Darslik bilan ishlash.
3-mashq shartiga ko‘ra ikkitadan o‘quvchi chiqib sinf doskasida avval qavs ichida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni o‘qiydilar, keyin yozadilar.
topshiriq. O‘quvchilar berilgan so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzadilar va sinf doskasiga yozadilar. 1-mashq og‘zaki bajariladi. O‘qituvchi meva va sabzavotlar aks ettirilgan slaydni ko‘rsatadi. Slayd asosida o‘quvchilar namunadagidek gaplar tuzadilar. Namuna: - Sizga bu olmadan necha kilogramm kerak?
-Menga bu olmadan ikki kilogramm bering.
2-topshiriq ham og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar meva va sabzavotlarning nomini aytib, bozordan nimalardan qancha olganliklarini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |