Ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyo siyosatida jiddiy o’zgarishlar bo’ldi.BMT ning roli ancha kuchaydi.Fashist jinoyatchilar boshliqlari jazolandi 1945 yil 20 noyabrdan 1946 yil 1 sentabrgacha Xalqaro tribunal fashist inoyatchilarini sud qildi.12 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi.7 kishi uzoq muddatli va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, bu urush aybdorlarining tarixda birinchi marta xalqaro miqyosda jazolanishi edi.
Urushdan so’ng qurollanish poygasi avj oldirildi .1945 yil 6 va 9 avgustda AQSH harbiy havo kuchlari bombardimonchilar Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bombasi tashlandi .AQSH ning urushdan so’nggi dunyoga yakkahokimlikka da’vosi edi.Bu voqea “sovuq urush”ning boshlanishiga turtki bo’ldi. Uning tashabbuskori U.Cherchellning1946 yil 5 martda Fultondagi so’zlagan nutqida e’lon qilindi. U.Cherchell “sharqiy kommunizm” bilan kurash uchun ingliz-amerika harbiy ittifoqini tashkil etishga chaqirdi 1947 yil 14 martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo’ljallagan “Trumen doktrinasi” buning amaldagi isboti bo’ldi. 1947 yil 5 iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo’ljallagan “Marshall rejasi” uni yanada mustahkamladi.Yadro quroli “sovuq urush”vositasi bo’ldi.AQSH uni ishlab va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan nazorat o’rnatish rejasini ishlab chiqdi.
“Sovuq urush” yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko’tarildi.1949yilda Rossiya, 1952 yilda
Buyuk Britaniya ,1960 yilda Fransiya, 1964 yilda Xitoy ,1974 yilda Hindiston, 1999 yilda Pokiston yadro quroliga ega bo’ldi.1948-1952 yillarda “Marshall rejasi”ga ko’ra G’arbiy Yevropa davlatlariga 17 mlrd dollar berildi.Bu mablag’lar urushdan so’ng tiklanishda muhim rol o’ynadi.
NATO –Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti-1949 yil 4 aprelda 10 ta Yevropa davlatlari,
AQSH va Kanada tomonidan tuzilgan harbiy –siyosiy blok.2004 yilda 7ta davlat a’zo bo’lib kirdi va a’zolari soni 26 taga yetdi.NATO rejasiga muvofiq ,G’arb davlatlari qurollanish poygasi va ortiqcha kuchlar bsimi ta’sirida charcharib,sovet tizimi parchalanishini texlashtirishi loim edi.
SSSR ham Sharqiy Yevropada harbiy – siyosiy blokni tashkil etish daturlarni ishlab chiqdi. Biroq bu mamlakatarni jibslashtirish qiyin bo’ldi.Chunki ularning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasi va
siyosiy qarashlarida haddan ziyod farq mavjud edi .1949 yilda sotialistik blokka kiruvchi davlatlar O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O’IYoK) tuzildi .1955 yil 14 mayda Varshava shartnomasini Vengiriya,Bolgariya,GDR,Polsha,Ruminiya,SSSR,Chexoslavakiya va Albaniya o’rtasida do’stlik hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma imzolandi .NATO ga qrama-qarshi ravishda tashkil etilgan bu tashkilot 1991 yilgacha faoliyat yuritgan .
Ikkinchi jahon urshi tufayli Yevropa davlatlarining mavqe’yi jahon miqyosida Angliya, Fransiya Fransiya,Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig’ida bo’lib, SSSR va AQSH o’rtasidagi qarama-qarshiliklar maydoniga aylandi Ularning taqdiri bu ikki davlat munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog’liq bo’lib qoldi .Yevropa mamlakatlari rahbarlari iqtisodiy cheklanishlardan voz kechib iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin , degan fikrda edi.1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati –“umumiy bozor”-ni 12 davlat ishtirokida tuzildi. Bu mamlakatlar (Fransiya,GFR,Italiya,Belgiya,Gollandiya,Lyuksemburg,Angliya(1973 y.),Irlandiya va Daniya(1973 y.)
Gretsiya(1981 y.),Ispaniya va Portugaliya (1986 y.)) ishtirokida tuzildi bu davlatlar bojnoxa to’siqlarini tugatish, umumiy soliqlarni o’rnatish ,ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta’minlash majburyatini oldi
Ikkinchi jahon urushidan so’ng buyuk davlatlar Falastinda yahudiylarning o’z davlatiga ega bo’lishga intilishlarini qo’llab quvvatladi. BMT 1947 yil 29 noyabrda Falastinda ikkita davlat (Isroil va Falastin) tashkil etilishi haqida qaror qabul qildi.1948 yil 14 mayda yahdiylar davlati – Isroil tashkil etildi-yu lekin Falastin davlati tashkil etilmay qoldi .Shundan so’ng Arab –Isroil mojarosi boshlandi .50-yillarda Yaqin Sharq G’arbning buyuk davlatlari va SSSR o’rtasidagi qarama – qarshilik maydoniga aylandi.SSSR Arab davlatlarni ,AQSH esa Isroilni qo’llab quvvatladi
1961 yil 1-6 sentabr kunlari Belgrad shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda “Qo’shilmaslik harakati” tuzildi. Tashabbuskorlar Hindiston, Yugoslaviya, Misr edi.
1969 yilda SSSR va AQSH o’rtasida strategik qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1972 -1974 yillarda oliy darajada o’tkazilgan sovet-amerika muzokalari natijasida SSSR va AQSH o’rtasida yadro qurolini tarqatmaslik , yadro quroli sinovlarini to’xtatish to’g’risida shartnoma imzolandi .Xalqaro keskinlikni yumshashi natijasida Yevropa qit’asida 1975 yil 30 iyul- 1 avgust kunlari Xelsinkida 35 davlat rahbarlari kengash o’tkazib , Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotini tuzidi.
Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan mustamlakalarda milliy –ozodlik harakatlari avj oldi. 1947 yilda mustamlakachilik tizimida yirik parchalanish yuz berdi.Buyuk Britaniya Hindistonga ozodlik berdi va uning o’rnida Hindiston va Pokiston davlatlari paydo bo’ldi .1948 yil ingliz mustamlakasi - Birma , 1949 yil Niderlandiya Indoneziyaga ozodlik berildi 1945- 1954 yillarda Ve’tnam xalqi Fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashdi.1954 -1962 yillarda Jazoir xalqi Fransiya qo’shiniga qarshi kurashib mustaqillikka erishdi.1960 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi “Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish haqida bayonot ” qabul qildi. Shundan so’ng 30 yil mobaynida 80 ga yaqin mustamlaka mustaqillikka erishdi
Nazorat uchun savollar:
1.”Sovuq urush va temir parda ” so’zlarining mohiyatini tushuntiring?
2.Urushdan keyin G’arb davlatlarini iqtisodiyotining rivojlanishiga qanay omillar ta’sir ko’rsaydi?
3.Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati qay tariqa vujudga keldi?
4.Maastrixt shartnomasining Yevropa uchun tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
5.NATO va Varshava shartnomasi faoliyatida qanday o’xshashlik va farqlar bor ?
Do'stlaringiz bilan baham: |