3. Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi.
Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi XX asrning 50-yillarida AQShda fan sifatida shakllandi. §arb davlatlarida iqtisodiyot fanining ijtimoiylashuvi tendentsiyasi kuchayishi natijasida iqtisodiy sotsiologiyaning imkoniyatlari ortib bordi.
Iqtisodiy soha deb, odatda insonlar turmush uchun zarur hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol uchun ma’suliyatli bo’lgan jamiyatning yaxlit sistemachasi tushuniladi.
Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi inson faoliyati tufayli iqtisodiyotda yuz beradigan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarning o’zgarishlarini o’rganishdir. Iqtisodiy hayot sotsiologiyasi munosabatlar sistemasiga taalluqli va bir-birlari bilan o’zaro harakat qiluvchi guruhlarni o’rganadi. Uning ob’ekti bo’lib ijtimoiy jarayonlar sifatida maxsus nuqtai nazardan qaraluvchi iqtisodiyot namoyon bo’ladi.
Hozirgi davrdagi iqtisodiy hayotning ma’lum kontseptsiyalarsiz mafkuraviy maqsadlarga asoslanmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunga ko’ra, I.Karimovning O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishining 5 tamoyilidan biri bo’lgan iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo’lish tamoyili iqtisodiy hayotning ma’muriy buyruqbozlik mafkurasidan holi bo’lishini, iqtisodiyotni erkinlashtirishni ko’zda tutadi. Bizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari ma’lum kontseptsiyalarga, g’oyaviy yo’nalishlarga asoslangan holda mavjud bo’ladi, rivojlanadi. Iqtisodiy hayot inson ma’naviy hayoti bilan uzviy bog’liqdir. Zero O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tmishdagi iqtisodiyotni har yoqlama, beso’naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslandi.” Iqtisodiy nazariyalar va qarashlar hamda tasavvurlarga iqtisodiy munosabatlar ham aynan muvofiq bo’lavermaydi. Iqtisodiy qarashlar va nazariyalar ba’zida ishlab chiqarish munosabatlariga shubha bilan qaraydi. Uni o’zgartirish, takomillashtirish uchun ma’lum tavsiyalar, yo’riqlar majmuini ilgari suradi.
Iqtisodiy hayotni ijtimoiy talqin etishga birinchi bor F.Teylor e’tibor berdi. U ishchilarning mehnatga bo’lgan qiziqishini o’rgandi va 1894 yili mehnatga haq to’lash tizimiga asoslangan nazariyasini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etdi. Bu g’oya asosida “iqtisodiy odam” kontseptsiyasi va uninig xususiyatlari paydo bo’ldi. Bu g’oyaning asosini quyidagilar tashkil etadi:
Eng qisqa vaqtda ishchi qancha ko’p hajmda ish bajarsa, unga shuncha haq to’lash.
Ishning hajmini emas, balki samaradorligini va yaxshiligini rag’batlantirish.
Ishchilarga kam ish haqi berish va ko’p berish baravar zararlidir.
Teylor kontseptsisi Amerika sanoatida Ford tomonidan ishlab chiqarishga tadbiq etildi, konveyer ishlab chiqarish sharoitida mehnatning samaradorligi rag’batlantirildi.
Hozirgi davrda iqtisodiy sotsiologiyani tahlil qilishda asrimizning 70-yillarida vujudga kelgan iqtisodiy reallikni hisobga olish zarur. Bu o’zgarishlar iqtisodiy sohada keng ko’lamda burilish hosil qilishi bilan belgilanadi. Hozirgi ko’plab sotsiologlar va iqtisodchilar jamiyatning yana bir tasnifini ham bermoqdalar:
an’anaviy jamiyat; industrial jamiyat; postindustrial jamiyat.
Agar an’anaviy jamiyatda erga bo’lgan mulkchilik asosiy o’rinni egallasa, industrial jamiyatda mulkning barcha ko’rinishlariga bo’lgan munosabat shakllanadi. Postindustrial jamiyatda esa intellektual mulk, insonning aql-zakovati, bilimi asosiy o’ringa chiqadi.
Industrial jamiyatni yirik mashina ishlab chiqarishi, qo’l mehnati o’rniga yuksak mehnat unumdorligiga asoslangan ishlab chiqarish izohlaydi. Bir me’yorda ishlaydigan avtomatik ishlab chiqarish vujudga keladi. Ommaviy ishlab chiqarish eng muhim belgilovchi xususiyatga aylanadi. Ishlab chiqarishda yuksak malakali ishchilarning roli ortib boradi, ixtisoslashuv chuqurlashadi. Natijada mashina yordamida standartlashgan operatsiyalar bajariladi. Xo’jalik sohasida sanoat va moliyaviy kapital ustunlik qiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ommaviy, standartlashgan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan tovar xarakteriga ega bo’lib, bozor uchun mo’ljallanadi. Tovar munosabatlari milliy iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini taqozo qiladi. Natijada dunyo xo’jalik tizimining shakllanishiga imkon yaratiladi.
Industrial jamiyatni iqtisodiy jamiyat, deb ham atash mumkin. Chunki, real borliq iktisodiyotga qaratilgan bo’ladi, iqtisodiyotga mo’ljallangan ishlar ustun ravishda rivojlanadi.
Milliy davlatlarning shakllanishi demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo etish, milliy manfaatlarni himoya qilish asosida, erkin xalqaro ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy hamkorlik ko’lamlariga chiqish imkoniyatlariga ega bo’ldilar.
XX asr o’rtalaridan qator §arb mamlakatlari jamiyatning uchinchi bosqichi - postindustrial jamiyatga o’tmoqda. Bugungi sotsiologiyada uning nomi har xil, jumladan «informatsion» jamiyat «postindustrial jamiyat», kabi atamalar bilan ifodalanmoqda. Bular ommaviy axborotlarni vujudga keltiradi, saqlaydi va qayta ishlab chiqaradi. Kommunikatsiya tizimida shunday o’zgarish yuz beradiki, xo’jalik tizimi tubdan o’zgaradi.
Tabiat manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish, ayniqsa, metallurgiya, qishloq xo’jaligi qisqara boshlaydi. O’z navbatida maishiy xizmat ko’lami kengayadi, aholining deyarli 50% shu sohada band bo’ladi. Shuning uchun ba’zida postindustrial jamiyat — maishiy xizmat qilish jamiyati deb ham yuritiladi. Ishlab chiqarish (moliyaviy, bank, sug’urta, savdo, ilmiy maslahat, dastur) va noishlab chiqarish sohalarida xizmatlar (fan, ta’lim va b.) o’sib boradi. Bunda urbanizatsiya jarayoni industrial jamiyatga nisbatan teskari ravishda yuz beradi, qishloqqa sanoat kirib boradi.
F.Teylorning mehnatni tashkil qilish usuli boshqa qulay usullar bilan almashadi. Sanoatda yollanma mehnatning hajmi kamayadi, ma’lumotli, bilimdon odamlar ishlab chiqarishda ko’plab ishtirok etadi. Moddiy narsalar omilidan ko’ra intellektual omil birinchi o’ringa chiqadi. Inson yuksak kapital emas, balki o’z mohiyatini, bilimi, iqtidorini, qadriyatlarini namoyon qiluvchi ijtimoiy kuchga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan bilimlarning strukturasi, maqsadlari ham o’zgaradi. Bunda axborotni o’rganish, qayta ishlash, ilmiy bashoratlar berish, dasturlarni ishlab chiqarish va takomillashtirish borgan sari ortib boradi.
Demak, an’anaviy jamiyatda boylik tashqi manbalar asosida qurilgan bo’lib, tabiat manbalarini egallash va uni o’zlashtirishga qaratilgan.
Industrial jamiyatda ishlab chiqarishning ichki manbalari ishga tushadi. Ishlab chiqarishda bo’lgan imkoniyatlar ro’yobga chiqadi. Tadbirkorlik ishlab chiqarishning to’xtovsiz rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: an’anaviy jamiyatda iqtisodiy masalalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal qilingan bo’lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan sun’iy ishlab chiqarish vositalari iqtisodiyoning asosini tashkil etadi. Shuning uchun bunday jamiyat iqtisodiy jamiyat deb ataladi.
Iqtisodiy jamiyatda iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi konkret. guruhning mavqei hal qiluvchi omil sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimlari orqali belgilanadi. Iqtisodiy munosabatlar tizimi va bir-birlari bilan o’zaro harakat qiluvchi guruhlarni iqtisodiy sotsiologiya o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |