Soxta ekvivalentlarning jahon tarjimashunosligida o‘rganilishi



Download 52,85 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2022
Hajmi52,85 Kb.
#707588
  1   2
Bog'liq
yangi maqola 2-si


SOXTA EKVIVALENTLARNING JAHON TARJIMASHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI


Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik yo‘nalishi magistranti Isojonova Nigoraxon
nigora.nematova96@gmail.com tel: (91) 656-64-39
Butun yer yuzida odamlar yozilgan kitoblarning yoki suratga olingan filmlarning asl tilini o‘rganmasdan turib, o‘sha kitobni o‘qiydilar va filmlarni tomosha qiladilar. Har kuni turli mamlakatlar vakillari o‘rtasida ko‘plab muzokaralar, ishbilarmonlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bularning barchasi tarjimonlarning ulkan va mashaqqatli mehnati tufayli amalga oshadi[1, 213].
Ma’lumki, tarjimashunoslik tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari kesishgan nuqtada vujudga kelgan umumfilologik fandir[2, 25]. Shuning uchun bu fan ham adabiyotshunoslik ham tilshunoslik bilan chambarchas aloqada o‘rganiladi. Tarjimashunoslik mustaqil fan sifatida qaror topib muayyan rivojlanish bosqichini boshidan o‘tkazganiga qaramay, hozirda ham o‘rganilmagan muammolari talaygina. Ulardan biri biz tadqiq etayotgan “soxta ekvivalentlik” muammosidir.
“Yolg‘onchi do‘st” atamasi ilk bor (fransuzcha faux amis “yolg‘onchi do‘st” dan kalka qilingan) tarjimashunoslari M.Kyossler va J.Derokkini tomonidan 1928-yilda “Les faux amis ou Les pièges du vocabulaire anglaise (Ingliz lug‘atlaridagi yolg‘onchi do‘stlar)” deb nomlangan kitobida leksik elementlarni bildirish uchun, asl tilda va koʻrsatilayotgan tilda yozilishi yoki tovushi jihatidan oʻxshash, lekin semantik mazmuni bilan farqlanadigan birliklarga nisbatan qo‘llanilgan[3].
Leksik birliklar orqali ifodalangan ma’lumotlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazish masalasi yangilik emas, albatta. Bu borada izlanish olib borgan Z.Abdulazizova[4, 61–74], V.V.Akulenko[1, 215], T.S.Amirejibi[5, 44], L.I.Borisova, R.A.Budagov[6, 267–274], V.V.Dubichinskiy[7, 28], M.M.Kaskulova [8, 158–168], V.N.Komissarov [9, 15–17], N.V.Korosteleva[10, 102], V.L.Muravyov[11, 48], D.V.Samoylov[12] va boshqalar o‘z ilmiy faoliyatlari mobaynida tarjimonning “yolg‘on do‘stlari” ustida ham tadqiqot olib borganlar.
Buning yorqin misoli - Pavel Ruslanovich Palajchenkoning “Mening tizimsiz lug‘atim” asari. Tarjima va jurnalistik faoliyatda boy tajribaga ega bo‘lgan Palajchenko muallifning to‘liq mulohazalari, turli tarjimonlarga havolalar va mamlakat haqidagi foydali ma’lumotlardan iborat “madaniy va lingvistik qo‘llanma”ni taqdim etdi. Lug‘at ko‘plab o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa-da, nashrning asosiy mazmuni (2002) ikkita lug‘at shaklida (ruscha-inglizcha va inglizcha-ruscha) keltirilgan[13, 304].
P.R.Palajchenko ekvivalenti bo‘lmagan, terminologik va so‘zlashuv lug‘atlari bilan bir qatorda, foydali qo‘shimcha sifatida u ijtimoiy-siyosiy matnlardan mumkin bo‘lgan soxta ekvivalent bo‘la oladigan so‘zlarni ham keltiradi. Ularni kontekst tarkibida kelishini ham tahlil qilib, o‘zining tarjima variantlarini taklif qiladi.
Tillarning leksik tarkibida lingvistik universallarning mavjudligi tarjimada qiziq hodisani keltirib chiqaradi, uni ham tarjima interferensiyasi doirasida ko‘rib chiqish mumkin. Bu hodisa shundan iboratki, tarjimonlar ba’zi hollarda noto'g'ri universalliklarni ekvivalent sifatida qabul qiladilar va tashqi (ko‘pincha fonetik) belgilari o‘xshash bo‘lgan, lekin semantikasi yoki stilistik xususiyatlarida farq qiladigan o‘rganilayotgan til birliklaridan foydalanadilar[14, 324].
Xususan, V.V.Akulenkoning ta’kidlashicha, tarjimonning “soxta do'stlari” – bu, ikki tildagi imlosi yoki tovushi oʻxshash boʻlgan, lekin ma’no jihatidan farq qiladigan soʻzlar bo‘lib, bunday so'zlarni tarjima qilganda, soxta identifikatsiyalar yuzaga keladi[15, 12].
Yana bir tarjimashunos L.T.Gizzatulina fikricha, “turli tillar orasida semantik jihatdan qisman yoki umuman mos kelmaydigan, lekin ifoda jihati bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar fransuz tilshunosligida “tarjimonning soxta do‘stlari” nomini olgan. Ularni “tillararo omonimlar” deb ham atash mumkin[16, 79–87].
Aksincha, bu ikki atamani ajratish kerak, deb hisoblaydigan tadqiqotchilar ham mavjud (masalan, V.V.Dubichinskiy)[17, 258]. Ammo bizningcha, har ikkalasi ham shaklan o‘xshashlik, mazmunan farq xususiyatlariga asoslanganini inobatga olgan holda ularni ajratmagan ma’qul.
“Tarjimonning soxta do‘stlari”ga berilgan ta’riflar deyarli bir-biriga yaqin. Masalan, yana bir manbada keltirilishicha, tovushlar tizimi va imlosi o‘xshash bo‘lgan, ba’zan kelib chiqishi ham umumiy bo‘lgan, lekin ma’no jihatidan mos kelmaydigan so‘zlarga tarjimonning soxta do‘stlari deyilishi keltirilgan[18, 5].
Bu tushuncha fransuz lug‘atshunoslari M.Kesler va J.Derokkini asari (“Inglizcha-fransuzcha tarjimonlarning soxta do‘stlari”)da ishlatilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu til hodisasini ifodalash uchun boshqa terminlar ham paydo bo‘ldi. “Tillararo omonimlar”, “tillararo analogizmlar”, “ohangdash so‘zlar”, “aldoqchi so‘zlar” va “soxta ekvivalentlar” shular jumlasidandir[19, 5].
Qolaversa, M.Kesler va J.Derokkini tomonidan soxta ekvivalentlarni so‘zma-so‘z tarjimada yuzaga keladigan literalizmlar sifatida baholangan bo‘lsa, 1970-yildan keyingina V.G.Gak ushbu hodisani leksik, grammatik, frazeologik va stilistik literalizmlarga bo‘lib tadqiq etishni taklif qildi[20, 136].
Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarjimashunoslikda shaklan o‘xshash, lekin ma’nolari bir-biridan farq qiladigan so‘zlarga soxta ekvivalentlar deyiladi.
Soxta ekvivalentlarning paydo bo‘lishiga turli xil omillar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
1. Ikki tilda shakl jihatidan bir xil, ma’nosi yetarlicha farq qiladigan so‘zlar til rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, ruscha крик(yig‘lamoq), va fransuz tilidagi cric (og‘irlikni kichik balandlikka ko‘tarish mexanizmi, ruscha domkrat) so‘zlari[14, 337]. Bu so‘lar umumiy semalarga ega bo‘lmaganligi bois unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi va mos ravishda kontekstlada o‘z semaalarini namoyon qiladi.
2. Bir tildan boshqa bir tilga so‘z o‘zlashtirilishi natijasida paydo bo‘ladi, o‘zlashma so‘z ma’nosi torayadi yoki kengayadi, buning natijasida o‘zlashtirilgan tildagidan o‘zgacha semantikaga ega bo‘lib qoladi. Masalan, kotlet(fransuzcha) maydalab to‘g‘ralib qovurilgan go‘shtni anglatgan bo‘lsa, keyinchalik semantikasi qovurilgan qiymaga o‘zgargan.
3. Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashadi, til taraqqiyoti natijasida bu so‘z birinchi tilda umuman qo‘llanilmaydi. Masalan, fransuz tilidan rus tiliga o‘zlashgan parad so‘zi. Fransuzlar hozirda bu so‘zni ishlatmaydilar, o‘rniga revue militaire ishlatiladi[18, 8].
4. Turli tillarga bir tildan parallel so‘z o‘zlashtirilganda, so‘zning turli semantikasi asos qilib olingan bo‘lishi mumkin. Masalan, lotin tilidan rus va fransuz tiliga disput so‘zi o‘zlashgan, ammo bu so‘z rus tilida ilmiy mavzuda qilingan muhokama ma’nosini anglatsa, fransuz tilida je dispute “janjal” ma’nosini bildiradi[18, 9].
V.V.Akulenko ham shunga yaqin fikr bildirgan. Xususan, “Tarjimonning soxta do‘stlari” paydo bo‘lishining sabablari ko‘pincha ular tillar rivojlanishining murakkab jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, ular ba’zan bir-biriga o‘zaro ta’sir qilish obyektiga aylanadi yoki butunlay mustaqil ravishda rivojlanadi. Tillarning evolyutsiyasi jarayonida ularning so‘zlashuvchilari dastlab qandaydir qadimgi proto-tildan olingan so‘zning ma’nosini qayta ko‘rib chiqadilar.
Turli ma’nolarga qo‘shimcha ravishda, so‘zlar bir oz boshqacha semantik ma’noga ham ega bo‘lishi mumkin. Chex tilida parfum so‘zi salbiy ma’noga ega emas, rus tilida esa keskin salbiy ma’noga ega.
“Tarjimonning soxta do‘stlari” paydo bo‘lishining yana bir manbasi xorijiy tillardan so‘z olish, boshqa tildan olingan so‘zlarni o'zlashtirishda, ko‘pincha asosiy bo'lmagan o‘ziga xos ma’nosi bilan olinadi. Masalan, inglizcha “rektor” - bu, birinchi navbatda, “Parij ruhoniysi”, keyin esa allaqachon tarqalib ulgurgan ma’no - “rektor” (universitet, kollej va boshqalar).
Shuningdek, “tarjimonning soxta do‘stlari” ham qaysidir uchinchi tildan so‘z olish jarayoni natijasida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina Yevropa tillari uchun lotin tili shunday “uchinchi tomon”ga aylandi, bu esa ko'plab “soxta do‘stlar” paydo bo‘lishi bilan tarjimonlarning hayotini murakkablashtirdi[21].
Darhaqiqat, tarjima nuqtai nazaridan olinganda, soxta ekvivalentlarning bu toifasi ma’no jihatidan butunlay boshqacha bo‘lgan tillararo birliklar bilan ifodalangani bois tarjimon uchun eng qiyini hisoblanadi[22].
Tarjimada jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tarjimon ona tilidagi birliklarning ma’nosini ham, o‘zga tildagi birliklarining ma’nolarini ham aniq bilishi va ular o‘rtasida aniq chegara qo‘yishi kerak.
Garbovskiyning fikricha uchinchi tildan so‘z olish tillararo universallarning vujudga kelishining eng asosiy omillardan biri. Masalan, lotin tilidan yevropa tillariga o‘zlashgan agressiv, yunon tilidan o‘zlashgan amfibiya so‘zlarini aytishimiz mumkin[14, 325]. Bu so‘zlar qisman o‘zgarishlar bilan deyarli barcha yevropa tillarida uchraydi.
Garbovskiyning fikrini Gafarova, Pamorseva kabilar ham ma’qullaydi va hodisaning xususiyati sifatida etimologik omilni tasdiqlaydilar. Ya’ni soxta ekvivalentlar qatorida eng ko‘p o‘rinni etimologik jihatdan bitta proto-tilga borib taqaluvchi qarindosh tillar doirasidagi birliklar egallaydi. Shuningdek, bunday tillardagi soxta ekvivalentlar til evolutsiyasi natijasida turli konnotativ ma’nolarga ega bo‘lib boradi, buning natijasida tarjimada murakkabliklar yanada ortadi[22].
Shuningdek, ingliz mutaxassislari tomonidan soxta ekvivalentlarni 2ta gatta guruhga bo‘lib o‘rganishni taklif qilingan: 1. Tasodifiy soxta ekvivalentlar. 2. Semantik soxta ekvivalentlar. Birinchi guruhga, biz yuqorida aytib o‘tgan, etimologik jihatdan bog‘liq bo‘lmagan, til taraqqiyoti natijasida paydo bo‘lgan soxta ekvivalentlar kiradi. Masalan, ispancha burroeshak, va italyancha burro – sariyog‘ so‘zlari.
Ikkinchi guruhga esa, etimologik kelib chiqishi bir xil, ammo bu tillarning har birida turli xil ma’nolarga ega bo‘lgan soxta ekvivalentlar kiradi. Biroq, bu turli ma’nolar bir-biri bilan turli xil majoziy ottenkalar orqali bog‘lanadi. Shuning uchun semantik soxta do‘stlar ma’lum bir tabiiy tildagi ko‘p ma’noli so‘zlarning ikki yoki undan ortiq tildagi ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin.
Semantik soxta ekvivalentlarni o‘z navbatida ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) to'liq soxta ekvivalentlar, ya’ni turli tillarda ma’nolari bir-biridan keskin farq qiluvchi (omonim ekvivalentlarga o‘tish yoqasida) so‘zlar, masalan, fastidious(ing. tirishqoq) va fastidioso/fastidiosa(ital. zerikarli); 2) qisman soxta ekvivalentlar, bu bir nechta ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar, ularning ba’zi ottenkalari ikkala tilda mos keladi, boshqalari esa mos kelmaydi[23].
Bunda qisman soxta ekvivalentlarning paydo bo‘lishiga, metafora, matonimiya, snekdoxa kabi til hodisalari ham sabab bo‘ladi. Masalan, hayvonlarning nomlari ayrim hollarda antroponim sifatida ham ishlatiladi, ya’ni hayvonning qaysidir xususiyati insonga ko‘chiriladi. Xususan, deyarli barcha yevropa tillarida mavjud bo‘lgan “camel(isp. kamello, nem. kamel, port. komelocha)” - tuya so‘zi soxta ekvivalent emas. Ammo bu so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanganda haqiqiy soxta ekvivalentga aylanadi. Agar nemis tilida "Ich Kamel” deyilsa, “men ahmoqman” degan mazmun anglashilsa, ispan tilida bo‘lsa, “giyohvand moddalarni tashuvchi” ma’nosini beradi. Tuya hayvoniga o‘xshatilgani bois soxta ekvivalent paydo bo‘lish sababi metafora bilan bog‘lanadi[23].
Metaforalar singari, metonimiyalar ham soxta ekvivalentlar uchun manba bo‘la oladi. Masalan, ispancha ban˜o va fransuzcha bagne so‘zlari ikkalsi ham lotincha balneum(hammom) so‘zidan olingan. Ispancha ban˜o so‘zi hozir ham hammom ma’nosida qo‘llanadi, ammo fransuzcha bagne qamoq”, “zindon” degan ma’nolarda qo‘llanadigan bo‘lgan. Bu ma’no tarix bilan bog‘liq bo‘lib, tarixda turklar asirlarni Konstantinopol hammomlarida saqlagan, ya’ni zindon sufatida hammomlardan foydalanilgan. Shu hodisa bilan aloqador bo‘lgani bois bu so‘z metonimiya hodisasi asosida hosil bo‘lgan deyish mumkin. Chunki tarixda ispanchada ham “zindon” ma’nosida qo‘llanilgan(Migel de Servantesning “Los ban˜os de Argel” – Jazoir zindonlari asari mavjud), ammo hozir ispanlarda bu ma’no umuman yo‘qolib ketgan[23].
Yapon tarjimashunoslaridan Viktoria Abou-Khalil, Brendan Flanagan, Hiraoki Ogata kabilar ekvivalentlarni semantic xususiyatiga ko‘ra 5ta guruhga bo‘lib o‘rganadilar:

  1. Haqiqiy ekvivalentlar (to‘g‘ri do‘stlar).

Ikki tilda ham so‘z semantikasi bir xil bo‘ladi.
Masalan, advanture so‘zi ingliz tili va
fransuz tillarida ham sarguzasht degan ma’noni anglatadi.



  1. Soxta ekvivalentlar. So‘z ikki tilda ham

butunlay boshqa semantikaga ega bo‘ladi.



  1. Qisman soxta ekvivalentlar.

So‘zlarning ba’zi ma’nolari o‘z va o‘zlashgan
tillarida o‘xshash, boshqa ma’nolari farqli bo‘ladi.



  1. Qisman soxta ekvivalentlar.

O‘zlashma so‘zning ma’nosi asl tildagi
semantikani to‘liq qamrab olmaydi.



  1. Qisman soxta ekvivalentlar.

Asl tildagi so‘zning ma’nosi o‘zga tildagi
o‘zlashma so‘z semantikasini to‘liq qamrab olmaydi[24].
Tarjimashunoslik taraqqiyoti natijasida bu xususda ham ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. tadqiqotchi R.A.Budagov tomonidan berilgan tasnif ham diqqatga sazovor. Unga ko‘ra soxta ekvivalentlar 4 guruhga bo‘lingan: 1) mutlaqo boshqa ma’noga ega bo‘lgan shakli o‘xshash tillararo birliklar; 2) manba tilining bitta birligi, o‘zlashtirilgan tildagi ko‘plab birliklarning ma’nosiga qisman mos keladi (L1 dagi bitta so’z L2 dagi bir nechta so’zlarga mos keladi); 3) manba tilning bir necha birliklari o‘zlashtirilgan tildagi bittasiga mos keladi (L1-dagi bir nechta so'zlar L2-dagi biriga to'g'ri keladi); 4) uslubiy xususiyatlari bilan farq qiluvchi tillararo birliklar[22].
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, frazeologiya doirasida ham soxta ekvivalentlar uchraydi. Bunda so‘zlar aslida soxta ekvivalent bo‘lmaydi, lekin ibora tarkibida soxta ekvivalentga aylanadi. Masalan, “asossiz mishmish” iborasi fransuz tilida “téléphone” so‘zidan foydalaniladi. Telefon so‘zi arab, ingliz, nemis tillarida ham bo‘lsa-da, soxta ekvivalent emas. Ammo yuqoridagi ibora fransuz tilida “telephone arabe” idiomasi orqali ifodalanadi. Idioma tarkibida soxta ekvivalent noto‘g‘ri tarjima qilinsa, arab telefoni degan mazmun anglashiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ibora tarkibiga kirgach telephone so‘zi soxta ekvivalentlik kasb etgan[23]
Soxta ekvivalentlarni o‘rganishda qator murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Pedagogic nuqtayi nazardan yondashilsa, soxta ekvivalentlarning “soxtalik” darajasini bir qator ichki va tashqi omillar belgilaydi. Soxta ekvivalentlarning turiga qarab yuqoridagi omillar turlicha ta’sir qilishi mumkin.



Download 52,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish