Voqyelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi. Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab yetilgan voqyelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi. Qonun – tizim elementlari o’rtasidagi umumiy va invariant aloqa. - «Qo’sh inkorni - inkor» da rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor qilishdan boshlanadi, uni esa oradan ma’lum vaqt o’tgach yangi sifat inkor etadi.
- Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo’ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo’nalishga ega bo’ladi.
- Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni.
- Sifat narsalarga xos va ularning borlig’i bilan ayniy bo’lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o’ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg’un bog’liq, zero mazkur sifat yo’q bo’lishi bilan narsaning o’zi ham yo’q bo’ladi, u boshqa narsaga aylanadi.
- Xossa-predmetning jihati bo’lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o’xshashligini belgilaydi va ular bilan o’zaro aloqada namoyon bo’ladi.
- Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo’lishi, intensivligi darajasi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega. Ular muqarrar tarzda muayyan o’lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o’xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
- Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima?
- So’z – fikr va dunyo o’rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So’z boyligimiz qancha katta bo’lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo’ladi.
- Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi.
- Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o’zida aks ettiradigan o’ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi.
- Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash mumkin.
- 1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo’llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
- 2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo’limlariga tegishli bo’lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi. Masalan, ontologiya, borliq, yo’qlik, substansiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt, harakat kabi kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o’z kategoriyalar apparatiga egadir.
- Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo’limlari – antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo’lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, ulug’vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |