Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilish va o’tkazish



Download 40,69 Kb.
bet8/8
Sana01.02.2022
Hajmi40,69 Kb.
#424017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sotsiologik tadqiqotni tashkil qilis

Sotsiologik monitoring.

Bozor iqtisodiyotiga avvalroq o’tgan industrial rivojlangan davlatlarda inson omiliga katta e’tibor beriladi. Davlat, tadbirkorlar va aholining keng qatlami insonga ajratiladigan investitsiya kapitalining eng ko’p foyda va samara berish yo’lidir. Buni AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur, YAponiya, Tayvanda o’tkazilgan ko’pgina sotsiologik tadqiqotlar tasdiqlaydi.


Bu tadqiqotlarda avvalo insonga ajratiladigan investitsiyalarning iqtisodiy samarasiga ko’proq e’tibor beriladi, chunki inson omili nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, madaniy, umumbashariy ahamiyatga egadir.
Zamon talablarida inson biosferaviy jarayonlarda qatnashib, koinot qa’riga tobora chuqurroq kirib borib, koinot masshtabidagi omilga aylanadi. Inson kelajakka, nafaqat o’ziga, balki butun yerdagi hayot uchun javobgardir. SHuning uchun, inson tabiatini, ma’naviyatini, hayotiy qiymatini o’zgarishida sayyoramizning keyingi evolyutsion hayotiga ta’siri bor.
Inson barcha iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, biosferik jarayonlarning boshida turadi. U moddiy va intelektual xizmatlarning bajaruvchisi va iste’molchisidir.
Inson ta’siri sifati va miqdorining o’sishi, uning talabini, hayot darajasini, ma’naviyati, ijtimoiy va huquqiy o’rni, dinamika va ijtimoiy jarayonlarni fundamental tadqiq etish inson fenomeniga diqqatning adekvat o’sishini talab qiladi.
Inson ma’naviyatining shakllanishi va rivojlanishi bazisi – bu bilish, shuning uchun jamiyat intelektual potensialini takomillashtiruvchi bilim maskanlarini rivojlantirish zamonning dolzarb masalasi hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotda insonning bilimi va qobiliyati raqobatbardoshlikning, iqtisodiy o’sishning, mehnat unumdorligining va samarali boshqarishning asosiy omilidir. Janubi-SHarqiy Osiyo davlatlari yuqori texnologiya va inson kapitali yordamida qisqa muddat ichida iqtisodiy o’sishga erishdilar.
SHuning uchun yosh mustaqil O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning tez ijro etilishi ta’lim tizimi rivojlanishiga va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida diqqat qilinishini talab qiladi. Bu talab yuksak intelektual potensialga ega inson o’zgaruvchan bozor iqtisodiyotiga tezkroq moslasha olishi uchun yanada dolzarbdir.
Mutaxassisni tayyorlash va ta’lim berishning samarasini oshirish iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy, huquqiy omillar majmuasini talab qiladi.
Ko’p yillik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bosh omillardan biri ijtimoiy omildir. Bu omillar sotsiologiya fanining maxsus qismi tomonidan o’rganilib, «ta’lim sotsiologiyasi» deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda ta’lim sotsiologiyasi O’zbekistonda bu sohadagi ijtimoiy masalalarning uslubiy asosining shakllanishi bosqichidadir.
Ijtimoiy jarayonlar boshqaruvining mukammallashuvi hozirgi sharoitlarda ta’lim tizimi axborotlarini qayta ishlab, tahlil qilib, yig’ish tizimini, ya’ni «sotsiologik monitoring» ni yaratishni talab qiladi.
Bu tizim professor-muallimlik tarkibini, talaba yoshlar, hisoblash matematikasini, zamonaviy hisoblash texnikasini va ijtimoiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini hisobga olgan holda yaratiladi.
Monitoring – bu sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, sotsiologik jarayonlar haqidagi axborotlardan doimiy foydalanishni ta’minlovchi tizimdir.
Sotsiologik amaliyotga tushuncha ekologiyadan kirib kelgan. Ekologik tadqiqotlarda u atrof-muhitni uzluksiz nazorat qilishni bildiradi.
Sotsiologik monitoring boshqaruv jarayonining sotsiologik ta’minotini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Sotsiologik tadqiqotlar uyushtirilganda odatda ijtimoiy muhit holatini aks ettiruvchi zarurroq ko’rsatkichlar aniqlanadi. So’ngra takroriy tadqiqotlar usuli bilan me’yoriy va asosiy ko’rsatkichlardan foydalanilgan holda uzluksiz ravishda dinamik axborotni yig’ib tahlil qilishni ta’minlaydigan sotsiologik o’lchovlar olib boriladi.
Tadqiq qilinayotgan tashkilotning bunga xos ko’rinishi nafaqat jamiyat va kuzatilayotgan ob’ekt hayotining turli sohalari haqida haqqoniy axborot olishni, ta’minlaydi, balki jamiyat jarayonlari munosabatlari va qonuniyatini ochib ham beradi.
Voqealarning rivojlanish munosabati doimiy nazoratda va ob’ektning zarur parametrlari o’zgartirilganda, katta axborot jadvali to’planganda katta monitoring turiga ko’ra ilmiy tadqiqotlarga talab yuzaga keladi. Bunday monitoring tizimlarga avval meteorologiya va seysmologiyada duch kelindi.
Hozirgi vaqtda bunday tizimlar statistika, bank ishi, birja, kosmonavtika, mudofaa, ishlab chiqarishda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Sotsiologiyaga monitoring tadqiqotlari usulbiyoti va amaliyoti ekologiyadan o’tdi. Dinamikaning monitoring tadqiqotlarida va ekologik holatlarda sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar ustida kuzatishlar olib borildi. Bunda tizimlarni barcha komponentlari haqida ma’lumotlar jamlamasi yaratildi. Bizning respublikamizda bunday tadqiqotlar Orolbo’yi mintaqasidagi ekologik muammolar munosabati bilan 90-yillarning boshlarida katta ko’lamda olib borildi. Katta hajmdagi ma’lumotlar jamlamasi yig’ildi.
Sotsiologik Tadqiqotlar Markazi ham 1989-92 yillarda Orolbo’yi ekologik tangligi oqibatlarini o’rganishda qatnashdi.
Monitoring yaratishdagi ishlar qo’llanilmagan bo’lsada, monitoring o’lchovlar yaratish g’oyalari fundamental sotsiologik tadqiqotlar olib borilayotganda paydo bo’ldi.
Sotsiologik tadqiqotlarga monitoring turi bo’yicha jamoat fikrini dinamik o’rganish ham kirdi. Monitoring qo’llovchi bo’lib Gellap Instituti hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasida ham asosan monitoring turi qo’llanilmoqda. Rossiyada sotsiologik tadqiqotlarning koordinatsion markazi akademik T.I.Zaslavskaya boshchiligidagi Rossiya Sotsiologiya Markazi sanaladi. 1994 yildan beri Moskvada turli ijtimoiy muammolar bo’yicha natijalar e’lon qiluvchi «Monitoring axborot byulleteni» nashr qilib kelinmoqda.
Ba’zi rivojlangan davlatlarda va MDHda ta’lim sohalarida monitoringni yaratish va qo’llash bo’yicha qiziq natijalar olindi.
Bizning mamlakatimizda ham mustaqil bo’lganimizdan so’ng sotsiologik monitoring yaratish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi. Xususan, ToshDU sotsiologik markazi va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan Oliy ta’lim monitoringining usulbiy asosini yaratish yo’lida ishlar olib borildi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim monitoringi tizimining umumiy masalalari tizim struktura va funksiyalari bilan mos ravishda aniqlanadi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:

  1. Oliy O’quv yurtlari – institutlar va universitetlar

  2. Malakani oshirish institutlari va fakultetlari.

  3. O’rta maxsus o’quv yurtlari.

  4. Ilmiy-tadqiqot institutlari.

  5. Oliy va o’rta maxsus ta’limning Respublika va mintaqaviy bo’limlari.

Oliy va o’rta maxsus ta’limi quyidagi funksiyalarni bajaruvchi Monitoring tizimini o’z ichiga oladi:

  1. Malakali xodimlar bilan ijtimoiy talabni qondirish.

  2. SHaxsni tarbiyalash, insonni mustaqil faoliyatga tayyorlash.

  3. Oliy ta’lim alohida sotsial qatlam hosil qilib, jamiyatda malakali mutaxassislarni yuzaga keltiradi.

  4. Oliy ta’lim kasbiy bandlikdan farqli ravishda alohida qiymat aks ettiradi. Oliy ta’lim o’ziga mos ravishda o’rin tanlashda, sotsial maqsadlarga yetishish shartlarini bajaradi.

  5. Oliy ta’lim shaharlarda kadrlar salohiyatini kuchaytirishga yordam beradi.

  6. Oliy ta’lim demografik jarayonlarga, ya’ni nikoh, tug’ilish, turg’unlik va boshqalarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

  7. Jamiyatning intellektual potensialini ishlab chiqarishga qo’llash funksiyasi. Oliy ta’lim tizimi bilim darajasi va o’rganishga, ilmiy faoliyatga intilishni va ta’lim imkoniyatlarining kengayishini rag’batlantirish.

  8. Iqtisodiy o’sishni va mehnat unumdorligini rag’batlantirish, tez iqtisodiy o’sishni ta’minlaydigan zamonaviy milliy texnologiyani yaratish.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim monitoringi tizimining umumiy masalalari monitoring funksiyalarining samaralilik va uslubiy, ilmiy adabiyot bilan ta’minlanish darajasiga qaratish kerak.
1995-96 yillarda sotsiologik Tadqiqotlar Markazi tomonidan professor-o’qituvchilar va talabalarning ijtimoiy holati tadqiq etildi. Bu tadqiqot o’qitish professor-o’qituvchilar va talabalarning ijtimoiy holatiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
SHuning uchun monitor tadqiqotlarning birinchi bosqichi sifatida professor-o’qituvchilar va talabalarning ijtimoiy holatining dinamikasi nazorati tanlandi. Mahsus tayyorlangan dasturlar asosida mamlakatning yirik oliy o’quv yurtlarida aniq sotsiologik tadqiqotlar o’tkazildi.
Olingan ma’lumotlar EHM da qayta ishlanib, tahlil qilindi va OO’YU Vazirligi Ilmiy Hay’atiga 1996 yil mayda taqdim qilindi. Ilmiy Hay’at tomonidan ba’zi e’tirozlari bilan ma’qullandi. Ilmiy hisobot O’zR va DFTKiga ham taqdim qilindi. 1



1Умумий социология. Тошкент, 1999 йил. 170-174 бетлар



Download 40,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish