Kuzatish usuli faqat sotsiologiya yoki ijtimoiy fanlardagina emas, balki barcha fan sohalarida ham keng qo’llaniladi. Kuzatish turli maqsadlarda, turli shaklda, turli qamrovda, turli vositalar yordamida olib boriladi. Barcha odamlar o’z hayotlarida kuzatish usulidan u yoki bu darajada foydalanadilar. Lekin ular foydalanadigan usul ilmiy kuzatish usuli emas, balki oddiy kuzatish usulidir. Oddiy turmushdagi kuzatish ham aksariyat holda muayyan maqsadga yo’naltirilgan va muayyan darajada tashkil etilgan bo’ladi. Lekin bu kuzatishlar ilmiy maqsadni ko’zlamagani va ilmiy muammoni hal etishga qaratilmagani uchun ilmiy kuzatish bo’la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |