ETNIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo`yicha ko’prok tadqiqotlar o’tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumxuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar o’rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo’yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko’prok e’tibor berishni lozim topdik, bunday etiborning yana bir boisi - O`zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o’tkazilganligi, lekin ular ko’p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o’rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O`zbekiston sharoitida, ko’pgina tadqiqotlarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki, davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo`lgan hozirgi va o`tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o’zgarishini, millatlararo sodir bo`ladigan jarayonlarni bashorat qilmogi lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O`zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifok sharoitining o’zi ana shunday kuchli nazariyaning bo`lishi uchun anchagina tuganok bo`lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashkari, turli halqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o’rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi "xalq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o’rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu halqlarda keng tarkalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o’rganish kerak. Shunisi diqqatga sozovorki, Vundtdan keyingi davrda o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning ulkamizda o’tkazilgan bo`lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo`lib, uni o’tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotsqiyning madaniy-tarixiy yondashuv g`oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya galaba kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o’zgarishi bilan O’zbek xalqi psixologiyasining ham o’zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o’zgarganligini isbot qilish bo’lsa ham tadqiqotchilar o`z-o’zini anglash va o`z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan kizlar o’rtasidagi farq bor-yo’qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o’zini analiz qilish metodi yerdamida o’tkazilgan bo`lib, ayollarga turli savollar orqali o`z shaxsiga xos xususiyatlarni, o’zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, tulikligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o’rniga bog’liq bo`lib chikdi. Uyda utirgan ayollar ko’p hollarda qo’yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo’ldi. Luriya shu narsaga ikror bo’ldiki, O’zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog’liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko’pchiligini aniqladi. Masalan, ayollarga o’zidagi yemon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yemon kushnilarni ko’rsatishar va umuman o`z-o’zini baholashdan ko’ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha yengil tuYo’ladi.
Yo’qorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o’rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o’rniga bevosita bog’liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o’rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar sanab ko`rildi. To’g’ri, bu tadqiqotda to’plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo’lmaydi. Qolaversa, bu konsepsiyaning o’zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo`yicha o’tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo’llangan piktogramma -"so`z portretlarini", o`z-o’zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo’llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifok olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashxur rus etnografi va psixologi Y.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to’plangan ma’lumotlar misol bo`lishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1) psixik asos - etnik harakter, temperament milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism ;
2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o`z ichiga olgan dinamik qism.
Lekin tadqiqotlar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug’ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug’ullanadilar-da, u yoki bu millatlargina xos bo`lgan qirralarni topishga o’rinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy o’zaro xamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikoxlar keng tarkalgan sharoitda faqat u yoki bu milatga xos bo`lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, O’zbeklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, gueki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar O’zbek xalqigina xos emish. To’g’ri, bu sifatlar albatta O’zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vaqillarida yo’q deyishga xakkimiz yo’q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha steriotiplar - ya’ni urnashib qolgan obrazlar bo`lganidek, har bir oila, yaqin oshna – og`aynilar va o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vaqilida ham o`z millatiga xos bo`lgan sifatlar haqida steriotiplar paydo bo`lib, ular ongida urnashib boradi. Bunday steriotiplar o`z millatiga va boshqa halqlarga nisbatan bo`lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo`ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O`z millati haqidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy "etnotsentrizm" hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo`lishi, bu esa millliy antogonizm va milliy adovatlarini keltirib chiqarish mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vaqillarida milliy guro’rning kay darajada bo`lishini aniqlash muammosi turadi. Chunki ko’pincha milliy g`urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g`urur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yyotgan etnotsentrizm va milliy guro’rning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va xoka’zolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo`yicha o’tkazilishi lozim bo`lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vaqiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. Chunki, o’zini hurmat qilmagan odam boshqani qilmaydi, buning uchun esa psixologiyasini ham, o’zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barxam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |