Spermatida xiyla kichik hujayradir, chunki, u o'sishini yetilish davri boshlanguncha to'xtagan birinchi tartib spermatositning 2 marta bo'linishi natijasida hosil bo'lgandir. SHunga qaramasdan unda sitoplazmaning nisbiy miqdori, undan hosil bo'luvchi spermatozoiddagina nisbatan ko'proqdir. Hujayraning keyinchalik oldingi uchi bo'lib qoladigan qismiga yadroning ko'chishi bilan spermatozoid shakllana boshlaydi. SHu bilan birga yadro, yadro shirasining ajralib chiqishi tufayli quyulashadi va spermatozoidga xos bo'lgan boshcha shaklini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |