Sotsial psixologiya


ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR



Download 0,95 Mb.
bet18/33
Sana11.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#348173
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Ma'ruza matni

ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR


Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llanilganning guvoxi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko’rinishlari, So’roq metodlari - anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham "madaniy muxit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo’llanmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmoqdalar. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarning taksisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib kuygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o’zgaritirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nixoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda Yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to’plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani o`lchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo’lsada, muxit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharxlash masalasida alohida extiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jaxon olimlari har qanday madaniy muxitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.

Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib kuygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma xilligi va ularning o’zaro bir birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmogi zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasto’rini to’zishda albatta hisobga olishi kerak. misol uchun, O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullarini ; 2) faqat O’zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni ulchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarda moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda usha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, to ki tekshiruvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik steriotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, So’roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yo’qsak bilimdonlik va professional sifatlarini talab qiladi. Aks holda, metodika o`z kiymatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki ulchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (ogzaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarida isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikrok guruh doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yerdamchi metodlar yerdamida qayta sinovdan o’tkazish Yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.

Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo’yiladigan yana bir talab- tadqiqotni tabiiy sharoitlarida, tekshiruvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko’rsatmalar berish Yo’li bilan o’tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko’pincha turli yesh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.

Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhim yoki bu millat vakillaridagi etnik steriotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G.U.Ksoyevaning yozishicha, bu yerda to`rt guruhli metodlarni ko’rsatish mumkin:

1. Shkalali o`lchov metodlari - ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik ustanovkalarini tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashxur shkalasi: qiyosiy fikrlash yo’li bilan berilgan juftliklar - ustanovkalarini har bir tekshiruvchi tomonidan aniq baholanishiga asoslangan yoki Laykartning "Baholashlar yigindisi" metodi ham u yoki bu millat vaqiliga xos ustanovka - fikrlariga tekshiruvchining e’tirozi yoki e’tirofini aniqlaydi. Bu metodlar butun jaxon mikesida ko’pgina tadqiqotlarda ishlatilgan va joy sharoitlariga moslashtirish jixatidan rekord kuygan desak bo`ladi.

2. Kuzatish va So’roq metodlari- bunda usha madaniy muxitga xos bo`lgan, uning bevosita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy kadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va xoka’zolar tashkaridan o’rganiladi. So’roq metodalari ichida ko’prok anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vaqilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent - analiz qilinadi. Amerikalik olimlar D.Kats va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik steriotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo`yicha imkoni boricha ko’p javoblar ichidan "O’zinikini" tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashkari, 84 xil sifatni o`z ichiga olgan ro’yxatdan o`z millatiga va boshqa millatga xos bo`lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirigini berishgan. Shu yo’l bilan etnik steriotiplar aniqlangan.

3. Proyektiv metodlar - bu guruhga asosan Rorshayxning "Siyox dog’lari" testi, tematik appertsepsion test (TAT), boshlangan jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, Lovenfeldning mozaikalari testi va boshqalar kiradi. Mavxum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarining yo’nalishi bo`yicha turli millatlarga oid steriotiplar o`rnatilgan.

4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G. Deyker va N. Fridlarning milliy harakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy testlar va boshqa testlari kiradi. Ayniqsa, milliy steriotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda kimmali ma’lumotlar tuplash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vaqilining o’ziga mansub millatga xos milliy kadriyatlarni, steriotiplarni o’zlashtirishida asosiy vosita rolini uynaydi. Shuning uchun ham etnopsixolog o`z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar xamkorligida o’tkazadi.

Yuqorida aytib o`tilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari xolos. Chunki, millatlarning ko’p qirrali psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.

Nazorat savollari:


  1. Katta ijtimoiy guruh deganda nimani tushunasiz?

  2. G.M.Andreyevaning guruhlarni qandey turlarga ajratgan?

  3. Real guruhga ta’rif bering.

  4. Uyushgan va uyushmagan guruhlar tushunchasini izohlang.

  5. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlarni izohlang.

  6. 20 yoshli kishining psixologiyasini to`liq ravishda o’rganish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

  7. Etnopsixologiya deganda nimani tushunasiz?

  8. Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin?

  9. V.Vundt tadqiqotlarida “xalq” tushunchasi qandey ma’noni anglatgan?

  10. Y.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida nechi tomonni farq qiladi?

  11. Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlarni izohlang.

  12. Jaxon olimlari har qanday madaniy muxitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida fikr yuritishlariga sabab nimada?

  13. O`zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa nimalarga e’tiborni qaratish lozim?

  14. Shkalali o`lchov metodi deganda nimani tushunasiz?

9 Mavzu: Kichik guruhlar psixologiyasi


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish