Prolog va epilog nima?
* Prolog (gr.pro-old, avval, logos-so’z) – muqaddima (arab. kirish, debocha, asarning dastlabki tushuntirish, boshlanish qismi ma’nolarini beradi) Epilog (yunoncha. Epi – so’ng, logos-co’z) – xotima (ar. Biror narsaning oxiri, so’ngi, tugashi, tamom bo’lishi)
Quyidagi asarlardan qaysilari tugundan boshlanadi?
*yoz yomg`iri
Lug‘aviy ma’nosi nozik, yoqimli, zarif ma’nolarini beruvchi janrni toping.
*latifa
“O‘tgan kunlar” romanidagi qistirma epizodlarni toping
*usta, Alim
Juft misralari qofiyalanib, toq misralari ochiq qoladigan she’r shakli qanday nomlanadi?
*g`azal
Ham she’riy shakl, ham janrni bildiruvchi atama qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
*masnaviy
O‘rta asr mumtoz adabiyotimizda eng ko‘p qo‘llangan she’riy shakl qaysi javobda to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
To`rtlik
Afsona va rivoyatlardan qaysi janrdagi asarlarda foydalanib bo‘lmaydi.
*farq, chiston
Qit’ani boshqa she’riy shakllardan ajratib turadigan asosiy belgi nima?
*qat`iy chegara yo`qligi
Devon tuzish an’anasiga binoan qaysi janr alifbo tartibida devonga birinchi kiritiladi.
*g`azal
Tuyuq janri quyida ko‘rsatilgan aruz vaznlaridan qaysi birida yozilgan?
*ramali musaddasi maqsur
Ruboiyi xosa qanday qofiyalanadi?
*a-a-b-a
«Dubaytiy» atamasi qaysi lirik janr atamasi bilan bir qatorda qo‘llanadi?
*ruboiy bulishi kerak
Arabcha «qism», «bo‘lak», «parcha» ma’nolarini anglatadigan lirik janr qanday nomlanadi?
*qit’a
Sharqda aruz haqidagi asar qaysi?
*umar Rodiyoniy “tarjimon ul-balog`a”
“Tanqid saralamoqdir” fikr kimniki?
*behbudiy
“Mimesis” qaysi atamaning ilk nomi?
*yo obraz yo reallik bo`lsa kerak(taqlid, o`xshatish)
A.Qodiriyning “G’irvonlik Mallaboy aka” asari qaysi janrda yozilganini aniqlang.
*ocherk
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari qanday asar?
*o`zbek klassikasining ajoyib namunasi, axloqiy-tarbiyaviy asar, didaktik
“Memuar” so’zining ma’nosi …
*Memuar (frans. memoire — xotira, esdalik), yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari.
Qaysi qatorda musallas ma`nosini beruvchi atama bor?
* Musallas (arabcha so’z, ma’nosi uchlik, uchlama)
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan, Oldilar har erda bulbul oshyonin zog’lar.
Muqumiy baytida qanday san’at qo’llangan?
*tazod, tamsil
Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga tazmin hisoblanadi?
*kelinchak
Tajnis nima?
*Tajnis (jinsdosh) - sheʻr baytida maʻno jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki soʻzni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni taʻsirchan ifodalash sanʻati.
Tajnis (arab. — oʻxshash, shaklan oʻxshash, hamjins, xamshakl) — ogʻzaki va yozma adabiyotdagi badiiy sanʼatlardan. T.da omonimlar nozik soʻz oʻyinlarini ishlatishga imkon beradi.
Tazkira nima?
*Tazkira (arab. — eslatmoq, zikr etmoq) — oʻrta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng maʼnoda — tarix, tasavvuf, sanʼat sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar
Takrir san’ati qanday ma’noga ega?
*Takrir (takrorlash) — she'rda u yoki bu so'zni takror qo'llash san'ati.
Talmeh deganda nimani tushunasiz?
*Talmeh arabcha soʻz boʻlib, maʼnosi “chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar tashlash” demakdir. She’rda mashhur shaxslar, tarixiy voqealarga ishora qilish
Tamsil qanday ma’noli so’z?
*tomosha, oʻyin;
oʻxshab ketish; oʻrnak, namuna olish; misol qilib keltirish] ad. Mumtoz adabiyotda: baytning birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib kelti-rishga asoslangan badiiy sanʼat.
Tardu aks nima?
* Tardi aks (teskari qilib takrorlash) — she’rning birinchi misrasida keltirilgan iki so’z yoki so’z birikmalarini keyingi misrada o’rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo’l;gan she’riy san’atdir
Tarjiband so’zining lug’aviy ma’nosi?
* Tarjiʼband (arab. — qaytarish, takrorlash; band) — mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan.
Ta’rix nima?
* Taʼrix (arab. — yuz bergan) — mumtoz adabiyotda mashhur kishilarning tugʻilishi va vafoti, turli bino-inshootlarning qurilishi, kitoblar taʼlifi va boshqa muhim voqea-hodisalar vaqtini anglatuvchi sanʼat.(abjat hisobi bo`yicha qayd etish)
Fantastika nima?
* Fantastika yoki taxayyulot (qadimgi yun. phantastike — xayolan tasvirlash sanʼati) — badiiy sanʼat turi. F. realizm va naturalizm yoʻnalishidagi sanʼat, adabiyotlarning aksi
Faxriya nima?
*Faxriya — arab, fors va turkiy sheʼriyatda janr turlaridan biri; shoir tomonidan o`z ijodi, isteʼdodi va fazilatlarini maqtab yozilgan sheʼr, shoirning oʻz ijodi bilan faxrlanib aytgan soʻzlari.
Fard nima?
*Fard (arabchadan olingan bõlib — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi.
Feleton nima?
* Felyeton (fransuzcha: feuilleton < feuille — varaq, varaqa) — badiiy publitsistik janr. Ijtimoiy hayot masalalarini satira va yumor vositasi bilan, yaʼni ijtimoiy kulgi asosida yoritadi, hamda ijtimoiy tanqid uchun xizmat qiladi.
Yapon she’riyatidagi an’anaviy qat’iy she’riy shakl, lirik janr qanday nomlanadi?
*xayku, xokku
Birovga maktub shaklida yozilgan adabiy yoki publitsistik asarlar qanday nomlanadi?
*EPISTOLYAR ADABIYOT (yun. epistole – maktub, noma)
Qoliplash nima?
*Qoliplash – badiiy asarda mustaqil voqealarni ma'lum bir voqea doirasiga solish
Qit’a nima ?
* Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr.
Qasida so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
*Qasida (arab tilidan olingan bo'lib — koʻzlamoq, niyat qilmoq ma'nosini anglatadi) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos
Turoq nima?
* turoq — boʻgʻinlarning misralar boʻyicha takrorlanib kelgan muayyan boʻlagi.
Vazn qanday unsurlardan paydo bo’ladi?
*bo`g`in, turuq, pauza, rukn
So’z o’yiniga asoslanadigan lirik janr …?
*tuyuq
Bevosita turkiy adabiyotda, she’riyatda paydo bo’lgan janr …?
*tuyuq
G’arb adabiyotidan kirib kelgan 14 misrali she’r …?
*sonet
Ma’lum bir joyning aholisi ishlatadigan,boshqalarga tushunarsiz bo’lgan so’z va iboralar …?
*jargon bulishi kerak(dialekt)
Asar qahramonining o’ziga yoki suhbatdoshiga qarata aytgan gap-so’zi, nutqi nima?
*monolog
Fikrni ixcham shaklda, lo’nda va aniq ifodalash qanday nomlanadi?
* LAKONIZM (yun. lakonismos – lakonikacha)
… „barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim
etadi“(Aristotel). Tegishli javobni tanlang.
*taqlid haqida(drama)
Oq she’r nima?
* Oq sheʼr — sillabik va sillabik-tonik sher tizimiaagi misralari oʻza-ro qofiyalanmagan sheʼr turi: qofiyasiz sheʼr. Oq sheʼr shoirga oʻz fikri va hissiyotini toʻlaroq ifodalash imkonini beradi va undagi ritmik izchillik esa sheʼr gʻoyasiga kuchli taʼsirchanlik bagʻishlaydi.
Furqatning “Ilm xosiyati” she’ri qaysi janrda yozilgan?
*masnaviy
Quyidagi javoblardan qaysi birida a-a, b-a, v-a, tarzida qofiyalanuvchi janrlar to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
*g`azal
Syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch nima?
* konflikt
Varvarizm nima?
* Varvarizmlar (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar.
So’z yoki so’zlar guruhining misra yoki band boshida takrorlanishi qanday nomlanadi
*anafora