Spintronika elementlarini quyidagi sohalarda ishlatish mumkin:
Elektr energiyasini doimiy magnit maydonga va aksincha orqaga aylantiradigan kimyoviy reaksiyalarsiz qattiq holatdagi akkumulyator (yaʼni doimiy magnitni tok bilan magnitlangandek va uni orqaga qaytarib magnetizatsiya qiladigandek, harakatlanuvchi qismlarsiz tok beradi — ilgari hatto nazariy jihatdan ham imkonsiz deb hisoblangan; ammo bu yerda nazariya bilan hech qanday qarama-qarshilik mavjud emas, chunki batareyadagi tokning harakatlanuvchi qismlari spin-polyarizatsiyalangan tokning elementar tashuvchilari hisoblanadi).[2]
„ferromagnetik (Co Fe ) — kremniy — ferromagnetik (Ni Fe ) − aralashmali kremniy“ koʻrinishidagi qalin strukturaga ega boʻlgan spinli tranzistorlar. Birinchi ferromagnitli qatlamdan oʻtgandan soʻng tok spin-polyarizatsiyaga ega boʻladi, ushbu polyarizatsiya (qutblanish) kremniyli qatlamdan oʻtish vaqtida qisman saqlanib qoladi (2007-yilda 350 m qalinlikdagi kremniy qatlamdan oʻtganda elektronlarning 37 % ida spin polyarizatsiya saqlanib qolgan).Bu esa chiqishda spin tokining qiymatini ikki qavatli ferromagnit qatlamining magnit maydoni yordamida oʻzgartirish imkonini beradi (gigant magnit qarshiligi);
Zamonaviy CMOS-sxemalarga nisbatan bir necha barobar tezroq (signal ushlanib qolish vaqti 1 ns dan kamroq), deyarli qizimaydigan (issiqlik ajralishi J tartibida) va ionizatsiyalovchi nurlanish taʼsiriga chidamli boʻlgan mantiqiy sxemalar.
Shuningdek qarang
Julliere, M. (1975). "Tunneling between ferromagnetic films". Physics Letters A 54 (3): 225–226. doi:10.1016/0375-9601(75)90174-7 (https://dx.doi.org/10.1016%2F0375-9601% 2875%2990174-7) .
Johnson, M.; Silsbee, R. H. (1985). "Interfacial charge-spin coupling: Injection and detection of spin magnetization in metals". Physical Review Letters 55 (17): 1790–1793. doi:10.1103/PhysRevLett.55.1790 (https://dx.doi.org/10.1103%2FPhysRevLett.55.1790) .
PMID 10031924 (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/10031924) . "https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Spintronika&oldid=2196204" dan olindi