Spin-spin ta`sir konstantasi moddaning
fazoviy tuzilishini aniqlash usullari
Reja:
1.Spin-spin ta`sir konstantasi.
2.Moddaning fazoviy tuzilshini aniqlash usullari.
3 Molekulalarning. barqaror geometrik konfiguratsiyasi tushunchasi, uni aniqlash usullari
4. Gillespining elektron juftlarini o'zaro itarishish to'g'risidagi nazariyasi (EJOI).
5. Molekulaning geometriyasini, yadrolararo masofalar-atomlarning kovalent radiuslarini, valent burchaklarini difraktsion va spektroskopik usullar vositasida aniqlash.
Hulosa
Testlar va savollar
Foydalanilgan adabiyotlar
Spektrdagi dublet, triplet va hokazolar umumiy qilib multipletdeb ataladi. E’tibor berilsa spin-spin ta’sir kimyoviy siljishga ta’sir qilmaydi. Turli protonlarning siljishi ularning avvalgi chastotasida kuzatilaveradi, lekin bu chastota endi dublet, triplet va kvartetning o‘rtasida to‘g‘ri keladi. Umuman multiplar doim kimyoviy siljishlar o‘lchanadigan markazga nisbatan simmetrikdir. Spin-spin, ta’sir turli signallar soni o‘zgartirmaydi. Masalan, etil spektrida uch xil (ОН, СН2, СНз) signal kuzatilishi, kerak edi. Faqat har qaysi tip signal bir necha cho‘qqika ajralib ketgan. Multipletlardagi cho‘qqilar o‘rtasidagi bu masofa spin-spin tasir konstantasi(SSTK) deyiladi va J harfi bilan belgilanadi. Multeplitdagi cho‘qqilar jadallikliklarining nisbatlari ham simmetrik. Masalan 1:1,1 :2 : 1 yoki 1:3:3:1 va hokazo.
Lekin bunday simmetriya doim kuzatilavermaydi. Ko‘pchilik hollarda chetlanishlar mavjud. Agar spektrda multipletlar orasidagi masofa (kimyoviy siljishlar) spin-spin ta’sir konstantasi (J) ga nisbatan ancha katta bo‘lsa, simmetrik multipletlar hosil bo‘ladi. Bunday spektr birinchi tartibli deyiladi. Agar qo‘shni multipletlar kimyoviy qiymati orasidagi farq SSTK dan kichik bo‘lsa, 6u ikkinchi tartibli spektr hisoblanadi. Bunday hollarda (ya’ni XSXSSTK yoki XS=SSTK) spektr juda murakkablashib ketadi. Uni birinchi tartibli spektrga o‘tkazish uchun yuqori chastotali (100 va 300 MGS) spektrometrlardan foydalaniladi, molekuladagi protonlardan bitta yoki bir nechtasi deyteriyga almashtiriladi.
Spin-spin ta’sir konstantalari.
Proton-protonga nisbatan proton-deyteriy ta’sirlashishda SSTK yetti marta katta. Shuning uchun ham spektr soddalashadi. Ba’zi hollarda spektrning u yoki bu qismini soddalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda «qo‘sh rezonans» usulidan foydalaniladi.
Spin-spin ta’sir ikkita noekvivalent proton o‘rtasida vujudga keladi. Bu protonlar qo‘shni uglerod atomlarida yoki bitta uglerod atomida bo‘lishi mumkin. Ko‘proq birinchi tipdagi protonlar uchraydi. Aytilganlarga ko‘ra protonlari bir-biriga ekvivalent ikkita guruh o‘zaro ta’sirlashmaydi, ya’ni ularning spektrida ajralish kuzatilmaydi.
СН3-СН3, СН3 - СН2- СН2Сl, (CH3) – CHBr –CH2Br, Ar –R va hokazo.
Ta’sirlashish faqat qo‘shni atomlarda bo‘ladimi yoki o‘zoqroq protonlar ham spin-spin ta’siriga ega bo‘ladimi? Faqat oddiy bog‘lar tutuvchi zanjirda SST quyidagicha:
Agar molekulada kuch va uchlamchi bor bo‘lsa ta’sir masofasi ortadi. Masalan: СН3—С≡С—С≡С—С≡С—СН2 Х birikmada СН3ва СН2 protonlar to‘qqizta bog‘ orqali ta’sirlashadi. (J≠O). Yuqoridagi birikmada esa bog‘lar to‘rtta edi. Spin-spin ta’sirni ta’sirni uzatish xususiyatining kuchliligiga qarab bog‘larni quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:
С≡С > С = С > С–С
Qo‘sh va uch bog‘li birikmalardagi «uzoq» ta’sir oddiy bog‘li birikmalarga nisbatan kuchli bo‘ladi. (С=С). Bir-biridan ikkita va uchta bog‘ bilan ajratilgan A, B, Stipdagi protonlar SSTK ham bir-b iridan farq qiladi.
Shunday qilib, spin-spin ta’sir spektr murakkablashtirilsa ham uning ahamiyati katta. Chunki undan foydalanib protoning qo‘shnilari to‘g‘risida juda muhim ma’lumotlar olish mumkin. Bu esa o‘z navbatida moddaning tuzilishini aniqlashni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |