Axborotni tahlil qilish. Sotsiologga kerak bo’lgan axborot avvallari biror joyda tartibsiz yoki bir tizimga solingan shaklda hujjat tarzida qayd etilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqodchilar hujjatlarni tahlil etishning quyidagi usullaridan foydalanadilar:
1) Hujjatlarning sifat tahlili (“Muammoli” qidiruv, tematik umumlashuv); 2) Hujjatlarning miqdoriy tahlili (kontent-analiz).
Tadqiqotchi o’z manfaatlari va qo’yilgan vazifaning yo’nalishiga bog’liq ravishda rasmiy axborotni - hujjatlar, dalillar, rasmiy statistika va boshqalarni tahlil qiladi, keyin ekspertlar, respondentlarning sub’ektiv baho hamda fikrlarini o’rganib, ularni to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |