So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178
Bog'liq
dvst

 
13- Mavzu: AEROZOLLAR.  
Reja: 
1. Aerozol nima  
2. Aerozol dorilarining tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. 
3. Aerozol dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar  
 
Aerozol  (  grek.  «ayor»  -  xavo  va  «zol»  -  eritma  nem.)  –  mayda    suyuq    tomchi  
yoki  qattiq zarrachalarining  gazsimon  muhitda bir xil tarqalgan dispers tizimdir. M: 
tuman, chang 
Aerozollar  –  dori  va  yordamchi  moddalar    gaz  -  propellent  bosimi  ostida 
turadigan,  aerozol  ballondagi  dori  shakli  bo‘lib,  u  klapan  bilan  germetik  yopilgan, 
ingalyasion, teriga, shilliq qavatlarga, yaralarga ishlatiladigan gazsimon dori shakli.  
Bu atama birinchi marta  20 asrning boshida professor Dondan tomonidan taklif 
etilgan. U yangi dori turi bo‘lib, aerozol ballonlari, aerozol bombasi yoki qadoqlangan 
aerozol deb yuritiladiAerozolь olish uchun birinchi patent Norvegiya va AQSHda 
berilgan b-b, metal yoki shisha qadoqlarga solingan xlormetil va xloretil ishlatilgan. 
1934 yilda AQSHda o‘t uchirgichlar tarkibida galogen uglevodorodlar ishlatilgan. 
Aerozol  dori  turining  katta  rivojlanishi  1941  yildan  so‘ng  2chi  jaxon  urushi 
paytida  bo‘lib,  bunda  amerikaliklar  tomonidan  “bog-bomb”  deb  atalmish  tarkibida 
ftorvodorod,  xlorvodorod  va  insektitsidlar  bo‘lgan,  bosim  ostidagi  qadoqlarni 
patentlaganlar.  


96 
 
Farmatsevtik  aerozollar  deb,  propellentlar  yordamida  purkaladigan,  ballondan, 
klapanli-purkagichdan  va  ballon  ichidagi  turli  konsistensiyaga  ega  bo‘lgan 
suyuqliqdan iborat, tayyor dori turiga aytiladi.  
Aerozolda  bir  yoki  bir  nechta  dori  moddasi,  erigan,  suspenziyalangan  yoki 
emulьgirlangan xolatda bo‘ladi.  
Tibbiyot aerozollari –  
ingalyasiya  uchun  ishlatiladigan,  statsionar  qurilmalar  yordamida  beriladigan, 
qattiq  yoki  suyuq  xolatdagi  dori  vositalari  zarrachalarining  aerozol  xolatidagi    dori 
turidir. 
Aerozol dori turlarining ishlatilishi bo‘yicha tasnifi:  
ingalyasion,  
otolaringologik,  
dermatologik,  
stomatologik,  
proktologik,  
ginekologik,  
oftalьmologik,  
qon to‘xtatish uchun, diagnostik maqsadlarda ishlatiladi.  
Aerozol dori turining afzalliklari:  
-  aerozolni ishlatish qulay, gigienik  
-  dozalanishi  aniq, ishlatilayotgan  joyga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir  etishi, ta’siri tez 
yuzaga chiqishi  
- kam dori moddasini sarflab xam, yuqori terapevtik samaradorlikka erishilishi  
-  aerozol  balloni  germetik  yopiq  bo‘lganligi  sababli,  preparat  ifloslanmaydi, 
tashqi  muhit  omillar(yorug‘lik  nuri,  namlik,  xavodagi  kislorod)ining    ta’siriga 
uchramaydi  
-  saqlanish muddatida aerozol dori turi o‘zining sterilligini saqlab qoladi  
- ishlatilganda mutaxasis talab etmaydi, ishlatish oson  
- saqlanish muddati uzoq  
 - jaroxatlangan qismni tashqi muhit ta’siridan muxofaza qilish imkoniyati 
Aerozol dori turining kamchiliklari:  
-  aerozol dori turining narxi yuqoriligi  
 - ballonlar yuqori temperaturada yoki mexanik urilganda portlashi mumkinligi  
 - ishlatilganda atrof muhit  propellentlar, dori moddalari  bilan ifloslanishi 
Aerozollar  tarkibiga  dori  modda,  yordamchi  moddalar,  bir  yoki  bir  nechta 
propellentlar kiradi.  
Aerozol  tayyorlash  uchun  yordamchi  moddalar:  erituvchilar,  sirt  faol  moddalar, 
parda xosil qiluvchilar, konservantlar, antioksidantlar ishlatiladi.  
Farmatsevtik  aerozollar  shunday  dori  turiki,  u  qattiq  yoki  suyuq  dispers  fazani 
gazsimon dispers muhitda bir hil tarqatish yo‘li orqali tayyor-lanadi.Bashura G.SH. va 
Xodjay YA.I. aerozollarni 2 guruhga ya’ni farmatsiya aerozollar va tibbiyot aerozollar 
bo‘ladi. Tonkodisp 0,1 – 0,5 mkm. Niskodis 25 – 100, grubodisp – 250 – 400 mkm 
Farmatsiya  aerozollar  –  propelentlar  erdamida  purkaladigan  va  terapevtik  ta’sir 
ko‘rsatadiganlarga, tibbiyot aerozollar deb asosan inglyasiya uchun ishlatiladi. 
Afzalligi ishlatish oson, tez yordam berish mumkin, jarohatlarni tashqi muxitdan 


97 
 
himoyalaydi,  jarohatni  kuzatish  oson  vaqt  tejaladi.  Ular  asosan  dizinfeksiya  qiladi, 
tumovga qarshi, kuyganda ishlatiladi. 
Kamchiligi  organik  erituvchilar  ta’sirida  og‘riq  vujudga  kelishi,  tana  yuzasida 
hosil  bo‘lgan  pardaning  yupqaligi,  ular  AQSH,  Fransiya,  Italiya  va  YAponiya 
mamlakatlarida katta o‘rinda turadi.  
Aerozol  balonning  tuzilishi  .  u  ma’lum  hajmi  sig‘im,  klapan  va  va  qopqoqdan 
iborat  xajmi  -  3  l  bo‘lib.  Ular  metal,  shisha  yoki  plastmassa  hamda  ularning 
birikmasidan  iborat.  SHisha  aerozollarining    xajmi  –  3  –  300  ml,  asosan  15  –  80  ml 
bo‘ladi. 
Balonning  mustaxkamligini  tekshirish  Po‘lat  taxta  ustiga  ma’lum  balandlikdan 
tashlangan  balon  sinmasa  shu  balandlik  pastki  nuqta  deyiladi.  Eng  yuqori  nuqta 
hamma  balonlar singan balandligi  aytiladi. 0,75  ml  sinmasa  past, 2,75  m  balandlikda 
sinsa – yuqori. 
SHisha balonlar asosan NS–1 va NS–3 shishalarda tayyorlanadi. Ular qalinligi bir 
tekisda  havo  pufakchalari  saqla-maligi, RN  aniqlanganda  1,7  oshmaslimgi  va 20  atm 
bosimga  chidamli  bo‘lishi  kerak.  Ularning  ustki  qismi  PVX,  PE,  poliamid  va 
hakozolar bilan qoplanadi. 
Qoplash quyidagi usullar bilan olib boriladi. 
Balon ustiga parda kiydirib, harorat bilan ishlov beriladi. 
Polimer eritmaga balonni botirib olish yoki purkash orqali. 
-  soxta qaynoq yuzada qoplash; 
-  balon sathida monomerlarni polimerizatsiyaga uchratish bilan qoplash. 
Qoplashdan maqsad 
-  balon singanda shisha parchalarni sochilishidan saqlash. 
-  balon mustaxkamligini oshirish 
-  estetik jilo berish 
-  balon ustiga ma’lumotlar yozish 
Metal  balonlar  yon  biqini  kavsharlab  choklangan  holda  oq  yoki  qora  yupka 
tunikadan  yoki  alyuminiydan  va  zanglamaydigan  po‘latdan  tayyorlanadi.  Metall 
balonlarning tuzilishi tana, ostki qism va qopqoqdan iborat. Metall balonlarni ichki va 
ustki qismi lak bo‘yoqlari bilan qoplanadi. 
Plastmassa  balonlar  engil,  mustaxkam,  sinmasli,  shakl  berish  osonligi  va  turli 
rangda chiqarish mumkinligi bilan shisha va metall balonlardan avzal. 
Balonning klapanli purkagich qismi – balonning eng asosiy qismi bo‘lib, u klapan 
va purkagichdan iborat. 
Klapan  –dorilarni  mayda  zarracha  holida  purkashga  mo‘ljallangan.  Bunda 
purkagich  bilan  birgalikda  shtok  harakatga  kelib,  purjinani  siqadi  naycha 
teshikchasidagi  rezina  qavati  ochiladi  va  ballonda  bosim  ostida  turgan  modda  sifon 
trubkasi orqali otilib chiqadi. 
Purkagich – dorilarni purkash uchun mo‘ljallangan 
Naycha – klapani ochish va yopishga mo‘ljallangan. 
Purjina  –  naychani  o‘z  holiga  qaytaradi  va  klapani  yopishga  xizmat  qiladi.  
Manjet  –naychaning  klapanda  germetik  joylashishini  ta’minlaydi  rezina  qismdan 
iborat. 
Sifon  naycha  –balon  ichidagi  moddalarni  klapanga  olib  chiqadi.  Propelentlar  –


98 
 
aerozol  balonida  moddani  tashqariga  bosim  yordamida  siqib  chiqarilishini 
ta’minlaydigan modda.ular quyidagi talabga javob berishi kerak. 
-  20 
0
S  da 0,8 MP a dagi bosimni ta’minlashi; 
-  turg‘un va befarq; 
-  teri va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi; 
-  havoda portlash xavfi bo‘lmasligi; 
-  noxush xidga ega bo‘lmasligi. 
Propellentlar.  Propellentlar  -  aerozol  ballonlari  ichidagi  moddalarni  tashqariga 
bosim yordamida siqib chiqarilishini ta’minlaydi.  
Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:  
- 20
0
S xaroratda 2-8 atm. bosimni ta’minlashi,  
- turg‘un va befarq bo‘lishi,  
- teri shilliq qavatlari va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi  
- xavoda portlamasligi  
- noxush hidga ega bo‘lmasligi  
- qimmatbaxo bo‘lmasligi  
- yuqori bosim ostida oson suyuqlikka aylanishi  
- dori moddalarini erita olishi kerak.  
Propellentlar  20
0
S  xaroratda  xosil  qiladigan  to‘yingan  bug‘  bosimiga  qarab, 
asosiy va yordamchilarga bo‘linadi.  
Agar 20
0
S xaroratda 2 atm. va undan katta bosim xosil qilsa, asosiy propellent.  
Agar  20
0
S  xaroratda  1  atm.dan  kam  bosim  xosil  qilsa,  yordamchi    propellent 
deyiladi.  
Agregat xolatiga ko‘ra propellentlar 3 guruxga:  
1.Suyultirilgan gazlar, ularga:  
1.1.Ftororganik birikmalar (ftorxloruglevodorodlar - freonlar yoki xladonlar)  
1.2. Propan qatoriga kiruvchi uglevodorodlar (propan, butan, izobutan).  
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar (vinilxlorid, metilxlorid, metilenxlorid).  
1.Freonlar – metan, etan, propanning xlorli xosilalari bo‘lib, kimyoviy inert, ko‘p 
organik  erituvchilar,  moylar  bilan  yaxshi  aralashadi,  biologik  bezarar,  yong‘in 
xosil  qilmaydi,  ballonda  bir  tomchi  eritma  qolsa  xam  bir  xil  bosimni  ta’minlab 
turadi, lekin suv va nur ta’sirida gidrolizga uchrab, HCl va HF kislotalarni xosil 
qilishi mumkin.  
1.2.Propan  qatoriga  kiruvchi  uglevodorodlar  –  Afzalligi  -  freonlarga  nisbatan 
arzon,  
spirt, xlororoformda eriydi,  
suvda gidrolizga uchramaydi,  
kam zaxarli,  
Kamchiligi  –  yong‘inga  xavfli,    shuning  uchun  propellentlarga  qo‘shimcha 
sifatida ishlatiladi. 
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar  
Afzalligi: 
-Dori va yordamchi moddalarning erituvchisi sifatida ishlatiladi, 
-Kam zaxarli 
Kamchiligi:  


99 
 
-Kam  bosim  xosil  qiladi,  shuning  uchun  boshqa  propellentlar  bilan  birga 
ishlatiladi  
-YOng‘inga xavfli  
2. Siqilgan gazlar : azot 1 oksidi, azot, karbonat angidridi, geliy, argon 
Afzalligi: 
zaxarli emas,  
kimyoviy befarq 
Kamchiligi: 
propellent  ishlatilishi  bilan  kamaya  boradi  va  ballon  ichida    eritmaning  qolib 
ketishi  xavfi bor.  
3.Engil  uchuvchi  organik  erituvchilar  (dimetil  efiri,  dietil  efiri,  metilen  xlorid, 
etilenxlorid, metil etil efiri)  
Kamchiligi: 
-  YOng‘inga xavfli 
-  portlashga xavfli  
-  nafas yo‘llarini qitiqlaydi  
-  Organizmga qitiqlovchi ta’sirga ega  
-  Erituvchi sifatida - 
-  toz.  suv,  etil  spirti,  o‘simlik  moylari,  mineral  moylar,  glitserin,  etioleat, 
propilenglikolь, dimeksid,  turli  molekulyar  massali  PEO,  etilsellyuloza va 
b. ishlatiladi. 
-  Sirt faol moddalar sifatida - 
-  tvin-80,  60,  120,  emulьgator  №1,  emulьsion  mumlar,  yog‘  kislotalarining 
trietanolamin bilan xo qilgan tuzlari, olein kislotasi tavsiya etiladi.  
-  Parda  xosil  qiluvchi  modda  sifatida:ssellyuloza  xosilalari,  akril 
kislotasining xosilalari, vinilpirrolidon, polivinilpirrolidon  
-  Korrigent sifatida: qand, limon kislotasi, sorbit, efir moylari, timol, mentol 
-  Konservant sifatida: nipagin, nipazol, benzoy kislotasi, natriy benzoatlar 
-  Antioksidanlar sifatida: vitamin E, butiloksitoluol ((CH
3
)3
C
)
2
CH
3
C
6
H
2
OH, 
butiloksianizol, dibunol, trilon B, askorbin kislotasi ishlatiladi.  
Agar  dori  modda  yaxshi  erimasa  u  holda  qo‘shimcha  erituvchida  eritiladi. 
Konsentrat–emulsiya yoki suspenziya dori modda yordamchi moddada dispergirlangan 
bo‘ladi.  tayyor  konsentrat  yig‘gichga  o‘tkaziladi  va  balloni  to‘ldirish  liniyasiga 
o‘tkaziladi. 
XIDF Balon bosimini o‘lchash xona xaroratida 1 soat qo‘yiladi va balon ichidagi 
bosim 2,5 atm aniqlanadi. Ular – siqilgan gaz ishlatilgan balonlarda tekshiriladi. 
Zich  berkitilganini  aniqlash.  Tekshiriladi  40  -  45
0
S  harorat  suv  hammomiga 
tushganda  15  –  30  daqiqa,  shisha  balon    metall  balonlar  10–20  daqiqa  gaz  chiqish 
hodisani kuzatilmasligi lozim.  Bir doza tarkibidagi dorini aniqlanadi  aerozol 5 marta 
bosiladi  va  5  dozasi  chiqarib  yuboriladi  va  balon  0,010    tortiladi  so‘ngra  5  dan  20 
marta bosib, balon qayta tortiladi. 
Dori  moddaning  %  miqdori  Buning    uchun  balon  tortiladi  0,01  g  anda  va  dori 
modda  purkab  chiqarib  yuboriladi  va  yana  tortiladi  va  hakozolar.O‘zining  XITX 
ko‘riladi 

 15% o‘zgarishi kerak saqlash 0-35
0
S gacha. 
Misol: Tibbiyotda kameton, efatit, efedrol, fadezin, ingalipt, nitazol, nitroglitserin 


100 
 
va hakozolar. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish