O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI Mavzu: Sinxron va diaxron sotsiolingvistika
MUSTAQIL ISH
Xudoyorova Yulduz
Guliston - 2021
Sotsiolingvistika Ijtimoiy lingvistika (sotsiolingvistika) sinxron va diaxron asosda o’rganiladi. Frantsuz tilshunos olimi F. de Sossyur bu masalada to'xtalar ekan, tilning hozirgi holatiga nima aloqador bo'lsa , ularning barchasi sinxron , uning harakat , dinamik evolyutsiyasiga , butun taraqqiyot jarayoniga nima aloqador bo'lsa , ularning barchasi diaxron hodisadir , deb ta'kidlaydi . Shu nuqtai nazardan olib qaraganda , til qurilishi va uning ifoda vositalari o'rtasidagi bog'liqlik sinxron va diaxron aloqalari jarayonini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi . Til sistemasidagi o'zgarishlar butunligicha mavjud ekan , ularning tarixiy til qatlamlari va ularning evolyutsion taraqqiyo saqlanib kelinmoqda va til ichki taraqqiyotida samarali ta'sir qilmoqda. F. de Sossyur ta'limotiga ko'ra , sinxroniya , diaxroniya bilan birgalikda ijtimoiy til faktorlari axroniya , naxroniya singari aspektlarda o'rganilib kelinadi . Xullas , sotsiolingvistika sinxron , diaxron tarzda o'rganilar ekan , bu o'z - o'zidan hozirgi va tarixiy ijtimoiy tilshunoslik nomi bilan atalib , ular ijtimoiy til masalalarini o'rganishga asos bo'ladi .
Ferdinand de Sossyur Sotsiolingvistika
Diaxron
Sinxron
Bu ikki til hodisasi turli xil metodlar asosida rivojlanib , bir til qurilishini , jumladan , o'zbek till taraqqiyotining ikki davrini o'rganishni asos qilib olish mumkin:
Til taraqqiyotidagi qonuniyatlar , uning ichki til tizimi yaxlit holatda o'rganilmas ekan , ijtimoly lingvistikaning barcha muammolarini hal qilib bo'lmaydi .
Holbuki , hozirgi ijtimoiy lingvistika sinxron holatlar bilan birga , diaxronik printsiplarni ham hayotga tadbiq etib kelmoqda , bu esa tilning funktsional ko'rinishlarini tarixiy taraqqiyotlar asosida o'rganishga asos bo'lishi mumkin .
Sinxron sotsiolingvistika ma'lum bir tamoyilga asoslangan til shaklining funktsional ajratish asosida paydo bo'lishidir . Ko'pgina hozirgi ijtimoiy tilshunoslikka bag'ishlangan ilmiy ishlarda tilning yashash tarzi , u yoki bu hollarda davlatlarda til vujudga kelishi kabi masalalar chuqur talqin etilayapti . Bu kabi masalalar sinxroniya va diaxroniya muammolarini o'rganishda ularni ajratib o'rganmaslik lozimligini e'tirof etadi . Yuqorida F. de Sossyur sinxroniya va diaxroniyani ajratib xato qiladi . Negaki , ular aloqada sinxroniya ichida diaxroniya , diaxroniya ichida esa sinxroniya mavjud . Bundan maqsad tilning butun tizimi va uning qismlarini sinxron aloqada va munosabatlarini o'rganishdan iborat bo'lsa , til va uning qismlarining butun tarixiy taraqqiyoti , harakat evolyutsiyasini birgalikda tekshirishning murakkablik xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqdir . Sinxron sotsiolingvistika til tizimi va uning komponentlarini turli davrlarga xos tarzda o'rganadi .
Aytaylik , VI asr eski o'zbek adabiy tili VII - XIX asrlardagi o'zbek tili hamda XX asr boshlaridagi o'zbek adabiy tili va uning taraqqiyot qonuniyatlarini sinxron ( hozirgi davr ) nuqtai nazaridan o'rganish mumkin. Sinxron sotsiolingvistikani metodologik jihatdan tahlil qilganda , til tizimi va uning qurilishidagi hamda turli xil til vositalarini tahlil qilish asosida tekshirishini e'tirof etish joiz bo'ladi .
Chunki sinxronik tekshiruvlarda hozirgi til qurilishida tub o'zgarishlar , sifat va samaradorlik kabi masalalar muhim o'rin egallamoqda . Holbuki , hozirgi ijtimoly tilshunoslikning vazifaviy doirasi ancha kengayib bormoqda. Buni o'zbek tili va uning keyingi yillardagi mavqeini oshib borishi orqali ham ko'rish mumkin.
Ijtimoiy lingvistika fan sifatida qanday tushunchalarni qamrab oladi , u bir necha xil ko'rinishlar asosida sinxron va diaxron sotsiolingvistika tushunchalari asosida paydo bo'ladi . U nimani o'rganadi ? L.B. Nikolskiy shu haqda to'xtalib , sinxron sotsolingvistika uchun birinchi galda tilning tushunish darajasi aks etmog'i lozim , demakki , timoiy faktorlari aniqlash va belgilash imkoniyati yaratildi , deydi .
Bu til faktlarini ijtimoiy hodisa sifatida o'rganishda imkoniyat yaratadi, qolaversa, til faktlari sinxron va diaxron tarzda o'rganilib, tillar taraqqiyotida muhimligi bilan ajralib turadi. Sotsiolingvistikani sinxroniya va diaxroniya tarzda ajratib o'rganish ma'lum ma'noda to'g'ridir. Chunki til sotsiolingvistik jihatdan o'rganilganda , bir tomondan tilning hozirgi ichki hayoti (adabiy, noadabiy til vositalari, hududiy, mahalliy dialektlar, jargon, argo, koyne va boshqalar), ikkinchi tomonidan esa, uning evolyutsiyasi (urug' tillaridan hozirgi davrgacha bo'lgan tillar taraqqiyoti) o'rganiladi.
Sinxron sotsiolingvistikaning obyekti: hozirgi butun dunyo tili, til regionlari, davlat va xalq tillarining hozirgi hayotini, tilda hozir nima mavjud bo'lsa, shularning barchasini o'rganishdir. Lekin sinxroniyani hozirgi davr bilan to'la - to'kis chegaralash mumkin emas. Butun til taraqqiyotini sinxron qismlarga bo'lib o'rganish ham mumkin. Masalan: XII - XIV, XIV - XV, XVI - XVII, XI asr oxiri va XX asr boshlari, 1930-1970 , 1992-2000 yillar o'zbek tili taraqqiyoti bilan bog'liq masalalari ham o'rganish va tekshirish hamda sinxron qismlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, sinxron sotsiolingvistika tilning vazifaviy jihatlarini umumtil qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda tekshiradi (xususiy va umumiy ijtimoiy funktsiyasini), tilning shakl jihatdan xoslanishi, til tizimidagi harakter va xususiyatini, uning umumiy jihatlarini, funktsional xususiyatlarini, til vaziyati va holatining metod va yo'nalishlarini ijtimoiy lingvistika qonuniyatlari asosida o'rganishda sinxron lingvistika muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, sinxron sotsiolingvistika tilning ijtimoiy vazifasini, tilning hozirgi davrdagi ko'rinishlarini, so'zlashuv tili, adabiy til va uning shakllari, koyne, mahalliy va sotsial dialektlar, pidjin, kreol, argo til va boshqalarni o'rganadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Normurodov R. Sotsiolingvistika ( Uslubiy qo'llanma ) . Termiz 2004 , 62 bet .
- Mo'minov S.M. O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy - lisoniy xususiyatlari . DD . - T.2000 .
- Yusupov E. « Milliy " Milliy manfaatlar manfaatlar va milliy muammolar » . G'G ' « SHarq yulduzi » . Nº12 , 6 - b .
- Hojiyev A.P. Lingvistik terminlarning qisqacha lug'ati . -T : 2001 .
Do'stlaringiz bilan baham: |