106. Aldegid va karbon kislota aralashmasiga oid.
1. Formaldegid, sirka kislota va chumoli kislotalardan iborat 2,33 g aralashma o`yuvchi kaliyning 18,7 ml 8,4 % (p=1,07 g/ml) eritmasi bilan ta`sirlashdi. Hosil bo`lgan eritma qizdirilgan kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 9,72 g massali cho`kma ajraldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning mol ulushlarini (%) hisoblang.
A) 40% ; 10% ; 50% B) 10% ; 40% ; 50%
C) D)25% ; 50% ; 25% D) 25%; 25%; 50%
2. Formaldegid, sirka kislota va chumoli kislotalardan iborat 1,954 g aralashma o`yuvchi kaliyning 28,4 ml 5,6 % (p=1,056 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashdi. Hosil bo`lgan eritma qizdirilgan kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 6,48 g massa cho`kma ajraldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning mol ulushlarini (%) hisoblang.
A) 10% ; 40% ; 50% B)40% ; 50% ; 10%
C) 33.33% ; 33.33% ; 33.33% D)18,9% ; 70,3% ; 10,8%
3. Sirka aldegid, propion kislota va chumoli kislotadan iborat 2,98 g aralashma o`yuvchi kaliyning 17,6 ml 11,2 % (p=1,1363 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashdi. Hosil bo`lgan eritma qizdirilgan kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 5,4 g massali cho`kma ajraldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning mol ulushlarini (%) hisoblang.
A)33.33% ; 33.33% ; 33.33% B) 28,57%; 42,86%; 28,57%
C)10% ; 40% ; 50% D)25% ; 50% ; 25%
4. Sirka aldegid, sirka kislota va chumoli kislotadan iborat 2,62 g aralashma o`yuvchi kaliyning 12,4 ml 14 % (p=1,29 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashdi. Hosil bo`lgan eritma qizdirilgan kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 5,4 g massali cho`kma hosil bo`ldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A)1 : 3 : 4 B)2 : 5 : 1 C) 1 : 4 : 4 D)1: 3 : 1
5. Formaldegid, propion kislota va chumoli kislotadan iborat 8,47 g aralashma o`yuvchi kaliyning 18,9 ml 28 % (p=1,164 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashdi. Hosil bo`lgan eritma qizdirilgan kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 23,76 g cho`kma hosil bo`ldi. Dastlabki aralashma tarkibidagi kislorodning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 46,28 B)24,47 C)52,48 D)38,83
6. Moy aldegid, sirka kislota va chumoli kislotadan iborat 14,41 g aralashma o`yuvchi kaliyning 34,41 ml 21 % (p=1,395 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashtirildi. Hosil bo`lgan eritma kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 34,56 g cho`kma hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmada uglerod atomlarining sonini toping.
A)24,08* 1022 B)36,12* 1022 C)18,06 * 1022 D)33,4 *1022
7. Izobutanal, izomoy kislota va chumoli kislotadan iborat 17,04 g aralashma o`yuvchi kaliyning 24,6 ml 35 % (p=1,17 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashtirildi. Hosil bo`lgan eritma kumush oksidning ammiakli eritmasidan o`tkazilganda 34,56 g cho`kma hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmada vodorod ioni (H+) ning massa ulushini (%) aniqlang.
A)11,384% B) 8,92 % C)9,1072% D)18,2%
8. Propanal, sirka kislota va chumoli kislotadan iborat 29,77 g aralashma o`yuvchi kaliyning 57,93 ml 28 % (p=1,174 g/sm3) eritmasi bilan ta`sirlashtirildi. Hosil bo`lgan eritma kumush oksidning amiakli eritmasidan o`tkazilganda 88,56 g cho`kma hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmada kislotalar qanday massa nisbatda bo`ladi.
A) 1,58 : 1 B) 1 : 1,25 C) 1,05 : 19,5 D) 1 : 11,37
Sirka aldegid, sirka kislota va formiat kislotalardan iborat aralashmaning 18,764 grami o’yuvchi kaliyning 47.4 ml 28% (p= 1.18g/ml) eritmasi bilan ta’sirlashtirildi. Hosil bo’lgan eritma kumush oksidining ammiakli eritmasidan o’tkazilganda 30.72 gramm cho’kma hosil bo’ldi. Dastlabki aralashmadagi kislorod atomlar sonini toping.
A) 36,12 * 1022 B) 36,78 * 1022 C) 24,08 * 1022 D) 30,1 * 1022
10. Moy aldegid, moy kislota va formiat kislotalardan iborat 31,97 gramm aralashma o’yuvchi kaliyning 112.8 ml (p= 1.15 g/ml) 11.2 % eritmasi bilan ta’sirlashtirildi. Hosil bo’lgan eritma kumush oksidining ammiakli eritmasidan o’tkazilganda 58.996 * 1022 ta atom tutgan cho’kma tushgan bo’lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning mol miqdorining yig’indisini toping.
A)0,415 B)0,94 C)1,27 D)2,4
Do'stlaringiz bilan baham: |