Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada mustahkamlaydi.
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi), maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum.
1920 yili hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb nomlashdi.
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
SHu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi. Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi.
6 yildan so‘ng yura boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7 yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng esa 100 gacha etdi. Shuni o‘zida til jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga etgach Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham odam darajasiga etmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning jamiyatga «kirishida», turli xil ijtimoiy guruh va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali «kirishida» sodir bo‘ladi.
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |