So’z boshi


-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178
Bog'liq
dvst

2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari 
8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
farmatsevtika  tarmog‘ini  barqaror  rivojlantirish  strategiyasini,  shu 
jumladan,  davlat-xususiy  sheriklikni  joriy  etish  orqali  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish,  farmatsevtika  tashkilotlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  aholi  va  davlat 
sog‘likni  saqlash  muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot 


20 
 
texnikasi bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish; 
farmatsevtika  bozori  kon’yunkturasini  o‘rganishni  tashkil  qilish,  ichki  va 
tashki bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va 
tibbiyot  texnikasining  yangi  turlarini  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirishga  hamda 
ularning jahon bozorlariga kirishiga ko‘maklashish; 
aholi  va  davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarining  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar va tibbiyot texnikasi, shu jumladan, ularning mahalliy ishlab chiqarilgan 
turlari bilan ta’minlanganligi holatini tizimli tahlil qilish, shu asosda ichki bozorni 
yanada  to‘ldirish  va  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  bo‘yicha  takliflar  ishlab 
chiqish; 
farmatsevtika  tarmog‘i  korxonalarining  asbob-uskunalarini  modernizatsiya 
qilish va texnologik qayta jihozlashga ko‘maklashish, xorijiy investitsiyalarni, shu 
jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini keng jalb qilish; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  ishlab  chiqarish 
jarayoniga  innovatsion  texnologiyalarni  yanada  joriy  etish  uchun  ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borilishini tashkil etish; 
Ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  ro‘yxatini 
takomillashtirish  bo‘yicha  takliflarni  ishlab  chiqishda,  shuningdek,  ularga  qat’iy 
narxlarni  belgilash  bo‘yicha  takliflar  tayyorlash  va  kiritishda  bevosita  ishtirok 
etish; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  mahalliy  ishlab 
chiqaruvchilarga  etakchi  chet  el  farmatsevtika  kompaniyalari  bilan  hamkorlikni 
tashkil etishda ko‘maklashish; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  mahalliy  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  deb  e’tirof  etish  uchun  mezonlarni  ishlab  chiqishga 
ko‘maklashish; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish; 
davlat  sog‘liqni  saqlash
  muassasalarida  foydalanilayotgan  tibbiyot 
texnikasining  hisobi  va  reestri  yuritilishini  ta’minlash  hamda  ularning  holatini 
tahlil qilish; 
davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  uchun  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar, 
tibbiyot 
texnikasi 
va 
maxsus 
tibbiyot 
avtotransportining 
markazlashtirilgan xaridini tashkil etish; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘likni  saqlash  vazirligining  ijtimoiy 
dorixonalari tarmog‘ini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; 
farmatsevtika 
tarmog‘iga 
xalqaro 
standartlar 
joriy 
etilishini 
muvofiqlashtirish. 
9.  Agentlik  o‘ziga  yuklangan  vazifalarga  muvofiq  quyidagi  funksiyalarni 
amalga oshiradi: 
a)  farmatsevtika  tarmog‘ini  barqaror  rivojlantirish  strategiyasini,  shu 
jumladan,  davlat-xususiy  sheriklikni  joriy  etish  orqali  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish,  farmatsevtika  tashkilotlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  aholi  va  davlat 
sog‘likni  saqlash  muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot 
texnikasi bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish sohasida: 


21 
 
farmatsevtika  tarmog‘ini  rivojlantirishning  strategik  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
o‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan takliflar kiritadi; 
aholi  va  davlat  sog‘likni  saqlash  muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar  hamda  tibbiyot  texnikasi  bilan  ta’minlash  bo‘yicha  yagona  davlat 
siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
farmatsevtika  tarmog‘ini  rivojlantirishning  respublika  va  hududiy 
dasturlarini,  shu  jumladan,  farmatsevtika  tarmog‘ining  erkin  iqtisodiy  zonalar 
hududlariga  mo‘ljallangan  dasturlarni  davlat-xususiy  sheriklik  mexanizmlaridan 
foydalangan holda ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; 
farmatsevtika  korxonalari  va  tashkilotlari  faoliyatini  muvofiqlashtiradi, 
aholi  va  davlat  sog‘likni  saqlash  muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar 
hamda tibbiyot texnikasi bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshiradi; 
ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  import  o‘rnini 
bosuvchi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya dasturlari ishlab 
chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi; 
farmatsevtika  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  uchun  (dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlarning  chakana  savdosi  bundan  mustasno),  shuningdek,  giyohvandlik 
vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlarning  muomalada  bo‘lishi  bilan 
bog‘liq  faoliyat  uchun  litsenziya  olgan  shaxslar  tomonidan  litsenziya  talablari  va 
shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishtirok etadi; 
b) farmatsevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishni tashkil qilish, ichki va 
tashki bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va 
tibbiyot  texnikasining  yangi  turlarini  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirishga  hamda 
ularning jahon bozorlariga kirishiga ko‘maklashish sohasida; 
farmatsevtika  bozorida  marketing  tadqiqotlarini  tashkil  qiladi  va  amalga 
oshiradi,  talab  katta  bo‘lgan  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot 
texnikasini,  ularni  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish  yoki  mavjud  ishlab 
chiqarishlarga tuzatishlar kiritish maqsadida aniqlaydi; 
mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasini tashqi 
bozorlarga  chiqarishga  ko‘maklashadi,  shuningdek,  xorijiy  davlatlarda  talab  katta 
bo‘lgan  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot  texnikasini  ishlab 
chiqarishni  o‘zlashtirish  bo‘yicha  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  tavsiyalar 
ishlab chiqadi; 
v) aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari, tibbiy 
buyumlar va tibbiyot texnikasi, shu jumladan, ularning mahalliy ishlab chiqarilgan 
turlari bilan ta’minlanganligi holatini tizimli tahlil qilish, shu asosda ichki bozorni 
yanada  to‘ldirish  va  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  bo‘yicha  takliflar  ishlab 
chiqish sohasida: 
aholi  va  davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarining  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar hamda tibbiyot texnikasi bilan ta’minlanganligi darajasini tahlil qiladi; 
aholi  va  davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar  hamda  tibbiyot  texnikasi  bilan  ta’minlash  darajasini  oshirish, 
shuningdek, ularni ishlab chiqarishni  mahalliylashtirish dasturlarini ishlab  chiqish 
va amalga oshirishni tashkil etadi; 
ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  hamda  tibbiyot 


22 
 
texnikasining import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha 
takliflar kiritadi; 
g) 
farmatsevtika 
tarmog‘i 
korxonalarining 
asbob-uskunalarini 
modernizatsiya  qilish  va  texnologik  qayta  jihozlashga  ko‘maklashish,  xorijiy 
investitsiyalarni,  shu  jumladan,  xorijiy  va  xalqaro  moliya  institutlarining 
mablag‘larini keng jalb qilish sohasida: 
dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishda 
foydalanilayotgan  moddiy-texnik  baza  va  texnologiyalarning  holati  monitoringini 
olib  boradi  va  tahlil  qiladi  hamda  natijalari  bo‘yicha  ishlab  chiqarishni 
modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  dasturlarini 
ishlab chiqadi; 
ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  jihatdan 
qayta jihozlashni nazarda tutuvchi investitsiya dasturlari ro‘yxatini har yil hududlar 
va har bir korxona bo‘yicha ishlab chiqadi va vakolatli organlarga taqdim etadi; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot  texnikasining  chet  eldagi 
innovatsion  va  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishlarini  tahlil  qiladi  hamda  ushbu 
tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga 
yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi; 
mavjud  ishlab  chiqarishlarni  modernizatsiya  qilish  va  ustuvor  investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy va 
xalqaro  moliya  institutlarining  mablag‘larini  jalb  qilishga  qaratilgan  chora-
tadbirlarni amalga oshiradi; 
d)  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  ishlab  chiqarish 
jarayoniga  innovatsion  texnologiyalarni  yanada  joriy  etish  uchun  ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borilishini tashkil etish sohasida: 
original  va  samarali  dori  vositalari  yaratish  va  ularning  turkumli  ishlab 
chiqarilishini  o‘zlashtirish  bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  borilishini  tashkil 
etadi; 
ilmiy-tadqiqot  muassasalari  va  farmatsevtika  korxonalari  o‘rtasida  tayyor 
ilmiy  ishlanmalarni  ishlab  chiqarishga  joriy  qilish  va  tadqiqotlarning,  shu 
jumladan, 
o‘simliklardan  dori  vositalari  ishlab  chiqarishga  qaratilgan 
tadqiqotlarning 
yangi 
yo‘nalishlarini  boshlash  bo‘yicha  kooperatsiyani 
ta’minlaydi; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  hamda  tibbiyot  texnikasi  ishlab  chiqarish 
bo‘yicha  innovatsion  ishlanmalarni  rag‘batlantirish  chora-tadbirlarini  ishlab 
chiqadi; 
e)  Ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  ro‘yxatini 
takomillashtirish  bo‘yicha  takliflarni  ishlab  chiqishda,  shuningdek,  ularga  qat’iy 
narxlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritishda bevosita ishtirok etish 
sohasida: 
Ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ro‘yxatini 
takomillashtirish  maqsadida  import  qilinadigan  va  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar 
tomonidan  ishlab  chiqariladigan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning 
nomenklaturasini tahlil qiladi; 
ichki  va  tashqi  farmatsevtika  bozorlarining  narx  konьyukturasini,  import 


23 
 
qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan dori 
vositalari va tibbiy buyumlarga narxlarning shakllanishi mexanizmlarini o‘rganadi, 
ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  qat’iy  narxlarini 
belgilash  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vaziriga  takliflar 
kiritadi; 
j)  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  mahalliy  ishlab 
chiqaruvchilarga  etakchi  chet  el  farmatsevtika  kompaniyalari  bilan  hamkorlikni 
tashkil etishda ko‘maklashish sohasida: 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan etakchi xorijiy kompaniyalar o‘rtasida 
hamkorlikni tashkil etadi; 
mahalliy  tashkilotlar  vakillarining  xalqaro  farmatsevtika  ko‘rgazmalarida, 
forumlar, 
konferensiyalar, 
seminarlarda 
hamda 
xorijiy 
mamlakatlarda 
o‘tkaziladigan milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlaydi; 
xalqaro  tashkilotlar,  hukumatlararo  komissiyalar  (guruhlar)  va  biznes- 
forumlar ishida qatnashadi; 
z)  dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  mahalliy  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  deb  e’tirof  etish  uchun  mezonlarni  ishlab  chiqishga 
ko‘maklashish sohasida: 
ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot 
texnikasi 
ishlab 
chiqarishning 
texnologik 
jarayoni 
bosqichlarining 
mahalliylashtirilganligi darajasini tahlil qiladi; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlari  va  tibbiyot  texnikasini  mahalliy  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  deb  e’tirof  etish  uchun  mezonlarni  belgilash  bo‘yicha 
tavsiyalar kiritadi; 
i) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish sohasida: 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazish,  sifatini  nazorat  qilish,  standartlashtirish  va  sertifikatlash  amalga 
oshirilishini ta’minlaydi; 
tibbiyot  amaliyotida  qo‘llashga  ruxsat  etilgan  Dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar  va  tibbiyot  texnikasi  davlat  reestri  yuritilishi  va  davriy  nashr  e’lon 
qilinishini ta’minlaydi; 
Davlat farmakopeyasi shakllantirilishini ta’minlaydi; 
farmokologik  va/yoki  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  klinikagacha 
va klinik tadqiqotlari natijalari ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qiladi; 
dori  vositalari  va  «in  vitro»  tashxis  vositalariga  farmakopeya  hujjatlarini 
ekspertizadan  o‘tkazish,  kelishish  va  tasdiqlashni,  shuningdek,  tibbiy  buyumlar 
(«in  vitro»  tashxis  vositalaridan  tashqari)  va  tibbiyot  texnikasini  texnik  jihatdan 
tartibga  solish  sohasidagi  normativ  hujjatlarni  ekspertizadan  o‘tkazish  va 
kelishishni tashkil qiladi; 
farmokologik nazorat amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasining  zararli  ta’siri 
aniqlanganda  ularni  ishlab  chiqarish,  tayyorlash,  import  qilish  va  sotishni 
belgilangan tartibda to‘xtatib turishni ta’minlaydi; 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  sertifikatlash 


24 
 
organlari,  shu  jumladan,  sinov  laboratoriyalari  faoliyati  muvofiqlashtirilishi  va 
nazorat qilinishini ta’minlaydi; 
sertifikatlanadigan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ishlab  chiqarish 
sharoitlarini baholash amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar fondini 
takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; 
huquqni  muhofaza  qilish  organlarining  murojaatlari  bo‘yicha  dori 
vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasini  ekspertizadan  o‘tkazishni 
ta’minlaydi; 
farmatsevtika  tarmog‘i  mutaxassislarini  malaka  oshirish  kurslarida,  shu 
jumladan,  xorijiy  mamlakatlarda  yoki  xorijiy  mutaxassislarni  jalb  qilgan  holda 
o‘qitishni tashkil qiladi; 
k)  davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  foydalanilayotgan  tibbiyot 
texnikasining  hisobi  va  reestri  yuritilishini  ta’minlash  hamda  ularning  holatini 
tahlil qilish sohasida: 
davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  foydalanilayotgan  tibbiyot 
texnikasining elektron reestrini ishlab chiqadi va yuritadi; 
davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  tibbiyot  texnikasi  holati 
monitoringini olib boradi, ularni ta’mirlash va yangilash, shuningdek, ularga texnik 
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi; 
l)  davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  uchun  dori  vositalari,  tibbiy 
buyumlar, 
tibbiyot 
texnikasi 
va 
maxsus 
tibbiyot 
avtotransportining 
markazlashtirilgan xaridini tashkil etish sohasida; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  har  yili 
belgilanadigan  ehtiyojlar  asosida  ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlar, 
tibbiyot 
texnikasi 
va 
maxsus 
tibbiyot 
avtotransportining 
markazlashtirilgan xaridini ta’minlaydi; 
davlat  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  uchun  dori  vositalari  va  tibbiy 
buyumlar,  tibbiyot  texnikasi  va  maxsus  tibbiyot  avtotransportini  xarid  qilish 
bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilishini ta’minlaydi; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tizimida  amalga 
oshiriladigan  investitsiya  loyihalari  doirasida  tashkil  qilingan  loyihalarni  amalga 
oshirish guruhlari faoliyatini dori vositalari va tibbiy buyumlar, tibbiyot texnikasi 
va  maxsus  tibbiyot  avtotransportining  markazlashtirilgan  xaridiga  tegishli  qismi 
bo‘yicha muvofiqlashtiradi; 
ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  sun’iy 
tanqisligini  vujudga  keltirish  va  narxlarini  sun’iy  oshirishga  yo‘l  qo‘ymaslikka 
qaratilgan  kompleks  chora-tadbirlarni  doimiy  ravishda  ishlab  chiqadi  va  amalga 
oshiradi; 
ijtimoiy  ahamiyatli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  davlat  sog‘liqni 
saqlash  tizimining  har  bir  davolash-profilaktika  muassasasiga,  shu  jumladan, 
chekka qishloq joylariga etkazib berilishini ta’minlaydi; 
m)  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘likni  saqlash  vazirligining  ijtimoiy 
dorixonalari tarmog‘ini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida: 
tasdiqlangan  joylashtirishga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni 


25 
 
saqlash  vazirligining  ijtimoiy  dorixonalar  tarmog‘i  tashkil  etilishi  va  faoliyat 
yuritishini ta’minlaydi; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  ijtimoiy 
dorixonalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil 
qiladi; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  ijtimoiy 
dorixonalari  faoliyatini  muvofiqlashtiradi  va  ular  faoliyati  ustidan  idoraviy 
nazoratni amalga oshiradi; 
n)  farmatsevtika  tarmog‘iga  xalqaro  standartlarning  joriy  etilishini 
muvofiqlashtirish sohasida: 
dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar  va  tibbiyot  texnikasining  mahalliy 
standartlarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlaydi; 
dori  vositalarini  ishlab  chiqarish,  muomalasini  tartibga  solish,  sifatini 
nazorat  qilish  hamda  «ISO»  sifatni  boshqarish  tizimlarini  va  Zarur  tarzdagi 
amaliyotni (GxP) joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi; 
farmatsevtika  tarmog‘i  korxonalariga  xalqaro  standartlarni  joriy  qilishda 
ko‘maklashadi; 
Zarur  tarzda  ishlab  chiqarish  amaliyoti  qoidalari  (GMP),  Zarur  tarzda 
distributsiya  amaliyoti  qoidalari  (GDP),  Zarur  tarzda  saqlash  amaliyoti  qoidalari 
(GSP),  Zarur  tarzda  klinika  amaliyoti  qoidalari  (GCP),  Zarur  tarzda  laboratoriya 
amaliyoti  qoidalari  (GLP),  Zarur  tarzda  dorixona  amaliyoti  qoidalari  (GPP) 
talablariga  muvofiqlik  bo‘yicha  audit  o‘tkazilishini  va  tegishli  xulosa  va/yoki 
sertifikatlar berilishini tashkil qiladi. 
Agentlik
  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  funksiyalarni  ham  amalga 
oshirishi mumkin. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish