2-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.
Reja:
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi rivoji.
Bolaning o‘sishi haqida tushuncha.
3.Bolaning o‘sishida biologik va ijtimoiy asoslar.
Asosiy tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.
I. Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi. Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. SHunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim – ta’lim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)
Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o‘rganishini aniq ob’ekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. YOdimizdaki, pedagogikani o‘rganish ob’ekti – bola, mavzui esa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika ob’ekti bo‘lib ham bola, uni o‘rganish mavzui esa bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro ta’siri chizmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |