SO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti


-mavzu: Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi



Download 1,35 Mb.
bet30/146
Sana13.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#447497
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146
Bog'liq
bolalarning ijtimoiy moslashuvi UMK yangi

6-mavzu: Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi
Reja :

  1. Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi

  2. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni


SHaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. SHu sababli zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. SHuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. SHu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga etishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy me’yor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. CHunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulaybulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. SHuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun qaerda joylashganini bilishi etarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. SHuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi ham mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei ijgimoiy maqom deyiladi.
Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega bulgan shaxs erishishi mumkin. YUqoridagi maqomni qulga kiritilgan maqom desak, adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar qolatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas kdsmi hisoblanadi.
Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim rol — jamoa a’zosi rolidir. Bola bog‘cha yoki maktabda, sport to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganida jamoa a’zosi, o‘rtoq, o‘quvchi, etakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi.
Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo‘zlashtirishi lozim. YAna bir muhim ijtimoiy rol o‘z Vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqsir. SHu bilan birga, bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo‘ladi. Katga shahar ko‘chalarida, savdo do‘konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘rilik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxdg sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasining kengayishi, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.

Savol va topshiriqlar:


1. “ Ijtimoiylashuv’ tushunchasiga ta’rif bering.
2. Ijtimoiylashuv jarayoni deganda nimani tushunasiz?
3. “Ijtimoiy moslashuv” tushunchasiga ta’rif bering.
4. Ijtimoiylashuv vositalariga nimalar kiradi?
5. Ijtimoiylashuv agentlari deganda kimlar nazarda
tutiladi?
6. Ijtimoiylashuv mexanizmlari qanday ma’noni anglatadi?
7. “Identifikatsiyalash” tushunchasi ijtimoiy pedagogikada
qanday maqsadda qo‘llaniladi?
8. Ijtimoiylashuv omillarini tushuntiring va ularga
ta’rif bering.
9. Ijtimoiy va qo‘lga kiritilgan maqom haqida nimalarni
bilasiz?__


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish