2.Mustaqillik-o`zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.
1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan
«kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |