100. Is gazi va alkin aralashmasiga oid.
1. Uglerod(II) oksid va noma`lum gazdan iborat aralashmaning 3,025 litr miqdori (220C, 1 atm) 3,45 g keladi. Noma`lum gazning hajmiy ulushi 20%. Gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 73 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflangan bo`lsa, olingan eritmadagi moddalarning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 27,9% HNO3; 35,1% AgNO3 B) 25,9% HNO3; 38,1% AgNO3
C) 26,9% HNO3; 36,1% AgNO3 D) 28,9% HNO3; 34,1% AgNO3
2. Is gazi va uch bog`i oxirida joylashgan uglevodoroddan iborat aralashmasi 4,89 litr (250C 1 atm) da 6,9 g keladi. Noma`lum gazning hajmiy ulushi 25%. Gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkizilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 109,5 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflangan bo`lsa, olingan eritmadagi moddalarning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 28,2% HNO3; 34,2% AgNO3 B) 68,2% HNO3; 14,2% AgNO3
C) 38,2% HNO3; 24,2% AgNO3 D) 18,2% HNO3; 44,2% AgNO3
3. Uglerod(II) oksid va asetilenning noma`lum ekvimolyar aralashmasini yoqish uchun (250C 1 atm) 7 litr havo sarflandi. Shuncha miqdordagi gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkizildi. Olingan cho`kma ajratilib, uni to`la eritish uchun 73 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflandi. Olingan eritmadagi moddalarning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 39,1% HNO3; 22,7% AgNO3 B) 48,7% HNO3; 22,6% AgNO3
C) 69,1% HNO3; 2,7% AgNO3 D) 49,1% HNO3; 12,7% AgNO3
4. Uglerod(II) oksid va noma`lum uch bog` tutgan gazdan iborat aralashmaning 7,38 litr (270C 101,3 kPa) 9,48 g keladi. Noma`lum gazning hajmiy ulushi 30%. Gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 76,64 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflangan bo`lsa, olingan eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) da aniqlang.
A) 57,6% AgNO3; 4,13% HNO3 B) 52,6% AgNO3; 2,13% HNO3
C) 61,6% AgNO3; 3,13% HNO3 D) 65,6% AgNO3; 5,13% HNO3
5. Uglerod(II) oksid va propinning noma`lum aralashmani yoqish uchun (00C 101,3 kPa) 5,33 litr havo sarflandi. Shuncha miqdordagi gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to’la eritish uchun 77,4 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflandi. Olingan eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) da aniqlang.
A) 17,75% AgNO3; 52,88% HNO3 B) 5,2% AgNO3; 55,37% HNO3
C) 27,75% AgNO3; 42,88% HNO3 D) 177,75% AgNO3; 54,88% HNO3
6. Uglerod(II) oksid va chekka qismida uch bog` tutgan uglevodoroddan iborat gazlar aralashmasining 9,848 litri (270C 101,3 kPa) da 14,84 g keladi. Noma`lum gazning hajmiy ulushi 35%. Gazlar aralashmasi kumush oksidining ammiakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 114,96 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflangan bo`lsa, olingan eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) da aniqlang.
A) 54,8% AgNO3; 9,84% HNO3 B) 44,8% AgNO3; 19,84% HNO3
C) 64,8% AgNO3; 4,92% HNO3 D) 74,8% AgNO3; 19,68% HNO3
7. Uglerod(II) oksid va asetilendan iborat noma`lum aralashmani yoqish uchun (00C 101,3 kPa) 13,6 litr havo sarflandi. Shuncha miqdordagi aralashmani kumush oksidining ammiyakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 30,66 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflandi. Olingan eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) da aniqlang.
A) 11,5% AgNO3; 64,8% HNO3 B) 23% AgNO3; 43,2% HNO3
C) 16,75% AgNO3; 11,6% HNO3 D) 51,27% AgNO3; 16,2% HNO3
8. Mol nisbati 1:1 bo`lgan is gazi va propindan iborat 17 g aralashmasi (00C 101,3 kPa) 11,2 litr keladi. Shuncha miqdordagi aralashmani kumush oksidining ammiyakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 114,96 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflandi. Olingan eritmadagi modda(lar)ning massasini (g) toping.
A) 25,75 g HNO3; 125,5 g AgNO3 B) 15,75 g HNO3; 127,5 g AgNO3
C) 35,75 g HNO3; 117,5 g AgNO3 D) 45,75 g HNO3; 137,5 g AgNO3
9. Mol nisbati 1:3 bo`lgan is gazi va butin-1 dan iborat 13,44 litr aralashmasi (00C 101,3 kPa) havo sarflandi. Shuncha miqdordagi aralashmani kumush oksidining ammiyakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 134,49 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflandi. Olingan eritmadagi modda(lar)ning massa ulushini (%) da aniqlang.
A) 58,18% AgNO3; 15,26% HNO3 B) 48,18% AgNO3; 30,52% HNO3
C) 50,8% AgNO3; 17,69% HNO3 D) 38,18% AgNO3; 27,26% HNO3
10. Mol nisbati 1:3 bo`lgan is gazi va butin-1 dan iborat aralashmadan (00C 101,3 kPa) 13,44 lita keladi. Shuncha miqdordagi aralashmani kumush oksidining ammiyakli eritmasi orqali o`tkazilib, olingan cho`kmani to`la eritish uchun 134,5 ml 60% (p=1,37 g/ml) nitrat kislota sarflanishida hosil bo`lgan gazlarning mol nisbatini aniqlang.
A) 1:1,5 B) 1:2,5 C) 2:1,5 D) 1:3
Do'stlaringiz bilan baham: |