63. Metall nitrati, oksidi va ftoridiga oid
1. II valentli d-metali nitrati, oksidi, ftoridi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 9,2 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 48,1% ni tashkil etsa, metall formulasini va boshlang`ich aralashma massasini (g) aniqlang.
A) Cr; 33,4 B) Pb; 26,9 C) Hg; 28,2 D) Mn; 34,3
2. II valentli d- metali nitrati, oksidi, ftoridi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 21,6 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 51,9% ni tashkil etsa, metalni va aralashma tarkibidagi oksidni massa ulushini (%) toping.
A) Cu; 21,62 B) Zn; 24,64 C) Ca; 27,85 D) Cd; 19,36
3. II valentli s- metali nitrati, oksidi, ftoridi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 3,2 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 40,27% ni tashkil etsa, metalni va aralashma tarkibidagi nitratning massasini (g) toping.
A) Cu; 18,2 B) Ca; 16,4 C) Zn; 17,5 D) Ba; 15,4
4. II valentli d- metali nitrati, oksidi, ftoridi mos ravishda 1:2:1 nisbatda olingan. Bu aralashma qizdirilganda aralashma massasi 10,8 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 57,269% ni tashkil etsa, metalni va aralashmadagi kislorodni massa ulushini (%) toping.
A) Zn; 28,2 B) Cu; 27,9 C) Hg; 32,6 D) Sn; 30,65
5. I valentli s- metali nitrati, oksidi, ftoridi 1:2:3 nisbatdagi aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 1,6 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 54,925% ga teng bo`lsa, aralashmadagi ftoridli birikmani massa ulushini (%) da toping.
A) 35,5 B) 38,8 C) 34,8 D) 37,6
6. III valentli p- metali nitrati, xloridi, ftoridi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 32,4 g kamaydi. Agar anionlarning massa ulushi 81,185% ga teng bo`lsa, hosil bo`lgan aralashmadagi oksidning massa ulushini (%) toping.
A) 18,567 B) 21,8 C) 19 D) 24
7. II valentli s- metali nitrati, karbonati, oksidi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 30,4 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 26,47% ga teng bo`lsa, hosil bo`lgan aralashmadagi oksidni massasini (g) toping.
A) 18,45 B) 16 C) 14,42 D) 17,65
8. II valentli d- metali nitrati, xloridi, ftoridi 2:1:2 nisbatdagi aralashmasi qizdirilganda 20 g kamaydi. Agar anionlarning massa ulushi 58,5% ga teng bo`lsa, aralashmadagi nitrat anionni massa ulushini (%) toping.
A) 36,74 B) 34,44 C) 38,63 D) 20,28
9. II valentli p- metali nitrati, oksidi, ftoridi ekvimolyar aralashmasi qizdirilganda 10,8 g kamaydi. Agar metalning massa ulushi 66,73% ga teng bo`lsa, aralashmadagi nitrat anionini massa ulushini (%) toping.
A)24,84 B) 19,89 C) 22,24 D) 25,55
10. II valentli d- metali nitrati, xloridi, ftoridi 1:2:2 nisbatidagi aralashmasi qizdirilganda 18,4 g kamaydi. Agar anionlarning massa ulushi 55,43% ga teng bo`lsa, aralashmadagi xlorid anionini massa ulushini (%) toping.
A) 15,85 B) 18,88 C) 26,67 D) 17,83
Do'stlaringiz bilan baham: |