Somatik – jismoniy.
Ijtimoiy adaptatsiya – metod va usullar tizimi bo‘lib, uning maqsadi insonlarga ularning ijtimoiylashuvi va yangi ijtimoiy sharoitlarga ko‘nikishlariga yordam berish.
Ijtimoiy diagnostika – ijtimoiy hodisani, uning holatini xarakterlaydigan va uning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash maqsadida kompleks o‘rganish jarayoni. Metod, usullar vositasida tadqiq etishga asoslanadi. ijtimoiy diagnoztika ijtimoiy muammoni a’zolarga bo‘lib tashlash orqali o‘rganishni ko‘zda tutadi. Olingan ijtimoiy tashhiz o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning salbiy tendensiyalarini oldini olishga qaratilgan amaliy harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy etim – biologik ota-onaga ega, biroq ular muayyan sabablarga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi va unga g‘amxo‘rlik qilishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |