SO’Z TURKUMLARI.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi: - Bugungi darsimiz yanada qiziqarli o’tishi uchun uni musobaqa va sayohat tarzida olib boramiz. Endi esa uch guruhga bo’linamiz. Guruhlar ishi dars davomida baholanib boriladi. Savol va topshiriqlarga to’liq javob bergan va chiroyli yozgan guruh rag’bat kartochkasini to’plagan guruh, g’olib bo’ladi. Eng faol o’quvchiga ham rag’bat kartochkasi beriladi va baho qo’yiladi. Bolalar, aytingchi, biz o’tgan darsda qaysi mavzuni o’rgangan edik? (O’quvchilar javob berishadi. Ularga mavzu yuzasidan savollar beriladi).
O’qituvchi: - So’z yasovchi qo’shimchalarga misollar keltiring. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar yangi so’z hosil qiladimi? –ni , -ning, -ga, -da, -dan, qo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydimi? Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. (Guruhlardan bittadan o’quvchi doskaga chiqadi).
1
Fermadan
Ferma
Fermaning
Fermaga
Fermani
-guruh ish so’ziga so’z yasovchi, 2-guruh ferma so’ziga so’z o’zgartiruvchi, 3-guruh esa gul so’ziga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’yib, topshiriqni klaster usulida bajaradilar. O’quvchilar doskada shartni
Fermada
bajargunlariga qadar guruhlardagi qolgan o’quvchilarga alohida vazifa beriladi. 1-guruh a’zolari test topshirig’ini bajarishga, 2-guruh “Aqliy hujum” asosida 10 –ta savolga javob beradi. 3 –guruh esa “ So’z tarkibi” jadvalidan yangi so’z yasaydi.
Test savollari.
1.Qaysi gap to’g’ri tuzilgan?
a)Biz kecha dalaga chiqdik.
b)Biz chiqdik kecha dalaga.
d)Biz dalaga chiqdik kecha.
2.Qaysi qatordagi so’z bexato yozilgan?
a)Sevara odobli qiz.
b)Sevara odopli qiz.
d)Sevara odobli qiz.
3.Matn nimadan tuziladi?
a)bo’g’inlardan
b)gaplardan
d)so’zlardan
4. Quyidagi gapda tushib qoldirilgan narsa va shaxs tartibini bildirgan so’z qaysi javobda to’g’ri berilgan?
Men …. Sinfda o’qiyman.
a)chiroyli
b)uchinchi
d)katta
5. Gapni to’ldiring.
Rustam musobaqada birinchi o’rinni …
a)ushladi
b)egalladi
d)o’tirdi
6. Gap nimani bildiradi?
a)tugallangan so’zni
b)tugallangan mazmunni
d)tugallanmagan mazmunni
7. Qaysi javobdagi so’z bo’ginga to’g’ri ajratilgan?
a)Ba-ho-dir
b)Ravsh-an
d)Zi-yod-a
8. “Kim” so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini toping.
a)olma, parta, ishchi, non, lenta
b)maktab, aka, uy, archa, mushuk
d)duradgor, ota, xola, Karima, shifokor
“Aqliy hujum”.
1.So’z yasovchi qo’shimchalarni ayting.
2.So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga misol keltiring.
3.Gap bo’laklari haqida so’zlang.
4. Bosh bo’laklarga nimalar kiradi?
5. Undov gap deb nimaga aytiladi?
6. Matn nima?
7. So’roq gap oxirida qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
8. Ega qanday so’roqqa javob bo’ladi?
“So’z tarkibi” jadvali doskaga osib qo’yiladi. Unda so’zlar bir qator yozilgan bo’lib, o’quvchilar shu so’zlarga so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo’yish orqali yangi so’zlarni hosil qiladilar.
So’z tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |