102. Oligosaxarid tuzilishini aniqlashga oid
1. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidriddan, olingan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid 1,5 marta ko`p bo`lsa, oligosaxarid tarkibidagi glukoza qoldiqlari sonini aniqlang.
A) 5 B) 3 C) 4 D) 6
2. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid miqdori dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdoriga mol nisbati 10:7 bo`lsa, oligosaxarid nechta glukoza qoldig`idan iborat.
A) 4 B) 3 C) 5 D) 6
3. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid miqdori, dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdoriga mol nisbati 15:11 bo`lsa, oligosaxarid nechta glukoza qoldig`idan iborat.
A) 6 B) 5 C) 3 D) 4
4. 11 ta glukoza qoldig’idan iborat oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdorini, gidrolizlab olingan glukozani asillash uchun sarflangan angidrid miqdoriga mol nisbatini aniqlang.
A) 8:12 B) 7:11 C) 6:10 D) 5:9
5. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid miqdori, dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdoridan 1,47 marta ko`p bo`lsa, oligosaxarid massasini (g) aniqlang.
A) 828 B) 684 C) 786 D) 842
6. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid miqdori, dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdoriga mol nisbati 11:7 nisbatda bo`lsa, oligosaxarid massasini (g) toping.
A) 1400 B) 1600 C) 2000 D) 1800
7. Oligosaxarid to`liq gidrolizlanganda faqat bir xil mahsulot glukoza hosil bo`ldi. Hosil bo`lgan glukozani asillash uchun sarflangan sirka angidrid miqdori, dastlabki oligosaxaridni asillash uchun sarflangan angidrid miqdoriga mol nisbati 10:7 nisbatda bo`lsa, oligosaxarid tarkibidagi kislorodning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 50,45 B) 49,55 C) 64,46 D) 35,54
8. 9,9 g oligosaxarid 8,064 litr (n.sh) kislorod ishtirokida yondirilganda 5,58 g suv hosil bo`lsa, oligosaxarid molekulasi nechta glukoza qoldig`idan iborat bo`ladi.
A) 6 B) 10 C) 5 D) 8
9. 81,9 g oligosaxarid yondirilishidan 132 g karbonat angidrid 45,9 g suv hosil bo`lsa, oligosaxarid molekulasi nechta glukoza qoldig`idan iborat bo`ladi.
A) 5 B) 8 C) 6 D) 10
10. Oligosaxarid gidrolizlanganda faqat glukoza qoldiqlari hosil bo`ldi. Olingan glukozani asillash uchun sarflangan angidrid miqdori, oligosaxaridni asillash uchun sarf bo`lgan angidrid miqdoridan 1,6 marta ko`p bo`lsa, oligosaxarid tarkibidagi uglerodning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 56 B) 44 C) 65 D) 35
Do'stlaringiz bilan baham: |