish xodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon biladi.
2.3. Shaxs o'z “Men” iga ega xulq-atvorini nazorat qila oladigan, boshqara oladigan va o'zgalarga ham baho bera oladigan, mustaqil fikrga ega jamiyatning faol a'zosidir.
Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari:
1. Temperament
2. Xarakter
3. Qobiliyat
4. Iqtidor
Shaxsning individual–psixologik hususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalardan biri–temperamentdir. Teperament bu lotincha so'z bo'lib, qismlarning bir–biriga munosabati ma'nosini anglatadi va shaxsning individual–psixologik hususiyatlarini majmuini bildiradi. Temperament shaxsning xulq–atvori va faoliyatining dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi.Temperament to'g'risidagi g'oya va bilimlar qadimdan qadim dunyo tabibi Gippokrat yozuvlarida qayd etilgan. U temperament to'g'risidagi tushunchalarni odam nerv sistemasi bilan bog'lab emas, balki, organizmdagi turli suyuqliklar: qon, limfa, safro kabilarga, bog'lab tushuntirib bergan. Xolerik–faol, qiziqqon, hissiy kechinmalarni keskin o'zgartira oladigan, hissiy kechinmalarni kuchli ifodalangan, optimist, arazchi, kek saqlamaydigan, biroz yolg'onchiroq ham, har qanday ishni ko'tarinki ruh bilan boshlaydi va shu ko'tarinki ruh bilan tashlab ketadi, besabr, kayfiyatga beriluvchan.
Sangvinik–ochiq, kirishuvchanlik, suzomol, tashabbuskor, qulaylikni yoqtiradigan, chelovek–komfort, yaxshi suhbatdosh, ko'p va'da berib, lekin ko'pincha ularni ado etmaydi, mehribon, yordam berishga tayyor, quvnoq, ekstrovert.
Flegmatik–passiv, intiluvchanlik, boshlagan ishini oxirigacha yetkazadi, hissiy kechinmalari zaif ifodalangan, o'zini bosib olgan, og'ir vazmin, introvert odam.
Melanxolik–o'ta ta'sirlanuvchan, ko'pincha ezilgan qiyofada, siqilgan kayfiyatda yuruvchi, og'ir, odamovi, nimadir unga yetishmaydi, o'ziga ishonmaydigan, havsiraydigan odam.
Shaxs va temperament o'zaro shunday bog'langanki, temperament shaxsga oid turli hususiyatlarning asosini belgilaydi. Temperamentdan shaxsning quyidagi hususiyatlarini aniqlash mumkin: hissiylik, havotirlik, ta'sirlanish, impul'sivlik. Shaxsda ko'tarilgan hususiyatlarning u yoki bu darajada namoyon bo'lishiga ko'ra uning temperamentini belgilash mumkin bo'ladi.
Temperament shaxsning qobiliyatlarini rivojlanishga ham o'z ta'sirini bevosita ko'rsatadi. Diqqat, harakat, tezlik va tormozlanish bilan bog'liq qobiliyatlarga temperament ta'sirini sezilarlidir.
I.P.Pavlov temperamentini shaxsning oliy nerv faoliyati fukntsiyalari bilan bog'liqligini asoslagan holda temperamenting tiplarini ko'rsatib berdi:
kuchli, muvozanatli tez-sangvinik
kuchli, muvozanatli, sust–flegmatik
kuchli, muvozanatsiz, tez–xolerik
kuchsiz, muvozanatsiz, sust–melanxolik
Odam shaxsiga doir individual–psixologik hususiyatlardan biri bu harakter bo'lib, harakter yunoncha so'z bo'lib, hususiyat, belgi ma'nosini anglatadi. Harakter–kishida barqaror psixik hususiyatlarning individual birligi bo'lib, u shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga boshqa kishilarga va o'z–o'ziga bo'lgan munosabatlarida ifodalanadi. Harakat shaxsning muayyan sharoit xatti–harakatlarni belgilab beradigan individual psixologik hususiyatlar yig'indisidir.
Xarakter jamiyatda shaxslararo munosabatlarda paydo bo'ladi va rivojlanadi. Xarakter munosabatlar sistemasida namoyon bo'lar ekan, uning quyidagi turlarini kuzatishimiz mumkin:
1. Boshqa odamlar bilan bo'ladigan munosabatlarda: bunda e'tiborlik, taktlilik, qo'pollik, muloyimlik, yolg'onchilik, to'g'rililik, muloqatga kirishuvchanlik, muloqatga kirisha olmaslik kabi xarakter jihatlari ko'rinadi.
2. Faoliyatga, ishga nisbatan bo'ladigan munosabatlarda: bunda mehnatsevarlik, vijdonlilik, ishonchlik, tashabbuskorlik, yalqovlilik, ma'suliyatlilik, ma'suliyatsizlik kabi jihatlar kuzatiladi.
3. Shaxsning o'z–o'ziga bo'lgan munosabatida: bunda kamtarlik, o'z–o'zini tanqid, o'z–o'zini yuqori baholash, manmalik, gerdayish singari tomonlar ko'rinadi.
4. Narsalarga bo'lgan munosabatlarda: bunda ozodalik, tartiblilik, betartiblik, qizg'anchiqlik, hasislik, qo'li ochiqlik, tejamkorlik kabilar kuzatiladi.
Shaxs xarakterining shakllanishida uning psixik jarayonlari, psixik xolatlari, shaxs hususiyatlari, xarakter hususiyatlari, xarakter kirralari uzviy bog'likdir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida, bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan belgilari kabi ta'riflanadi.Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon buladigan individual-psixologik xususiyatlardir.
Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, kunikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog'liq buladi, lekin bu xususiyatlarning uzlari mazkur bilim,kunikma va malakalarga taaluqli bulmaydi.
Qobiliyatlar shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual-psixologik xususiyatlar ekanki, psixologiya fani lug'atida berilgan bu ta'rifi B.M.Teplovning « Qobiliyat va iqtidorlik » kitobidagi tushunchalar bilan yanada tuldirish mumkin: Qobiliyat tushunchasida asosan uchta g'oya mujassam, «birinchidan, qobiliyat deganda bir kishining boshqa kishidan farq etib turadigan individual-psixologik xususiyatlar tushuniladi…
Ikkinchidan, qobiliyatlar deb xar qanday individual xususiyatlar emas, balki biror faoliyatni yoki kup faoliyatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradiganlari tushuniladi.
Uchinchidan, qobiliyat tushunchasi shaxsda mavjud bulgan bilim, kunikma va malakalarni bildirmaydi».
B.M.Teplov fikriga kura, qobiliyatlar doimo rivojlanmay turolmaydi.Rivojlanmagan, kishi faoliyatida qullanilmay qolgan qobiliyat vaqt utishi bilan yuqoladi.Kup va muntazam ravishda shug'ullanish orqali shaxsda murakkab faoliyat soxalariga nisbatan qobiliyatlar rivojlanadi.Masalan, musiqa, texnika, badiiy ijod, matematika, sport va xokazolar.
Kishi shaxsi qobiliyatlarining xilma-xil turlari mavjud.Birinchi navbatda kishida mavjud bulgan tabiiy yoki biologik qobiliyatlar farqlansa, keyingilari sifatida maxsus, umumiy,nazariy, amaliy, uquv,ijodiy, muloqotga oid,faoliyatga, bilishga oid kabilarni keltirish mumkin.
Demak, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish, kuzatish,tushunish barcha kasb uchun muxim bulib, shaxslararo munosabatlarini tug'ri va samarali olib borishda yuqoridagi bilimlarni yanada uzlashtirish kerak buladi.
2.4.Psixologiyada psixik jarayonlar. Shaxsning bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat kiradi.
1. Sezgi
2. Idrok
3. Xotira
4. Tafakkur
5 Nutq
6.Xayol
7. Diqqat
Sezgilar–psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida xayvonlarga ham, odamlarga ham xos hususiyat bo'lib, u voqelikdagi narsa va xodisalarning ayrim belgi va hususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi. Sezgilar kishiga tevarak-atrofdagi narsa va voqealarning hususiyatlarini bilishga imkon beradi.
Sezgi a'zolari kishiga tevarak–atrofdagi olamda mo'ljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a'zolaridan maxrum bo'lib qolsa bormi, u o'zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, tevarak–atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-xatardan qutilib qola olmas edi.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning roli juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o'zimiz to'g'rimizdagi bilimlarimiz manbai hisoblanadi. Sezgilar bizga ob'ektiv voqelikning haqqoniy suratini beradi, ya'ni olamni u qanday mavjud bo'lsa shundayligicha aks ettiradi. Tovushlar, xidlar va boshqa kuzatuvchilar ko'zga ta'sir qilganda ko'rish sezgilarini hosil qilmaydi. Xuddi shuningdek, nur va xid ham eshitish kuzata olmaydi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzatuvchidan ta'sirlanuvchi reaktsiyalari tarzida hosil bo'ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik hususiyatiga egadir. Kuzatuvchining o'ziga aynan o'xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo'ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi xisoblanadi.
Analizator uch qismdan iborat:
1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan mahsus transformator hisoblangan periferik bo'lim (retseptor);
2. Analizatorning periferik bo'limini markaziy analizator bilan bog'laydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qoluvchi) nervlar;
3. Analizatorning periferik bo'limlardan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o'zi bilan tugaydigan) bo'limlari.
Analizator reaktsiyalarida periferik bo'limlarining muayyan xujayralari miya qobig'idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos bo'ladi. Jumladan, ko'z turpardasining turli nuqtalari qobiqda har xil nuqtalarda yoyilgan xolda gavdalangan bo'ladi; eshitish a'zosi ham qobiqda barcha sezgi organlariga ham taaluqlidir.
Jumladan, ko'rish sezgilari joylashgan qism, asosan bosh miya qobig'ining ensa qismida joylashgandir. Eshitish sezgilari miya qobig'i tepa burmasining o'rta qismiga joylashgan. To'yish–harakat sezgilari miya qobig'i markaziy burmasining orqa qismiga joylashgan va h.z.
Sezgining xosil bo'lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Kuzatuvchining retseptorga ta'siri qo'zg'alishning yuz berishiga olib keladi. Ana shu qo'zg'alishning boshlanishi tashqi quvvatning retseptor yordamida nerv jarayoniga aylanishidan iboratdir. Bu jarayon retseptordan markazga intiluvchi nerv orqali analizatorning o'zak qismiga qadar yetib boradi: qo'zg'alish analizatorning qobiqdagi xujayralariga borib yetganda organizmning qo'zg'atuvchi javobi xosil bo'ladi. Biz nurni, tovushni, ta'mni yoxud boshqa sezgilarni sezamiz. Shunday qilib, sezgi tashqi qo'zg'alish energiyasining ong faktiga aylanishi demakdir.
Aks etish hususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi:
1) tashqi muxitdagi narsalar va xodisalarning hususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo'lgan ekstrotseptiv sezgilar;
2) tananing ichki a'zolarida va to'qimalarda joylashgan hamda ichki a'zolarning xolatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo'lgan interotseptiv sezgilar;
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda o'rnashgan propriotseptiv sezgilar, ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi, bu sezgi turini kinesteziya deb ham, unga tegishli retseptorlarni esa kinestezik yoki kinestetik deyiladi.
Ekstroretseptorlarni ikkitaga: aloqa bog'laydigan kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Aloqa bog'laydigan retseptorlar ularga ta'sir qiladigan ob'ektlar bilan bevosita aloqa bog'lagan paytda qo'g'atadi, masalan, badanni tegishli orqali sezish, ta'm bilish. Distant retseptorlar uzoqdagi ob'ektdan keladigan qo'zg'atishdan ta'sirlanadi, masalan, ko'rish, eshitish, xid bilish retseptorlari shular jumlasidandir.
Xozirgi zamon fani ma'lumotlariga ko'ra sezgilarni tashqi (ekstrerotseptorlarga) va ichki (introtseptorlarga) bo'lish yetarli emas. Sezgilarning ba'zi bir turlarini tashqi–ichki deb hisoblansa ham bo'ladi, masalan, xarorat va og'riq, ta'm bilish va tebranish, mushakbo'g'im va statik–harakat sezgilari kiradi.
Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Adaptatsiya–moslashuv bo'lib, sezgi organlari sezgirligining qo'zg'atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir. Adaptatsiya xodisasi uch xil turda:
1. Qo'zg'atuvchining uzoq muddat davomida ta'sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo'qolib qolishiga o'xshaydi, masalan, xid bilish sezgilari atrof–muxitga yoqimsiz xid yoyilgandan keyin ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham oddiy xodisadir. Agar tegishli moddani og'izda bir oz vaqt saqlab turiladigan bo'lsa, ta'm bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yo'qolib ketishi mumkin.
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqin bo'lgan, kuchli kuzatuvchining ta'siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadi xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq kuzatuvchi xosil qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga solganda susayadi. Kishi yarim qorong'i xonadan yaqqol, yorqin yoritilgan xonaga chiqqanda, ko'z qamashadi, tevarak–atrofdagi narsalarning farqini ajratish qiyin bo'lib qoladi, bir oz fursatdan keyin esa ko'rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek ko'ra boshlaydi va adaptatsiya xodisasi kechadi.
Adaptatsiya bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3. Kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgilikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, buni pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong'i ko'p bo'lishi natijasida ko'z sezuvchanligi ortadi.
Kishining bilish jarayonlaridan biri bu idrokdir. Narsalar va xodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga idrok deb aytiladi. Idrok jarayonida aloxida xoldagi sezgilarning tartibiga solinishi ham narsa va xodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Idrok narsalarni umuman, uning hamma hususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi, bunda idrok xissiy bilishning o'ziga xos hususiyatlari bilan sifat jixatdan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Kishining idroki uning tafakkuri bilan uzviy bog'liq, narsani ongli idrok etish–unga fikran nom berish, sinfga kiritish, uni suz vositasida umumlashtirish demakdir. Idrok sub'ektning bundan oldingi tajribasiga bog'liq bo'ladi. Kishining tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning bilimlari qanchalik ko'p bo'lsa, uning idroki ham shunchalik boy bo'ladi, bunda u shunchalik ko'p narsalarni ko'ra oladi. Idrokning mazmuni kishi oldiga qo'yilgan vazifa bilan ham, uning faoliyat sababalari bilan ham belgilanadi. Sub'ektning ustanovkasi (yo'l–yo'rig'i) idrokning mazmuniga ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi. Idrok etish jarayonida idrok mazmunini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan xis xayajonlar ham mavjuddir. Bu sababalrning hammasi kishini idrokning boshqarish mumkin bo'lgan faol jarayon ekanligini anglatadi.
Idrokning turlari : ko'rish, eshitish, paypaslab ko'rish, kinestezlik, xidlash va ta'm bilish yo'li bilan idrok qilish. Shuningdek fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va xarakatni idrok etish kabi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin.
Kishining o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi. Xotirada esda olib qolish, esda qolish, esga tushirish va unitish kabi asosiy jarayonlar aloxida ajratib ko'rsatiladi, bu jarayonlarni har biri aloxida mustaqil psixik hususiyat hisoblanmaydi, ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Xotira atrof–muxitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mexanik va mantiqiy yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruxiy jarayon, aloxida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy xodisadir. Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muxim xarakteristkasi bo'lmish protsess bo'libgina qolmay, inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'sinlaydi. I.M.Sechenov o'z davrida «Agar inson xotirasi bo'lmasa, u mangu chaqaloqlik xolatida bo'lar edi», degan.
Xotira kishi faoliyatining barcha jabxalarida ishtirok etishi tufayli uning namoyon bo'lish shakllari rang-barangdir. Shunga ko'ra uchta asosiy mezonga muvofiq xotira turlarini keltiramiz: 1) psixik faollikning hususiyatiga ko'ra: xarakat, emotsional, obrazli, so'z mantiqli; 2) faoliyat maqsadlariga ko'ra: ixtiyorsiz, ixtiyorli; 3) esda olib qolish va esda saqlash muddati, qisqa muddatli, operativ.
Xarakat xotirasi turlari ishdagi ish xarakatlarini esda olib kolish, esda saklash va yana kayta esga tushirishdan iborat bulib, kishining abjir, maxoratli, “oltin kulli” ekanligini alomati. Emotsional xotira xis–tuyguga xos xotira bulib, u kishilarda kuchlirok ifodalangan buladi: xamdardlik, boshidan kechirish kabi. Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va xayot manzalarini, tovushlarni, xidlarni, ta'mlarni esda olib kolishdan iborat bulib, bunda kurish, eshitish, xid bilish, ta'm bilish xotiralari kurinadi.
Suz–mantik xotira mazmunini bizning uy–fikrlarimiz kursatadi. Suz–mantik xotirasi ta'lim jarayonida yetakchi rol' uynaydi. Biron narsani esda olib kolish yoki eslash uchun maxsus maksad bulmagan xolda esda olib kolish va yana kayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Oldimizga biron maksad kuyib esda olib kolganimizda ixtiyoriy xotira xakida suz boradi.
Kiska muddatli xotira materialning kup martalab takrorlash va kayta esga tushirishlar orkali uzok vakt esda olib kolinishi bilan ajralib turadigan uzok muddatli xotiradan farkli ravishda, bir martagina juda kiska vakt oraligida idrok kilish va shu zaxotiyok kaytadan xotirlashdan sung juda xam kiska mobayonida eslab kolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira esa kishi tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan dolzarb xarakatlar, ishlarga xizmat kiladigan jarayonlarni anglatadi.
Xotira jarayonlariga esda olib kolish, yana kayta esga tushirish, esda saklab kolish va unitish kiradi. Bu jarayonlarda xotiraning faoliyat bilan alokasi, shuningdek, uning xodisalari aloxida mustakil (mnemik) xarakatlar tarzida kechishi kurinadi.
Esda olib kolishni xotiraning yangi materialni ilgari uzlashtirgan material bilan boglash orkali esda saklab kolinishiga olib keladigan jarayon bulib, bu individ tajribasini yangi bilim va xulk–atvor shakllari bilan boyitishning zarur shartidir. Esda olib kolish tanlangan buladi: sezgi a'zolarimizning ta'sir kiladigan barcha narsalar xam xotiramizda saklanib kolavermaydi. Materialning esda olib kolinishi shaxs faoliyatining sabablari maksadlari va usullari bilan belgilanadi. Faoliyatning asosiy maksadidan urin olgan material unda kanchalik mazmunli boglanishlar xosil bulsa, shunchalik tez esda olib kolinadi. Faol akliy ish olib borishga undaydigan material ixtiyorsiz ravishda yaxshirok eslab kolinadi. Shuning uchun bajarayotgan vazifamiz mazmuniga kanchalik manfaatdorlik bilan munosabatda bulsak, ixtiyorsiz esda olib kolishimiz xam shunchalik unumlirok buladi.Kishining butun xayoti uning oldiga xamisha jiddiy va kechiktirib bulmaydigan vazifalarni kuchayadi. Atrofdagi olamni tobora chukurrok urganib borishda psixologiyada bilish jarayonlari orasida tafakkur muxim urinda turadi. Tafakkur jiddiy ravishda yangilikni kidirish va ochishda ijtimoiy jixatdan boglik. Alokador psixik jarayondir, uning taxlili sintezi jarayonida vokelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo buladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Tafakkur sezgilar va idrok orkali tashki olam bilan bevosita boglanadi va shu tarzda tashki olamni aks ettiradi.
Kishi tafakkur jarayonida sezgi, idrok va tasavvur ma'lumotlaridan foydalanar ekan, shuningdek xissiy bilish xam yuz beradi. Kishining tafakkur faoliyati uchun nutk aloxida axamiyat kasb etadi. Bunda inson psixikasi bilan xayvon psixikasi urtasidagi printsipial fark namoyon buladi. Inson tafakkurini u kanday shaklda amalga oshirmasin, tilsiz amalga oshirib bulmaydi. Xar kanday fikr nutk bilan chambarchas xolda paydo buladi va rivojlanadi. Fikr kanchalik chukur va asosli bulsa, u suzlarda, ogzaki va yozma nutklarda shunchalik anik va yakkol ifodalanadi. Tafakkurning kurgazmali xarakat, kurgazmali–obrazli va mavxum (nazariy) turlari mavjud. Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning og'zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o'rnatish o'z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyati aloqa jarayonining o'zidir. Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: faol va passiv nutq. So'zlovchining nutqi faol nutq. Tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki, tashqi nutqqa bo'linadi. Tashqi nutq – yozma va og'zaki nutqqa, og'zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo'linadi. Monolog – bir kishining o'ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu o'qituvchining bayoni, o'quvchining to'laroq javobi, ma'ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma'lum qiyinchiliqlarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, logika va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e'tibor berish kerak.
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bulib, mexnatning oralik va oxirgi maxsulotlarida uz ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniklik kursatgan xollarda xulk–atvor programmasini tuzishni ta'minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi muxim vazifasi juda axamiyatli jixati shundaki u mexnat boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur kilish imkonini beradi. Xayol odamga faoliyat jarayonida mexnat maxsulotlarining oralik yoki oxirgi psixik modellarini xosil kilish yuli bilan yul–yurik beradi. Xayol tafakkur bilan uzviy boglangan bulib, kelajakni oldindan kurish imkonini beradi. Zikr etilayotgan xayol uzining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Ayrim xollarda xayol faoliyatning urnida bulishi va unda shaxs uzi xal kila olmaydigan masalalar, ogir sharoitlardan yashirinish uchun real tasavvurlardan uzok bulgan fantastika olamiga vaktincha kirib ketadi. Xayolning bunday formasi passiv xayol deyiladi. Kishi passiv xayolni oldindan uylab yuzaga keltirishi mumkin, xayotda gavdalantirishga karatilgan xayolning obrazlari shirin xayollar xam deyiladi.
Agar passiv xayolni oldindan uylab va uylamasdan kilingan turlarga bulish mumkin bulsa, aktiv xayolni ijodiy va kayta tiklovchi xayol turlariga bulish mumkin. Uz asosida tasviriga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi xayol kayta tiklovchi xayol bulsa, ijodiy xayol original va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini talab etadi. Kupincha xayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan timsollar shakliga, aloxida ichki faoliyat shakliga kirib boradi. Shunday odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni orzu deb ataladi. Demak, shaxs tarbiyasida xayol jarayonining uziga xos axamiyati mavjud bulib, ilmiy, badiiy ijodga keng kullaniladi.
Bilish jarayoni kechishning eng muxim xususiyati uning tanlaydigan, yunaltirilgan tusdaligidan iboratdir. Tevarak–atrofdagi olamning kuplab ta'sirlari orasida kishi xamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz kiladi, nima xakidadir fikr yuritadi uylaydi. Ongning bu xossasini uning dikkat kabi turi bilan uzaro boglik deb xisoblashadi. Dikkat bilish jarayonlaridan farkli ularok, uzining aloxida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jushkin jixatidir. Dikkat individning xissiy, akliy yoki xarakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini talab etadigan ongning yunaltirilganligi va bir narsaga karatilganligidir.
Dikkat sezgi, xotira, tafakkur va xarakat jarayonlarida namoyon bulishi mumkin. Shu sababli dikkatni biror narsaga karatish ob'ektiga boglik xolda kuyidagi shakllarini ajratib kursatadilar: sensor (pertseptiv), akliy xarakatlantiruvchi.
Xosil bulish va amal kilish xususiyatlariga kura esa dikkatning ikkita asosiy turi mavjud: ixtiyorsiz va ixtiyoriy. Ixtiyorsiz dikkat kishining anglashilgan niyatlari va maksadlaridan mustasno tarzda xosil buladi, ixtiyoriy ongli ravishda boshkarilayotgan va tartibga solinayotgan buladi. Ixtiyoriy dikkat ixtiyorsiz dikkat zamirida paydo buladi. Ixtiyorsiz dikkatning paydo bulishi psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Kuzatuvchilarning sifati, sub'ekt uchun yangiligi ixtiyorsiz dikkat paydo bulishidagi asosiy shart xisoblanadi. Ixtiyoriy dikkat shaxs faoliyatida namoyon buladi, uning asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishini faol boshkarib turishdir. Kishi ixtiyoriy dikkat tufayli xotiradan uzi uchun zarur ma'lumotlarni faol tarzda, tanlab ajratib olishga, muxim va jiddiy narsalarni aloxida ajratib kursatishga, tugri karorlar kabul kilishga, faoliyat jarayoniga paydo buladigan vazifalarni amalga oshirishga layokatli buladi.
Dikkat turlicha sifat kurinishlari bilan ta'riflanadi. Dikkatning bu kurinishlarini dikkatning sifati yoki dikkatning xususiyatlari deyiladi. Dikkatning barkarorligi, kuchishi, taksimlanishi va kulami shular jumlasiga kiradi.
Dikkatning barkarorligi dikkat karatilgan ob'ektlarning xususiyatlariga va dikkati yunaltirilgan shaxs faolligiga boglik. Dikkat jalb kilinadigan ob'ektning uzgaruvchanligi, xarakatchanligi dikkatni uzok vakt mobaynida jalb etishning muxim shartlaridir. Agar ob'ektning uzi uzgarmaydigan bulsa va uni turli jixatdan urganib bulmasa, u xolda bu ob'ektga uzok vakt mobaynida dikkatni jalb etish uta mushkul, chunki bir xillik dikkatni susaytirib kuyadi. Ob'ektning murakkablanishi va shaxsning faolligi dikkatning barkarorligiga olib keladi.
Dikkatni kuchishi sub'ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob'ektdan ikkinchi ob'ektga, bir xarakatdan ikkinchi xarakatga ataylab utishidan namoyon buladi. Dikkatning kuchirilishida individual farklar mavjud. Ba'zi odamlar bir faoliyatni kurib, ikkinchisini bajarisha oladi, boshkalar uchun bu ancha vakt va kuch –gayrat sarflashga olib keladi.
Diqqatning ko’lami idrok etiladigan ob'ektlarning xusisiyatlariga boglik buladi. Idrok etilayotgan materialni mazmuniga kura guruxlarga ajratish, sistemaga solish dikkat kulami kengayishga kura guruxlarga ajratish, sistemaga solish dikkat kulami kengayisha olib keladi.
Mavzu muxokamasi uchun amaliy mashgulotida kuyilgan savollar:
1.Bilish jarayonlari turlari.
2. Sezgi va idrok jarayonlari, ularning xarakteristkalari.
3. Nutk va tafakkur jarayonlarining ijtimoiyligi.
4. Xotira va xayol jarayonlarining uziga xos jixatlari, tarbiyasi.
5. Dikkat jarayonining boshka bilish jarayonlari bilan boglikligi
Do'stlaringiz bilan baham: |