Agar yu.rsliibiz, gur yomonmiz bitkim, Sening
mulkingga melimonmiz bukun. Qo'tnb kelki, biz
kinudun toqbiz, Bug' oyut jumolinggu
mushtoqbiz. Yuqinkim bu so 'zni qubul
uylugung, Niyoz uhli sori nuzul uylugung*.
Iskandar so'zlarini tugallashi bilanoq rasul ot choptirib ketdi. Xoqon
sipohiga yaqinroq yurib, o'zining elchi ekanini oshkor qildi va nima uchun
kelg'anini anglatdi. Bu gap Xoqonga eshittirilgach, elchini chodiri ichiga
chaqirdi va unga savol berdi: «Kelmagingdan maqsading nimadir?»
Elchi Iskandar tayinlaganlarini to'la-to'kis gapirib berdi. Xoqon bu
hayotbaxsh so'zlarni xursand bo'lib tingladi-da, dedi: «Oldin bizga qasos
olmoq maqsadi bilan gaplashgandi, shu tufayli bizga sipoh tortmoqchi ham
bo'ldi. Endi muloyim so'zlabdi, bu so'zlar bizga yoqib tushdi. Endi
o'rtamizda ginaxonlik qolmadi. Endi sen tez qaytib borsang, bunga yanada
aniqroq ishonamiz», dedi. Elchi: «O'zingiz borsang'iz, bu so'zlar yanada
ravshanlashadi!» dedi. Xoqon kulimsirab, Iskandar tomon borish uchun ot
hozirlatdi. Buni ko'rgan Chin sipohi xavfdan omon topayotganidan xursand
edi. Hamma yirik amaldorlar shohga ergashdilar. Xoqon hamma o'z o'rnida
qolishini aytib, yuztacha gulro'y Xitoy qizlari va mingtacha yaxshi xislatli
qiz va ayollarni o'zi bilan ergashtirib, Iskandar qarorgohi tomon yo'l oldi.
Iskandar tomonidan ham shohlaru donishmandlar birga borishardi.
Xoqonni hamma yig'ilganlar qizg'in kutib olishdi. Shoh ostonaga yaqin
borgach, Xoqon otidan sakrab tushdi, gilamga oyoq qo'yishi bilan Iskandar
ham ichkaridan chiqib keldi. Ikki tomondan qo'l ochib ko'rishdilar, go'yo
xurshid bilan moh uchrashgandek bo'ldi. Ikkovlari ota-o'g'ildek ko'rishgach,
ikki olam qo'shilgandek bo'ldi. Yana quchoqlashib ko'rishishgach, Iskandar
o'z taxti tomon yurdi. Bir qo'li bilan Xoqon qo'lini ushlab kelarkan, unga
shohiy taxt yo'lini ko'rsatib borardi. Xoqon andisha yuzasidan ortga qolgan
edi, shoh uni qo'ymay taxtga olib chiqdi. Oyog'ini taxtga yetkazib, avval uni
o'tqazib, so'ng o'zi o'tirib, va'da qilishgancha suhbat qurib,
muloyim-muloyim so'zlab, ba'zan ota-o'g'illik munosabatini ishlatib
qo'yardi. Biror gap aytmoqchi bo'lishsa, bir-birlarining qo'llaridan tutib
gapirishardi. So'zlar tugagach, bakovul kelib dasturxon yozdi, shohona
dasturxonlar yozishib, quyosh kursisidek nonlar qo'yildi. Xonlarg'a
qo'yilgancha laom olamga ham sig'masdi. «Chin xalqi bu xil
muloqotimizdan xabar topsa edi, muhabbat tariqidagi isbotimizni yaxshiroq
tushunib yetardi», dedi Iskandar. Bu so'zdan xursand bo'lgan Xoqon ham
o'rnidan turib, Iskandarni maqtab ketdi. Iskandar sariq rangli rnayni
Xoqonga uzatib, o'zi qizil mayni tanladi.
Ko'p o'tmay Xoqon Chin shahriga qaytdi va ketma-kct bazmlarga
tayyorgarlik ko'ra boshladi. Saroyda davlat ahlini to'plab, «Bu baland
martabali shoh olam yuzini tamomila fath qildi, jahonning qancha-qancha
shohlarini o'ziga bandi ayladi, qachon bizga bunday mehmon bo'lib kelib,
men bilan taxii ustida suhbat qurib, otalikka qabul qiladi, o'g'il sifatida
shafiqim bo'Iadi, deb o'ylabmiz. Bilasizlarki, biz bilan jang qiladigan bo'lsa,
xalqimizning changini osmonga to'zitgan bo'lardi. Uni qay tarzda mehmon
qilamiz, shu haqda fikrlaringizni eshitsam», dedi. A'yonlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |