113
Reja:
1. Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari haqidagi umumiy
tushunchalar.
2. Geriatriya va bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalarini tarixi.
3. Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari ta’rifi, tavsifi va
tasnifi.
4. Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalari ta’rifi, tavsifi va tasnifi.
"Geriatriya" - bu tibbiyotning bir soxasi. Uning asosiy vazifasi - qarish
mexanizmni o‘rganish va qariyalar yoshidagi kasalliklarning profilaktikasini,
rivojlanishini va davolanishini o‘ziga xosligini o‘rganish.
YUqorida
aytilgandek, geriatrik kasal farmakoterapiyasiga alohida e’tibor
berilishi
va dorilarning so‘rilish jarayonini o‘zgarishini hisobga olish lozim (ayniqsa
peroral usul bilan iste’mol qilinadigan dorilar uchun). So‘rilish jarayonining
darajasi va tezligi nisbatan ancha past bo‘lganligi uchun dorilarning oshqozon-
ichak shilliq pardalariga maxalliy salbiy ta’siri (yallig‘lanishlar, yaralar) nisbatan
yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida bo‘lganligi
sababli ularning gidrolitik parchalanishi darajasi xam nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu
esa farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun
geriatriya amaliyotida ayrim preparatlarni ishlatilishi cheklangan bo‘ladi yoki
umuman ishlatilmaydi. Undan tashqari odamga kerak bo‘lgan xar-xil biofaol
moddalar etarli darajada organizmga so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda
ko‘pincha
shu moddalar organizmda kerakli miqdordan ancha past bo‘ladi. SHularni xisobga
olgan xolda geriatrik dorilarni yaratishda albatta shumuammolarga e’tibor berilishi
lozim.
YA’ni ularga mo‘ljallangan dorilar tarkibida albatta so‘rilishjarayonini
tezlashtiruvchi yordamchi moddalar qo‘shish tavsiya etiladi (tenzidlar).
Tenzidlar sifatida xar-xil SAM ishlatiladi: tvinlar, letsitin, emulgator T-2, natriy
lauril sulfat, dimeksid vax.k.
Undan tashqari geriatrik dorilarni yaratishda aloxida e’tiboryordamchi
moddani tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazifasi dori
turining texnologik xususiyatini ta’minlash birga ta’sir etuvchi moddaning qarigan
organizmga salbiy ta’siri kamayishiga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan
bo‘lishi kerak.
Misol: Geriatriya amaliyotida taklif etilgan va makro va mikroelementlar
saqlaydigan (K 5+ 0, Sa 5++ 0, Si 5++ 0, Mp 5++ 0, Zp 5++ 0, So 5++ 0)
tabletalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida quruq kazein va dekstran
tanlangan. Bu erda tanlangan yordamchi moddaning vazifasi shu makro va
mikroelemantlarni oshqozon shilliq pardalari saqlash va so‘rilish jarayonini
tezlashtirish. Dekstran YUMB va uning eritmasi qovushqoq bo‘lib, oshqozon
shilliq pardalarini metallarning maxalliy yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamaytiradi.
Kazein esa metallar bilan kazeinatlar xosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiriladi.
Natijada umumiy salbiy ta’siri bo‘lmaydi va dorilarning terapevtik ta’siri yuqori
114
bo‘ladi. YOki seduksen preparatlarining in’eksion eritmasini geriatrik kasallarga
mo‘ljallangan tarkibiga Poloksamer 188 degan yordamchi modda qo‘shiladi va
uning vazifasi seduksenning eritmalarda kristalizatsiyasi oldini olib trombozlarni
sodir bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi.
YUqoridagilardan tashqari geriatriya amaliyotida dorilarni salbiy ta’siri oldini
olish yoki kamaytirish maqsadida ularni iste’mol qilishiga e’tibor beriladi.
Masalan: tabletkalarni maydalab suvda eritib ichish yoki ayrim preparati
(maxalliy yalliІlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan) ASK, butadion steroidlar sut bilan
birga iste’mol qilish.
Undan tashqari qariyalar organizmida vitamin, aminokislota miqdori
ko‘pincha etarli darajada bo‘lmaganligi sababli geriatriya dorilari xar biologik
faol moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Bunda shunday
maqsad qo‘yiladi organizmni qarish jarayonini kamaytirish uchun. Bunday
biologik faol moddalar (vitaminlar va biopreparatlar) geroprotektorlar deb etiladi,
ya’ni qarishga qarshi qaratilgan moddalar.
SHuni xisobga olgan xolda geriatriya amaliyotida dorilarni uchtaguruxga bo‘linadi.
I gurux A-geroprotektorlar (geriatrik preparatlar)
II gurux B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar
III gurux V-bu guruxga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlarni bu
yoshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadigandorilar.
I gurux A-geroprotektorlar qarishning profilaktikasiga mo‘ljallangan dorilar:
biologik faol moddalar ular organizmining himoya kuchlarini oshiradigan modda
almashinuvini yaxshilaydigan.
Geroprotektorlarga vitamin preparatlar (kvadevit, undevit,tokoferol atsetat,
vitamin A, dekamevit) aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaol moddalar
(jenshen nastoykasi, eleuterokokkekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retobolil).
Jadval-1
II Gurux B-vrach ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan
dorilar
III Gurux V-maxsus gurux. Bu guruxga geriatriya amaliyotidaishlatilishi
cheklangan yoki umuman dori ishlatib bo‘lmaydigan dorilarkiritilgan. Ular
qariyalar organizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lganligi uchun ularni ayrim yoshga etgandankeyin berish mumkin emas,
chunki salbiy ta’sirlari yuqori darajadanamoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, 50
yoshdan keyin: ammifurin, margumish preparatlarini60 yoshdan keyin: psoberan,
teturam
75 yoshdan keyin: apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil
berish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: