Sotsiologiya va madaniyatshunoslik


Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha



Download 1,23 Mb.
bet3/21
Sana06.05.2017
Hajmi1,23 Mb.
#8352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barcha ish o’rinlari ixtisoslashgan va universal ish o’rinlariga bo’linadi. Ixtisoslashgan ish o’rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo’yicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumki (qoliplovchi, termist, burg’ulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish o’rinlari). Universal ish o’rinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish o’rinlari, odatda, asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish turidan boshqasiga tezda o’tib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar bo’ladi (masalan, ta’mirlash-texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish va shu kabi sharoitlarda).

Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining ikki turi-yakka tartibdagi va jamoa ish o’rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o’rnida har doim bitta ijrochi xodim band bo’ladi. Jamoa ish o’rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat ko’rsatganda).

Xizmat ko’rsatiladigan asbob-uskunalar soniga qarab, ish o’rinlari bir stanokli yoki ko’p stanokli bo’lishi mumkin. Ish o’rinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitta ish o’rnida joylashgan va jihozlangan muhim ish o’rinlariga (masalan, stanokchilar, yig’uvchilar, apparatchilarning ish o’rinlari) makoda doimo joyini almashtirib turadiga ko’chma ish o’rinlari (quruvchilar, kon ishchilari, avbatchi yoki ta’sirlovchi xodimlarning ish o’rinlari).

Lekin, ish o’rinlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo’linmasin, ish o’rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Ish o’rnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari: asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Ish o’rnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning o’zaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bog’langan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning o’zi uch o’lchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi. Xizmat ko’rsatish tizimi-bu asosiy ishchilarning ish o’rinlarini uzoq vaqt mobaynida-bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo’lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatishning o’nta funktsiyasi mavjuddir: 1.Ishlab chiqarish–tayyorlash funktsiyasi. Unga ishlarni ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash, xom-ashyo va materiallarni butlash texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-topshiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek, turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. 2.Asboblar funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir. 3.Sozlash funktsiyasi. Dastlabki sozlash yangi yoki tuzatilgan jihozni o’rnatish, moslash, to’g’rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat. Qayta sozlash-yangi texnologiyaga va yangi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishda jihozlarni almashtirish va tartibga solishdan iborat. Qisman sozlash-asbob-uskunalar ishida paydo bo’lgan kamchiliklarni, moslamalar va jihozlardagi ayrim nosozliklarni tugatishni bildiradi. 4.Energetik funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish o’rinlarini energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalari bilan ta’minlashda xizmat ko’rsatishdir. 5.Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chiqarish va profilaktik xizmat ko’rsatishdan, shuningdek, tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. 6.Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek, chetdan olinadigan xom-ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab ko’rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish, mahsulotning yaroqsizligini oldini olishdir. 7.Transport funktsiyasi. Uning asosiy vazifasi-xom-ashyo, material chala mahsulot va butlovchi buyumlarni ish o’rinlariga yetkazib berish, mehnat buyumlarni ish o’rinlari, uchastkalar va tsexlar o’rtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga yetkazish, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqarii, transport funktsiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. 8.Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasi binolar, inshootlarni ishchi holatida saqlash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o’rtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo’llar va kirish yo’laklarini ta’mirlash kiradi. 9.Xo’jalik maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saqlashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, koloriyali nonushta, sharbatlar) Bilan, shuningdek, ishlab chiqarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari Bilan ta’minlaydi. 10.Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo’lsa, murakkab va keneg tarmoqli ombor xo’jaligi mavjud bo’lsa, transport funktsiyasidan ajralib chiqadi.

Xizmat ko’rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirimlishi mumkin. Markazlashgan usulda barcha funktsiyalar korxonaning yagona markazlashgan xizmatlari tomonmdan bajariladi. Funktsiyasi markazlashmagan usulda xizmat ko’rsatishning barcha funktsiyalari korxonaning boshlang’ich bo’limlariga (tsexlar, uchastkalar) topshiriladi.


Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish.

Mehnatni tashkil etishning navbatdagi muhim yo’nalishi intozomdir. Mehnat intizomi-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, va bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi mehnat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir. Mehnat intizomi yuzlab va minglab xodimlarni umumiy reja asosida ishlaydigan va umumiy maqsadga intiladigan yagona organizm qilib birlashtiradi. Mehnat intizomisiz har qanday korxonada mehnatni biron-bir maqbul tarzda tashkil etish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Mehnat intizomi tushunchasini quyidagi uch qismga bo’lish mumkin: 1.Mehnat faoliyati intizomi. Korxona yoki tashkilotdagi barcha xodimlarning ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi: ishga o’z vaqtida kelinishi, ish kuni davomida tanaffuslarga rioya qilinishi, ishni grafik asosida tamomlashni, smenali ish sharoitida qayta smena rejimiga rioya qilish va shu kabilarni nazarda tutadi. 2.Texnologik intizom. Bu ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish usullari va izchilligiga, mahsulot yoki ish sifatiga Aniq rioya qilinishini, yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga va avariyalarga byuarham berilishini nazarda tutadi. 3.Ishlab chiqarish intizomi. Korxonada belgilangan ichki mehnat tartibi qoidalarning bajarilishini, ishlab chiqarish rahbarlari buyruqlari va farmoishlarining aniq bajarilishini, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqirish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga so’zsiz va aniq rioya qilinishini, atrof–muhitning muhofaza qilinishini, nazarda tutadi. Shuningdek, xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlardan tortib asboblar, mashinalar, mexanizmlar, apparatura va boshqa ishlab chiqarish jihozlarigacha ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kiradi.



Rag’batlantirish-bu harakat uchun turtkidir. Rag’batlantirishlar ijobiy bo’lishi mumkin, bunda xodim ham moddiy (mukofot, foydaning bir qismini olish, birmuncha yuqori haq to’lanadigan ishga o’tkazish), ham ma’naviy (maqtash, xizmatlarini ko’pchilik oldida e’tirof etish va shu kabilar) rag’batlantiriladi. Shu bilan birga, salbiy: moddiy (yaroqsiz mahsulot ishlab chiqilgan taqdirda yoki asbob-uskunalarga shikast yetkazilganda va hokazolardan ish haqi yoki mukofotni qisqartirish) va ma’naviy (e’tiroz, xayfsan berilishi, ishdagi o’rtoqlari tomonidan mehnat xulqining qoralanishi) bo’lishi mumkin.

Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.

Mehnat sharoitlari deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi. Bu muhit inson organizmiga, uning mehnat faoliyatiga, binobirin, uning ishchanlik qobilyati va mehnat unumdorligiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmning uchta asosiy funktsional holati, yaxni normal, chegaraviy (norma Bilan patalogiya o’rtasidagi) va patalogik holatlar shakllanadi.

Mehnatni tashkil etishda uni normalash katta rol o’ynaydi. Mehnatni normalash eng samarali mehnat usuli va metodlarini tanlashda, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining eng yaxshi shakllarini, ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko’rsatishning ratsional tizimini belgilashda qo’llaniladi. Mehnatni normalash-bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi iqtisodiy faoliyatning muhim turi bo’lib, uning yordamida zarur mehnat xarajatlari belgilanadi, uning natijalari aniqlanadi, turli toifadagi xodimlar mehnatining kooperatsiyasi amalga oshiriladi, ular ish o’rinlariga qo’yiladi. Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysi–vaqt normasi bo’lib, uning vositasida mehnatni tashkil etish ehtiyojlari uchun boshqa normalar: mahsulot ishlab chiqarish normasi (ish davri davomiyligini vaqt normasiga bo’lish bilan aniqlanadi); xizmat ko’rsatish normasi (xizmat ko’rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi); xizmat ko’rsatish soni normasi (biron-bir stanok, agregat yoki patok liniyasiga xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan ishchilar soni bilan ifodalanadi); boshqaruvchanlik normasi (ishlab chiqarishning muayyan rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar bilan ifodalanadi).


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 28-65 betlar.

2.Abdurahmonov Q. H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Toshkent: 2004yil, 17-32 betlar.

3.Bekmurodov M.B. va boshqalar «Sotsiologiya». Toshkent-2002 yil 142-148 betlar.

4.Dodboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi». Farg’ona-2001yil, 96-105, 111-128, 152-168, 187-198 betlar.

5.Karimova O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari» Toshkent: «O’qituvchi »-1995yil, 433-435 betlar.

6.Usmonov S.N., Dodboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent: «Fan» -1999 yil, 86 bet.

7.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 80-84 betlar.

8.O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-huquqIy hujjatlar to’plami. Toshkent: «Adolat»- 2006 yil, 88-92 betlar.


2- mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.Insonning biror mehnat turi bilan shug’ullanishi deganda nima tushuniladi?

a)mehnat jarayoni

b)mehnat faoliyati

v)mehnat taqsimoti

g)mehnat sharoiti

d)mehnat kooperatsiyasi

2.Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotini qanday turlari mavjud?

a)umumiy mehnat taqsimoti

b)xususiy mehnat taqsimoti

v)ayrim mehnat taqsimoti

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblar to’g’ri

3.Mehnat taqsimotining qanday shakllari qo’llaniladi?

a)texnologik mehnat taqsimoti

b)funktsional mehnat taqsimoti

v)malakali mehnat taqsimoti

g)kasbiy mehnat taqsimoti

d)barcha javoblar to’g’ri

4.Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi nima deb ataladi?

a)mehnat kooperatsiyasi

b)mehnat faoliyati

v)mehnat taqsimoti

g)mehnat sharoiti

d)mehnat jarayoni

5.Mehnat koorperatsiyasining qanday shakllaridan foydalaniladi?

a)ixtisoslashtirilgan uchastkalarining tsex ichidgi mehnat kooperatsiyasi

b)ixtisoslashtirilgan uchastkalarining tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi

v)ixtisoslashtirilmagan mehnat kooperatsiyasi

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblar to’g’ri

6.Ish o’rnida ishlab chiqarish jarayoninining qaysi elementlari birlashadi?

a)mehnat ashyolari

b)mehnat vositalari

v)ishchi kuchi

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblar to’g’ri

7.Mexanizatsiya darajasi bo’yicha ish o’rinlari qaysi guruhlarga bo’linadi?

a)qo’l ishida ish o’rinlari

b)mashini- qo’lda bajariladigan ish o’rinlar

v)mexanizatsiyalashgan ish o’rinlari

g)avtomatlashtirilgan ish o’rinlari

d)barcha javoblar to’g’ri

8.Ixtisoslashuv belgisi bo’yicha barja ish o’rinlari qaysilariga ajratiladi?

a)ob’yektiv va sub’yektiv

b)ichki va tashqi

v)ixtisoslashgan va universal

g)gorizontal va vertikal

d)ochiq va yashirin

9.Mehnat taqsimoti belgisi bo’yicha ish o’rinlarining qanday turlari mavjud?

a)ixtisoslashgan va universal

b)yakka tartibdagi va jamoa

v)mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan

g)avtomatlashtirilgan va apparaturali

d) gorizontal va vertikal.

10. Xizmat ko’rsatishning nechta funktsiyasi mavjud?

a)to’rtta

b)oltita

v)sakkizta

g)o’nta

d)o’n ikkita



11.Qaysi funktsiyaning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni asbob va moslamalar Bilan ta’minlashdir?

a)asboblar funktsiyasi

b)sozlash funktsiyasi

v)transport funktsiyasi

g)xo’jalik-maishiy funktsiya

d)xo’jalik funktsiyasi

12.Qaysi funktsiya tsexlar, uchastkalar va ish o’rinlari energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalari bilan ta’minlashda xizmat ko’rsatadi?

a)ishlab chiqarish-tayyorlash funktsiyasi

b)energetik funktsiyasi

v)nazorat funktsiyasi

g)tamirlash-qurilish funktsiyasi

d)ombor funktsiyasi

13.Xizmat ko’rsatishni boshqarish qanday usullar bilan amalga oshirilishi mumkin?

a)markazlashgan

b)markazlashmagan

v)ixtisoslashgan

g)ixtisoslashmagan

d)a va b javoblar to’g’ri

14.Qaysi usulda barcha funktsiyalar korxonaning yagona mxizmatlari tomonidan bajariladi?

a)ixtisoslashgan

b)ixtisoslashmagan

v)markazlashgan

g)markazlashmagan

d)barcha javoblar to’g’ri

15.Qaysi usulda xizmat ko’rsatishning barcha funktsiyalari korxonaning boshlang’ich bo’limlariga topshiriladi?

a)ixtisoslashgan

b)ixtisoslashmagan

v)markazlashgan

g)markazlashmagan

d)barcha javoblar to’g’ri

16.Mehnat intizomi tushunchasini qanday qismlarga bo’lish mumkin?

a)mehnat faoliyati intizomi

b)texnologik intizom

v)ishlab chiqarish intizomi

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblar to’g’ri

Harakat uchun turtki- bu.. dir.

a)Rag’batlantirish

b)jazolash

v)malakani oshirish

g)xususiylashtirish

d)mukofotlash.

18. .. deganda ishlab chiqarish jarayonida insonni qurshab turuvchi tashqi muhit tushuniladi?

a)mehnat jarayoni

b)mehnat sharoiti

v)mehnat faoliyati

g)mehnat intizomi

d)mehnat koorperatsichg’yasi

19.Mehnat sharoitlari ta’sirida organizmda qanday funktsional holatlar shakllanadi?

a)normal


b)chegaraviy

v)patologik

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblar to’g’ri.

20.Mehnat normalarining barcha turlari ichida asosiysini ko’rsating?

a)xizmat ko’rsatish normasi

b)xizmat ko’rsatish soni normasi

v)vaqt normasi

g)boshqaruvchanlik normasi

d)mahsulot ishlab chiqarish normasi.

21. .. xizmat ko’rsatiladigan ishchilar soni bilan ifodalanadi?

a)vaqt normasi

b)mahsulot ishlab chiqarish normasi

v)xizmat ko’rsatish normasi

g)xizmat ko’rsatish soni normasi

d)boshqaruvchanlik normasi

22.Ishlab chiqarishning muayyan rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar bilan va ularning soni bilan qaysi norma turi ifodalanadi?

a)boshqaruvchanlik normasi

b)vaqt normasi

v)xizmat ko’rsatish normasi

g)xizmat ko’rsatish soni normasi

d)mahsulot ishlab chiqarish normasi

23. ..-bu, faqat, ish joyiga o’z vaqtida kelish, bu yerda belgilangan vaqt mobaynida bo’lish emas, balki belgilangan texnologiyaga rioya qilish, mahsulot sifatini, ishlab chiqarishdagi menat rejimini ta’minlash, mehnat unumdorligini muayyan darajada saqlashdir

a)mehnat sharoiti

b)mehnat faoliyati

v)mehnatni normalash

g)mehnat intizomi

d)mehnat jarayoni

24. .. deganda unda jamlangan mehnat vositalari: asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy jihozlar bilan aloqa va signal berish vositasilari, mehnatni muhofaza qili shva xavfsizlik texnikasining jami tushuniladi?

a)xizmat ko’rsatish

b)ish o’rnini ta’minlash

v)ish o’rnini rejalashtirish

g)ish joyini almashtirish

d)ishdan chetlashish.

25.Ish o’rinlari barqarorlik belgisiga qarab necha guruhga bo’linadi?

a)ikki


b)uch

v)to’rt


g)besh

d)olti



3-mavzu: Mehnat faoliyatining sabablari.
Reja:

1.Ehtiyoj va qiziqishlar mehnat xulqi omili sifatida

2.Sabablarni asoslash jarayonida qadriyatlar va qadriyatli yo’nalishlar.

3.Mehnat xulqi sabablarining tuzilishi



Tayanch iboralar:
ehtiyoj; fiziologik, ekziztentsional, ijtimoiy, obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj va shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar; o’zini-o’zi hurmat qilishga, o’zini-o’zi qaror toptirishga, e’tirof etilishiga; o’zini-o’zi namoyon qilishga; faollikka, naslni davom ettirishga, dam olish va bo’ shvaqtga, o’zini-o’zi saqlashga, barqarorlikka, muomalada bo’lishga, ijtimoiy mavqyega ega bo’lishga, ijtimoiy birdamlikka bo’lgan ehtiyoj; qiziqish; moddiy va nomoddiy qiziqishlar; qadriyatlar; ijtimoiy ideallar; normalar; mehnat sohasidagi sabablar; sabablar o’zagi.
Ehtiyoj va qiziqishlar mehnat xulqi omili sifatida.

Ehtiyoj-bu shaxsning yashashi va o’zini-o’zi saqlash uchun zarur bo’ladigan vosita va shart-sharoitlarni yaratish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni saqlashga intilishidir. Ehtiyojlar ierarxiyasini (pog’onasini) amerikalik psixolog A.Maslou ancha to’liq va muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqqan bo’lib, u mehnat xulq-atvor sabablarining besh darajasi yoki guruhini muayyan vaqtda ustunlik qiluvchi ehtiyojlarga ko’ra ajratadi: 1.Odamlarning takror ko’payishi, oziq-ovqat, nafas olish, jismoniy harakat, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo’lgan fiziologik va jinsiy ehtiyojlari. 2.Ekzistentsional ehtiyojlar-turmushning xavf-xatarsiz bo’lishiga ehtiyoj, ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqarorligi, insonni qurshab turgan sotsiumning muayyan darajada doimiy va muntazam bo’lishiga ehtiyoj, mehnat sohasida esa kafolatlangan bandlikka, baxtsiz hodisalardan sug’urtalanishga va shu kabilarga bo’lgan ehtiyojdir. 3.Jamoaga bog’liqlika, unga mansublikka, muomalada bo’lishga, boshqalar to’g’risida g’amxo’rlik qilishga, o’ziga e’tibor berilishiga, birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj. 4. O’z-o’zini hurmat qilinishi, obro’-e’tiborili bo’lishiga ehtiyoj- bu qadr-qimmatning e’tirof qilinishi, xizmat sohasida o’sishiga, jamiyatda maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va munosib baholanish ehtiyoji. 5.Shaxsiy, ma’naviy ehtiyojlar o’zining ijod orqali faollashuvi, o’zini namoyon qili olishida ifodalanadi.

A.Maslou ehtiyojlarning dastlabki ikki turini boshlang’ich (tug’ma), qolgan uchtasini ikkilamchi (hosil qilingan) ehtiyojlar, deb atagan.

Ehtiyojning sotsiologiyada har xil nuqtai nazarlardan o’rganiladigan va hisobga olinidagan ijtimoiy va ahloqIy turlari mavjud. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:-o’z-o’zini hurmat qilishga ehtiyoj (ma’qullanish va obro’-e’tibor, o’ziga nisbatan boshqalarning ijobiy munosabatda bo’lishi tufayli mehnatda yuqori miqdo rva sifat ko’rsatkichlariga erishish); - e’tirof etilishiga ehtiyoj (mehnat xulq-atvorining o’zining kasbga yaroqligi va qobiliyatli ekanligini isboblashga qaratilishi);-o’z-o’zini namoyon qilishga bo’lgan ehtiyoj (ishga ijodiy munosabatda bo’lish asosida ishda yuqori ko’rsatkichlarga erishish, ish qandaydir g’oyalar va bilimlarga ega bo’lish vositasi sifatida);-faollikka ehtiyoj (faollik orqali intilish); -naslni davom ettirishga va o’z-o’zidan ko’payishga bo’lgan ehtiyoj (ishda oilasi va qarindosh-urug’larining, yaqinlarining yaxshi kun kechirishi, ularning jamiyatda martabasi ortishiga ahamiyat berish, mehnat natijalari orqali yaratilgan va nimanidir meros qilib berishga intilishni amalga oshirish); -dam olish va bo’ shvaqtga bo’lgan ehtiyoj (kamroq ishlab, ko’proq bo’ shvaqt bo’lishini afzal ko’rish, ishni yashashni asosiy maqsadi emas, balki qadriyat, deb bilish); -o’zini-o’zi saqlashga ehtiyoj (kamroq va yaxshiroq sharoitda ishlashga ehtiyoj, o’z sog’lig’ini saqlash maqsadidi kamroq haq olishga ham rozi bo’lish); barqarorlikka ehtiyoj (ishni mavjud turmush tarzini, erishilgan to’kinlik darajasini saqlab qolish usuli sifatida idrok etish, tavakkalchilikni yoqtirmaslik); -muomalada bo’lishga ehtiyoj (mehnat faoliyatini odamlar bilan aloqada bo’lish sharti va sababi, deb bilish); -ijtimoiy mavqyega ega bo’lishga ehtiyoj (mehnat faoliyatini mansabga erishish maqsadlariga bo’ysundirish, mansab, boshqalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishga xulq-atvorning asosiy hal qiluvchi omili); -ijtimoiy birdamlikka ehtiyoj (hamma bilan birdek bo’lishga istak, halollik, ish joyidagi sheriklik, hamkasblar oldida javobgarlik sifatida).

Qiziqish-bu anglab yetilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir. Ehtiyojlardan farqli o’laroq, qiziqish shunday ijtimoiy munosabatlarga qaratilganki, xodim, ehtiyojlarning qondirilishi shu munosabatlarga bog’liqdir. Agar ehtiyojlar insonning normal hayot kechirish uchun nimalar kerakligini ko’rsatsa, qiziqish esa mazkur ehtiyojni qondirish uchun qanday harakat qilish kerak, degan savolga javodg’b beradi.

Ehtiyojlar va qiziqishlar sub’yektlari qatoriga barcha xo’jalik yuritish sub’yektlari kiradi, ular ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida muayyan funktsiyalar va maqsadlarga ega bo’ladi. Har bir sub’yektga turli qiziqish majmui xosdir. Qiziqishlar moddiy (iqtisodiy) bo’ladi-bular ehtiyojlarni qondirishning pul va moddiy buyum vositalariga qiziqishdir. Bundan xodimlarning mehnat haqining tegishli darajasiga, mmiqdorlariga, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalarga, mehnat rejim iva shu kabilarga bo’lgan qiziqish kelib chiqadi. Bundan tashqarii, qiziqishlar nomoddiy ham bo’lishi mumkin: bular bo’limlarga, ilmga, san’atga, muomalada bo’lishga madaniyatga, ijtimoiy-siyosiy faoliyatga vash u kabilarga bo’lgan qiziqishlardir.

Har qanday ehtiyoj xilma-xil qiziqishlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, bilimlarga bo’lgan qiziqish xodimlarda o’zining past mahoratini oshirishga bo’lgan qiziqishni shakllantirishi mumkin; ijodiy, xilma-xil va mazmunli ishga bo’lgan qiziqish o’zining kasbiy bilimlarni doimiy ravishda kengaytirib borishni talab qiladi; maxsus adabiyotlarni, ilg’or tajribani umumlashtiruvchi va yorituvchi adabiyotlarga qiziqishni oshiradi va hokazo. Shunday qilib ehtiyojlar va qiziqishlar mehnat xulq-atvorining ichki tomondan bog’liqligini nazarda tutadi.

Sabablarni asoslash jarayonida qadriyatli yo’nalishlar.

Mehnat sababi jarayonining eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor normallaridir. Qadriyatlar–bu sub’yekt, jamiyat, sinf, ijtimoiyi guruhning hayot va ishning asosiy eng muhim maqsadlari to’g’risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvuridir. Qadriyatlar moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va hokazo bo’ladi. Ular ehtiyoj va manfaatlar asosida tarkib topadi. Lekin, qadriyatlar ehtiyoj va manfaatlar asosida shakllansa-da, ulardan nusxa ko’chirmaydi. Qadriyatlar ehtiyoj va manfaatlar mazmuniga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Ehtiyoj, manfaatlar va qadriyatning ehtimol tutilgan mos kelishi yoki qarama-qarshiligi ongning nisbatan mustaqqillikka egaligiga yuog’liqdir.

Shaxsni jamiyat moddiy yoki ma’naviy madaniyatining u yoki bu qadriyatlariga yo’naltirilganligi uning qadriyatli yo’nalishini aks ettiradi va inson xulq-atvorida umumiy yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Kimlar uchundir eng muhim qadriyatli yo’nalish bu mehnatning ijodiy xususiyati hisoblanib, ularni mehnatning shart-sharoitlari ortiqcha qiziqtirmaydi moddiy farovonni eng muhim qadriyat, deb hisoblaydiganlar esa ish haqi oldida boshqa barcha qadriyatlardan ham voz kechishlari mumkin.

Jamiyatdagi qadriyatlar mazmuni jamiyatda qaror topgan madaniyat, ma’naviy va axloqiy hayot, hamda, ijtimoiy ongning rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Qadriyatlarning o’ziga xos shakli ijtimoiy ideallar, ya’ni jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, hamda shu jamityada yashovchi shaxsning qanday bo’lishi lozimligi haqidagi tasavvurlardir. Ideallarda faoliyat maqsadi ifodalangan bo’lib, ular hozirgi kun Bilan kelajak o’rtasidagi bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Ijtimoiy jihatdan e’tiroz qilingan qadriyatlar va ideallar alohida qadriyatlarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi va ular ham mehnat xulq-atvorining sabab elementlaridan hisoblanadi.

Xodimning hatti-harakati, uning sababi, faqat jamiyat qadriyatlari va mehnat qiladigan tashkilot (jamoa) qadriyatlari bilan bog’liq bo’lib qolmay, ayni bir vaqtda stixiyali tarzda qaror topadigan ijtimoiy normalar yoki ongli ravishda belgilangan xulq-atvor qoidalari bilan ham bog’liq bo’ladi. Agar qadriyatlar, guruh, inson, xodimining xulq-atvoriga, uning sabablariga u yoki bu yo’nalishini kasb etsa,normalar aniq hatti-harakatlar va faoliyat turlarini tartibga soladi. Mazmunli xilma-xil ijodiy mehnat qadriyat hisoblansa zarur shart-sharoitlar yaratilgan ish joyini izlash norma bo’ladi. Yuqori ma’lumotli xodimlarning malakali va ijodiy bo’lmagan ishdan qoniqmasligini ham norma, deb hisoblash kerak. Ijtimoiy qadriyatlar va normalarning mehnat xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishi qadriyatlar va normativlarni tartibga solishning butun bir tizimini hosil qiladi.
Mehnat xulqi sabablarining tuzilishi.

Xodim mehnat faoliyatida ishtirok etar ekan, ayni vaqtda bior qator ehtiyoj manfaat va qadriyat yo’nalishlariga ega bo’ladi. Ular muhim yoki nomuhim turli darajada ahamiyatla va qadrli bo’lishi mumkin bu hamma omillar ichida eng asosiylarini tanlash ehtiyojlari qiziqishlar qadriyatlarni mehnat vaziyati bilan taqqoslash jarayonida sabablar vositasida amalga oshiriladi.Mehnat sohasidagi sabablar xilma-xil funktsiyalarni bajaradi va ular xodim xulq-atvorida ro’yobga chiqadi. Bular quyidagi funktsiyalardir: yo’naltiruvchi funktsiya, bunga sabab xodimning xulq-atvorini vaziyatdan xulq-atvor variantlarini tanlashga yo’naltiradi; ma’no hosil qiluvchi funktsiya, bunda sabab xodimning maskur xulq-atvoridagi sub’yektiv ahamiyatni belgilab beradi, uning shaxsiy ma’nosini aniqlaydi; vositali funktsiya, bunda sabab ichki va tashqi ko’zg’atuvchilar tutashgan joyda vujudga keladi, ularning xulq-atvoriga bo’lgan ta’sirini vositalaydi; safarbar qiluvchi funktsiya, bunda sabab xodim organizmi kuchlarni o’zi uchun ahamiyatla faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbab etadi; oqlovchi funktsiya, bunday holatda shaxsning tashqaridan normalashtiradigan xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va ahloqiy normaga munosabati ifodalangan bo’ladi.

Insonning faoliyati ayni vaqtda bir necha sabablar bilan asoslanadi, chunki u narsa-buyumlar olami, jamiyat, atrofdagi kishilar va o’z-o’zi bilan xilma-xil munosabatlar tizimiga qo’shiladi. Xodimning xulq-atvorini belgilab beradigan yetakchi sabablar guruhini sabablar o’zagi deb atashadi. Sabablar o’zagining tuzilishi muayyan mehnat vaziyatlariga qarab farqlanadi: -mutaxasislikni yoki ish joyini ta’minlashga; -korxonada mazkur kasb bo’yicha kundalik ishga; -muayyan nizoli vaziyatga; -ish joyini almashtirishga yoki kasbni o’zgartirishga; -mehnat muhitining tavsiflari o’zgarishi Bilan bog’liq bo’lgan innovatsion vaziyat va hokazolarga.

Keyingi o’n yilliklarda mehnat sotsiologiyasi ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini bilishni bir muncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g’oyalarni ishlab chiqmoqda. Bu jihatdan, V.A.Yadovning yondashuvi qiziqarli bo’lib u shaxs ijtimoiy xulq-atvorining dispozitsion kontseptsiyasini ifodalab bergan edi. Bu yerda gap insonning murakab dispozitsiyalar tizimini (shaxsiy moyillik) egallashi haqida boradi, ular inson xulq-atvorini tartibga soladi. Ular murakkab tuzilishga ega bo’lgan ehtiyojlar, qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo’ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va ularga mos keladigan dispozitsiyalarning to’rtta darajasi ajralib ko’rsatiladi:

1.Eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog’liq yo’l-yo’riqlar.

2.Odatdagi kundalik sharoitlarda muomalaga bo’lgan ehtiyojlar asosida shakllantiriladiganijtimoiy yo’l-yo’riqlar.

3.Shaxsning muayyan mehnat sohasidagi qiziqishlarning umumiy yo’nalishini ta’riflab beradi.

4.Shaxsning qadriyatli mo’ljallari tizimi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil 344-353 betlar.

2.Abdurahmonov Q.H., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: 2004 yil 144-152 betlar.

3.Dodboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001 yil 84-90 betlar.

4.Usmonov S.N., Dodboev Yu.D. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» Toshkent. «Fan»-1999 yil 74-86 betlar

5.Shoyusupova N.T. «Mehnat sotsiologiyasi». Toshkent. 2004 yil 13-22 betlar

6.O’lmasov A., «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil 7-10 betlar.


3-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.Shaxsning yashashi va o’zini-o’zi saqlash uchun zarur bo’ladigan vosita va shart-sharoitlarni yaratish to’g’risida g’amxo’rlik qilish, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni saqlashga intilish nima deb ataladi?

a)qiziqish

b)intilish

v) ehtiyoj

g)qadriyat

d)ijtimoiy ideal

2.Ehtiyojlar ierarxiyasini qaysi amerikalik olim ishlab chiqqan?

a)Maslou.A

b)Meyo.E

v)Teylor.F

g)Mertok.R

d)Sorokin.P.A

3.A.Maslou ehtiyojlarning qanday turlarini ajratib ko’rsatadi?

a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar

b)ekzistentsional ehtiyojlar

v) ijtimoiy ehtiyojlar

g)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj

d)barcha javoblar to’g’ri

4.Odamlarning takror ko’payishi, oziq-ovqat, nafas olish, jismoniy harakat, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo’lgan ehtiyoji nima deb nomlanadi?

a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar

b)ekzistentsional ehtiyojlar

v) ijtimoiy ehtiyojlar

g)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj

d)shaxsiy ma’naviy ehtiyoj

5.A.Maslou ehtiyojlarning qaysilarini boshlang’ich (tug’ma), deb ataladi?

a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar

b)ekzistentsional ehtiyojlar

v) ijtimoiy va shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar

g)a va b javoblar to’g’ri

d) a, b va v javoblari to’g’ri.

6.A.Maslou ehtiyojlarning qaysilarini ikkilamchi (hosil qilingan) ehtiyojlar deb ataydi?

a)ijtimoiy ehtiyojlar

b)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj

v) shaxsiy ma’naviy ehtiyoj

g)a va b javoblar to’g’ri

d)a, b va v javoblari to’g’ri

7.Ehtiyojlarning ijtimoiy va ahloqiy turlari keltirilgan to’g’ri javobni belgilang?

a)e’tirof etilishiga ehtiyoj

b)faollikka ehtiyoj

v) ijtimoiy birdamlikka ehtiyoj

g)muomalada bo’lishga ehtiyoj

d)barcha javoblar to’g’ri.

8. .. – bu anglab yetilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir.

a)qadriyat

b)qiziqish

v) ijtimoiy ideal

g)adaptatsiya

d)faoliyat

9.Qiziqlarning qanday turlari mavjud?

a)ishlab chiqarish va noishlab chtqarish

b)ochiq va xufyona

v) moddiy va nomoddiy

g)ob’yektiv va sub’yektiv

d)ijobiy va salbiy.

10.Sub’yekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy, eng muhim maqsadlari to’g’risidagi, shuningdek, anna shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlar-bu..

a)qadriyat

b)faoliyat

v)qiziqish

g)ishtiyoq

d)ehtiyoj

11.Qadriyatlar nimalar asosida tarkib topadi?

a)ehtiyoj

b)manfaat

v)qiziqish

g)a va b javoblari to’g’ri

d)a, b va v javoblari to’g’ri.

12.Jamiyatda ijtimoiy munosabatlar, hamda shu jamiyatda yashovchi shaxsning qanday bo’lishi lozimligi haqidagi tasavvurlar nima deb nomlanadi?

a)qadriyat

b)ijtimoiy ideallar

v)manfaat

g)jarayon

d)qiziqish.

13.Qadriyatlarning o’ziga xos shakli ko’rstilgan javobni belgilang?

a)qadriyat

b)ijtimoiy ideallar

v)faoliyat

g)ehtiyoj

d)zarurat.

14.Mehnat sohasidagi sabalar qanday funktsiyalarni bajaradi va ular xodim xulq-atvorida ro’yobga chiqadi?

a)yo’naltiruvchi funktsiya

b)vositali funktsiya

v)safarbar qiluvchi funktsiya

g)ma’no hosil qiluvchi funktsiya

d)barcha javoblar to’g’ri.

15.Qaysi funktsiyada sabab xodimning mazkur xulq-atvoridagi sub’yektiv ahamiyatni belgilab beradi?

a)yo’naltiruvchi funktsiya

b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya

v)vositali funktsiya

g)safarbar qiluvchi funktsiya

d)oqlovchi funktsiya.

16.Qaysi funktsiyada sabab ichki va tashqi qo’zg’atuvchilar tutashgan joyida vujudga keladi, ularning xulq-atvorga bo’lgan ta’sirini vositalaydi?

a)yo’naltiruvchi funktsiya

b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya

v)vositali funktsiya

g)safarbar qiluvchi funktsiya

d)oqlovchi funktsiya.

17.Qaysi funktsiyada sabab xodimning xulq-atvorini vaziyatdan xulq-atvor variantlarini tanlashga yo’naltiradi?

a)yo’naltiruvchi funktsiya

b)ma’no hosil qiluvchi funktsiya

v)vositali funktsiya

g)safarbar qiluvchi funktsiya

d)oqlovchi funktsiya

18.Xodimning xulq-atvorini belgilab beradigan yetakchi sabablar guruhini nima deb atashadi?

a)sabablar tizimi

b)sabablar strukturasi

v)jami sabalar

g)sabablar o’zagi

d)sabablar ko’rsatkichi.

19.Sabablar o’zagining tuzilishi qanday vaziyatlarga qarab farqlanadi?

a) mutaxassislikni yoki ish joyini tanlashga

b)korxonada mazkur kasb bo’yicha kundalik ishga

v)ish joyini almashtirishga yoki kasbni o’zgartirishga

g)mehnat muhitining tavsiflari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan innovatsion vaziyat

d)barcha javoblar to’g’ri.

20.Qaysi rus olimi shaxs ijtimoiy xulq-atvorining dispozitsion kontseptsiyasini ilgari suradi?

a)Yadov V.A.

b)Sorokin P.A.

v)Mixaylovskiy

g)Zaslavskaya

d)Ilin I.

21.V.A.Yadov ehtiyojlar, vaziyatlar va ularga mos keladigan dispozitsiyalarning nechta darajasini ajratib ko’rsatadi?

a)ikkita

b)uchta

v)to’rtta



g)beshta

d)oltita


22.Mazmunli, xilma-xil, ijodiy mehnat .. hisoblansa, zarur shart-sharoitlar yaratilgan ish joyini izlash .. bo’ladi.

a)norma va qadriyat

b)qadriyat va norma

v)norma va sanktsiya

g)qadriyat va sanktsiya

d)sanktsiya va manfaat.

23.Ehtiyojning qaysi turi faollik orqali sog’liq va kayfiyatni yaxshi saqlashga qaratadi?

a)o’z-o’zini namoyon qilishga bo’lgan ehtiyoj

b)barqarorlikka ehtiyoj

v)o’zini-o’zi saqlashga ehtiyoj

g)dam olish va bo’ shvaqtga bo’lgan ehtiyoj

d)faollikka ehtiyoj

24.Amerikalik psixolog A.Maslou ehtiyojlarning nechta turini ajratib ko’rsatadi?

a)ikkita


b)uchta

v)to’rtta

g)beshta

d)oltita


25.A.Maslou tomonidan ilgari surilgan ehtiyojlarning uchinchisini nomlang?

a)fiziologik va jinsiy ehtiyojlar

b)ekzistentsional ehtiyojlar

v)obro’-e’tiborli bo’lishga ehtiyoj

g)ijtimoiy ehtiyojlar

d)shaxsiy ma’naviy ehtiyojlar.


4-mavzu: Mehnat jamoasi va unda ijtimoiy mehnat munosabatlari.
Reja:

1.Mehnat jamoasining strukturasi va rivojlanish bosqichlari.

2.Mehnat jamoasida boshqaruv va o’zini-o’zi boshqaruv tizimi.
Tayanch iboralar:
jamoa; mehnat jamoasi; jamoaning integral belgisi; partsial va umumiy birlik; jamoa rivojining ichki va tashqi shartlari; birlamchi sintez, tabaqalanish va sintez bosqichi; mehnat jamoasining funktsiyalari; jamoani boshqarish; rahbar; rahbar faoliyatidagi vazifalar (funktsiyalar).
Mehnat jamoasinin strukturasi va rivojlanish bosqichlari.

Jamoa-bu ijtimoiy guruh turi, mehnatkashlarning yagona maqsad, faoliyat yo’lida birlashgan, uyushgan, boshqaruv, intizom va javobgarlik organlariga ega gurhidir. U a’zolarning manfaatlari birligi, hamda hamkorlik va o’zaro yordam munosabatlariga asoslangan ijtimoiy tashkilot shaklidir. Tashkilot sifatida jamoa intizom orqali tartibga solinadi va uni rahbarlar boshqaradilar. Jamoaning eng muhim integral belgisi ijtimoiy-psixologik birligidir. U tashkiqi vaziyatlarga bog’liq va turli darajalarda bo’ladi, masalan partsial va umumiy Partsial birlik kishilarning ma’lum bir yo’nalishdagi birligini ifodalaydi (maqsadlar, manfaatlar, qaramlar birligi). Bir yo’nalishda yakdil insonlar boshqa yo’nalishlarga qarshi bo’lishlari, o’zaro nizoga kirishishlari mumkin. Umumiy birlik yuqori darajadagi birlik hisoblanib, kishilar barcha asosiy yo’nalishlarda yakdil bo’ladilar. Bunda hamma bir-birini qo’llab-quvvatlaydi.

Jamoa rivojlanishning tashqi (ob’yektiv) shartlariga moddiy baza (maydon, texnik ta’minot), ish haqi darajasi, nufuz tuyg’usida aks etadigan ishlab chiqarishning ahamiyati va boshqalar kiradi. Ichki (sub’yektiv) shartlari korxonaning shaxsiy tarkibi va rahbarining sifatlari, ijtimoiy munosabatlarning puxtaligini o’z ichiga oladi.

Jamoaning rivojlanishiga uning yaqin muhit, boshqa jamoalar bilan o’zaro aloqalari ham ta’sir etadi. Boshqalardan ajrab qolish jamoani qashshoqlashuv va turg’unlikka olib keladi, aksincha, ilg’or tashkilotlar bilan keng aloqalar jamoaning faoliyat tajribasi boyishiga, uning nufuzi o’sishiga xizmat qiladi.

Jamoaning rivojlanishiga rahbar, uning tashkilotchilik qobiliyati va ma’naviy ahloqi ham ta’sir etadi. Bunda uning xarakteri, ish tajribasi, umuman olganda, boshqaruv uslubi ham kata ahamiyatga ega. Jamoaning rivojlanish bosqichlari esa quyidagicha:


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish