Mavzuning ilmiy jihatdan o’rganilish darajasi.O’zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga doir siyosatning mazmun mohiyati o’ziga xos xususiyatlari va asosiy yo’nalishlari hozirgi kunda hayotimizda sodir bo’layotgan voqea hodisalar, yangiliklar va o’zgarishlarda namoyon bo’lmoqda. Bitiruv malakaviy ishining o’rganilish darajasi esa mamlakatimiz rahbarining asarlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan qonun va qarorlari, hayotga tadbiq etilayotgan dasturlarda o’ aksini topgan. Ularni butun ommaga tadbiq etish esa OAV orqali televideniya, radio, internet, gazeta va jurnallardagi materiallaming e’lon qilih orqali amalgam oshirilmoqda. Shu jumladan, yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosini samarali tashkil etish, globallashuv jarayonida yosh avlonning qalbi va ongini yot g’oyalar tasiridan himaya qilish, yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni va rolini yuksaltirish muammolariga bag’ishlangan maqolalar orqali xalqimiz ongiga singdirilmoqda. Turli nashrlar, shu jumladan, Fuqarolik Jamiyati jurnali mualliflaridan Sh. Fayziyev,1 A. Tadjiyev1 2, S.Zokirov3, B. Saidov4 , D.
Ro’ziqulovlar yoshlarga oid davlat siyosatiga bag’ishlangan ilmiy maqolalar yozib borishadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi hamda “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati hamkorligida Respublika ilmiy-amaliy konfirensiyasi materiallari to’planib boriladi.
Bitiruv-malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi Prezidentimiz asarlari hamda ma’ruzalarini xalqimiz ongiga singdirish, qabul qilinayotgan dasturlarning hayotga tadbiq etilishi, yoshlar ongida demokratik
1
2
3
4
6
qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan:
-Prezidentimiz asarlari, maruzalari, g’ya va fikrlari, farmonlarini, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilgan qarorlarini hayotga tadbiq etilishi va ijrosini o’rganish;
-yoshlarga oid davlat siyosatining maqsad va vazifalarini ochib berish;
-davlatning yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinayotganligini asoslab berish;
-davlatning yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashi sabab va oqibatlarini tushuntirish.
Manbalar tasnifi.Ushbu mavzuni tadqiqot etishda bizga birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, asarlari, maruzalari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari to’plami, bundan tashqari, davriy matbuot materiallari, adabiyotlar hamda internet ma’lumotlariga tayanildi.
Bitiruv-malakaviy ishining nazariy uslubiy asoslari.Bitiruv-malakaviy ishiga istiqlol yillarida shakllangan milliy g’oya va milliy mafkura uslubiy asos qilib olindi.Mavzuni tadqiq etishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, asarlari, maruzalari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari muhim metodologik ahamiyatga ega bo’ldi.
Bitiruv-malakaviy ishining yangiligi va amaliy ahamiyati. BMI ning yangiligi shundan iboratki, davlatning yoshlarga oid siyosati asoslri o’rganib chiqildi. Siyosat asoslarining ishlab chiqilishi va uning hayotga tadbiq etilishi solishtirib ko’rildi. Mazkur BMIdan kelgusida qilinadigan kattaroq ilmiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, ushbu materiallardan ilmiy- amaliy konfirensiyalarda va umumta’lim maktablarida otiladigan darslarda, ma’ruza va suhbatlarda foydalanish mumkin.
BMIning tarkibi. Mazkur bitiruv-malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
7
1 Ubaydullayev R.A. O’zbekison yoshlari: ijtimoiy qiyofa. T. 2008. 8-bet
8
Do'stlaringiz bilan baham: |