Spektroskopiya
Spektroskopiya
materiya
va
nurlanish
orasidagi bogʻliqlikni oʻrganuvchi
ilmiy
sohadir. Tarixan,
spektroskopiya oq yorugʻlikning shaffof jismlardan oʻtayotib, toʻlqin uzunliklari turli boʻlgan
ranglarga ajralishini kuzatishdan boshlangan. Keyinchalik ushbu
konsept
nafaqat koʻrinuvchi
yorugʻlik, balki har qanday
elektromagnit nurlanishning
modda bilan oʻzaro taʼsirlanishini oʻz
ichiga qamrab oldi. Spektroskopik maʼlumot odatda
spektr
yordamida beriladi.
Spektroskopiya (spektr va ... skopiya) — fizikaning elektromagnit nurlanish spektrlarini
oʻrganuvchi boʻlimi. S. usullari bilan atom, molekulalarning energiya sathlari, ulardan hosil
boʻlgan makroskopik tizimlar va energiya satqlari orasidagi kvant oʻtishlar oʻrganiladi. Bular
moddaning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beradi.
S.ning paydo boʻlishi (I. Nyuton birinchi bor Quyosh nurlarini spektrga ajratgan vaqti) 1666-
yillarga toʻgʻri keladi. Asosan, 19-asrning boshidan spektral sistematik ravishda oʻrganilgan.
Yorugʻlikning
shaffof
prizmadan
oʻtishi uning
ranglarga
ajralishiga olib kelishini koʻrsatuvchi
tarx
.
S. maʼlum belgilarga koʻra, mas, elektromagnit toʻlqinlarning toʻlqin uzunligiga koʻra
radiospektroskopiya (radiotoʻlqin sohasi), optik spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi va
h.k., tekshirilayotgan tizimlarning xiliga qarab atom spektroskopiyasi, molekulyar
spektroskopiya va boshqa boʻlimlarga boʻlib qaraladi.
Atom S.si spektrlarni tahlil qilish yoʻli bilan atom elektronlari qobiqlarining tuzilishini aniqlash;
spektral chiziqlarning oʻta nozik strukturasini oʻrganish orqali atom yadrolarining momentlari
haqida maʼlumotga ega boʻlish; spektral chiziqlarning ravshanligi, yutilishi, kengayishi va
surilishi orqali atomlar hosil qilgan muhitning xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Kristallar S.si da kristallardagi energetik holatlar va ular orasidagi oʻtishlarni oʻrganuvchi
muhim usullar karaladi. S. elektronli va fononli (panjaraning kvantlangan tebranishlari)
boʻladi. Mole kul yar S. — har xil jism molekulalaridan tuzilgan murakkab gaz, suyuqlik va
qattiq holatdagi moddalarning spektrlarini tekshiradi. Rentgen nurlari S.si moddaning
elektron tuzilishini yutilayotgan, chikayotgan rentgen nurlari spektrlari hamda fotoelektron
nurlanish spektrlari orqali oʻrganadi.
Yadro S.si S.ning alohida tadqiqot sohasi hisoblanadi. U atom yadrosining tuzilishi, yadro
kuchlari va yadroning turli xossalarini oʻrganadi. Yadro S.sini alfa, beta va gamma S.si deyish
ham mumkin.
Molekular spektroskopiya (http://www.ziyonet.uz/get_file.php?file=znuz_442_2010042315
1829.rar)
ZiyoNetda
Timeline of Spectroscopy (http://spectroscopyonline.findanalytichem.com/spectroscopy/a
rticle/articleDetail.jsp?id=381944&sk=&date=&pageID=1)
Arxivlandi (https://archive.is/20
130418233543/http://spectroscopyonline.findanalytichem.com/spectroscopy/article/artic
leDetail.jsp?id=381944&sk=&date=&pageID=1)
2013-04-18 at
Archive.is
[[]]
(spektroskopiya tarixi)
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Havolalar
Soʻnggi tahrir 12 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Fanlar haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.ph
p?title=Spektroskopiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Spektroskopiya&oldid=23970
35
" dan olindi