79
Aquae destillatae aa ad
1 l.
Yodning 10% li spirtli eritmasi
(Sol. Jodi spirutuosasa 10 %)
Jodi
100 q
Spiritus aethylici 95% ad
1 l
Novshadil arpabadiyon tomchisi
(liquor Ammonii anistatus)
Olei Anisi
- 2,81 g.
Sol. Ammonii caustici
- 15 ml.
Spiritus aethylici ad
- 100 ml
YUqorida aytib o‘tilgan spirtli eritmalardan tashqari farmatsevtika korxonalari tomonidan
quyidagi spirtli eritmalar ishlatiladi [5-8].
Spiritus camphorates 10%
Spiritus acidi formici 1,25%
Spiritus Sinapis
2%
Spiritus Lavandulae
1%
Spiritus Salycilici
1-2%
Spiritus Mentholi
1-2%
Spiritus Acidi borici
3%
Farmatsevtika korxonalarida suvli va suvi bo‘lmagan (spirtli va moyli) suyuq dori shakllari
ishlab chiqariladi.
Qiyomlar (Sirupi) qandning suvdagi eritmalari yoki ularning dori moddalar bilan
aralashmasiga qiyomlar deb ataladi. Qiyomlar quyuq va tiniq suyuqlik, o‘ziga shirin ta’mli va
ichish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Asosan dori moddalarning yoqimsiz hidi va mazasini
yaxshilash uchun va shuningdek dori modda sifatida ham ishlatiladi. Odatda qiyomlar qand
eritmasida tayyorlanadi. Oddiy qand qiyomi ekstraktlar, nastoykalar meva sharbatlari bilan
aralashtirib, kerak bo‘lsa, tayyorlanadp. Tayyor qiyom qalin material mato yoki filtr kog‘ozi
orqali suziladi. Isitib tayyorlangan qiyomlar esa issiq holda suziladi. Ba’zi xollarda qiyomlarga
konservant sifatida etil spirti qo‘shiladi. Qiyomlar zichligi, sofligi va dorivor moddaning
miqdori bo‘yicha baholanadi. Qiyomlar ishlatilishiga binoan ta’m beruvchilarga va
dorivorlarga bo‘linadi. Ta’m beruvchi qiyomlarga: qand, olcha va maymunjon (malina)
qiyomlari kiradi. Qiyomlar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, bolalar va qariyalar
uchun tayyorlanadigan dorilarning ta’mini yaxshilaydi, dorilarning tanada ko‘rsatadigan
noxush ta’sirini susaytiradi yoki yuqotadi. Lenin biofarmatsiyaga amal qilinadigan bo‘lsa,
ularni ko‘r-ko‘rona ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Biofarmatsiya ta’limotiga kura,
eritmalarning ta’mini qiyomlar yordamida yaxshilab berilishi ularning terapevtik faolligiga
ta’sir etadi. Masalan: kalsiy xlorid, tetratsiklin, amidopirin, izoniazid eritmalarining ta’mini
yaxshilash uchun qo‘shilgan qand olcha, karag‘at qiyomi, ularning so‘rilish tezligi va terapevtik
faolligini pasaytiradi. SHuning uchun dori turlarining noxush ta’m va hidini o‘zgartirishda
texnologiya, fiziologiya va biofarmatsiya nuqtai nazaridan yondashish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: