O'sish davrida bu xromosomalar juft-juft bo‘lib joylashadi, keyinchalik esa ulardan har biri xuddi oddiy kariokinezday ikkiga ajralib ketadi. Buning natijasida xromosomli guruh endi ikki xromosomadan emas, balki to‘rttadan tuziladi. Bu gruppalar tetrada (tetra-4 ta) deb ataladi. Tetradalar soni ham dastlabki xromasomalar soniga nisbatan ikki marta ozaygan va askaridada bayon etilayotgan hodisada ular 2 ta bo'ladi, ularning hosil bo'lishi o'sish davrining oxiriga kelib tugallanadi. Jinsiy hayot sikli fasliy bo'ladigan ayvonlarda o'sish va yetilish davrlari orasida pauza keladi, boshqa hayvonlarda erkaklik jinsiy hujayrasi uning o'sishi tomomlanishi bilanoq yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |