Tizim - o’zaro bir-biri bilan bog’liq va funktsional munosabatlar hamda aloqalarda bo’lgan elementlarning bir butun majmuidir.
Ijtimoiy tizim - o’z ichiga ayrim individlar, guruhlar, tashkilotlar, institutlar, hamjamiyatlarning ijtimoiy aloqa va munosabatlarda birlashgan, tartibga solingan bir butunlikdir.
Tizimlarning umumiy nazariyasida (L. fon. Bertalanfiga ko’ra) jamiyat murakkab, bir butun tashkil etilgan tizim sifatida talqin qilinadi.
Sotsiologiyada, odatda, ijtimoiy tizim 4 aspektda o’rganiladi:
individlarning o’zaro ta’siri;
guruhlarning o’zaro ta’siri;
ijtimoiy maqomlar ierarxiyasi;
individlar xulq-atvorini belgilaydigan ijtimoiy me’yor va qadriyatlarning majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |