I. Tashkiliy qism:
– o‘quvchilarning davomatini aniqlash;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan mevali daraxtlar, bog‘ mavzusiga oid rangli kartochkalar asosida suhbat tashkil etadi. O‘qituvchi kartochkalarni ko‘rsatadi va savol beradi. O‘quvchi savolga to‘liq javob berishi kerak. O‘quvchi javobini sinf doskasiga yozadi.
Namuna: Mana bu nima? – Bu daraxt
Bu qanday daraxt? – Bu mevali daraxt
Qanday meva beradi? – Shaftoli mevasi
Ana u nima? – O‘rik
O‘rik daraxtining gullaganini ko‘rganmisiz? – Ha, o‘rik daraxti pushti rangda gullaydi.
Bu-chi? – Bu bog‘ tasviri.
Do'stlaringiz bilan baham: |