«sotsial psixologik treninglar» fanidan 15-mavzu. Rolli o’yinlarni o’tkazish qoidalari samarqand – 2022 yil


Rolli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari



Download 6,97 Mb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi6,97 Mb.
#810864
1   2   3
Bog'liq
15-mavzu

2. Rolli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari
    • Rolli o‘yinlar o‘tkazilishi uchun ma’lum bir vaqt belgilanishi kerak, belgilangan vaqt ishtirokchilarga e’lon qilinadi va trener tomonidan nazorat qilib boriladi;
    • O‘yin qoidalarini o‘yinning mohiyati va mazmunini tushuntirmasdan oldin tanishtirish maqsadga muvofiq va bunda eng yaxshi usul – har bir ishtirokchi qoidalarga rioya qilishini og‘zaki tasdiqlashi lozim;
  • Trener o‘yin qoidalaridan so‘ng o‘yin maqsadini (nima uchun bu o‘yinni o‘tkazayotganligini) tushuntiradi. O‘yinning mazmuni o‘qib beriladi yoki u aks etgan kartochka ishtirokchilarga tarqatiladi va ularga o‘zini tutishi lozim bo‘lgan ma’lum bir vaziyat yoki holatlar taklif etiladi;
  • Rolli o‘yin tugaganidan so‘ng hosil qilingan tajriba muhokama qilinadi. Trener rolli o‘yin qatnashchilariga fikrlarini bayon qilishlari uchun ko‘maklashadi.
  • Fikrlarni bayon etish ham qoida asosida – ma’lum tartib va shaklda amalga oshiriladi, bunda har bir qatnashchining o‘z kechinmalari va fikrlarini bayon qila olishi juda muhimdir, buning uchun trener o‘yin jarayonida qatnashchilarda namoyon bo‘lgan har bir hissiyotning yuzaga chiqishini qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib borishi zarur;
  • Agar o‘yin qatnashchilaridan birortasi o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashishni istamasa, uning bu istagini albatta inobatga olish kerak, lekin o‘yindan keyingi o‘tkaziladigan psixogimnastik mashqlarda uning bu holatini yo‘qotishga e’tibor berish kerak.

3. Rolli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari
Qoidalar nafaqat o‘yinga, shuningdek uning yakunlarini muhokama qilishga ham tegishlidir. O‘yin qoidalari o‘yinning mazmunidan kelib chiqqan holda ishlanadi, bunda o‘yindagi o‘zaro munosabatlar va tajriba almashishga katta ahamiyat berish zarur.
1. O‘yinda qatnashayotganda har bir ishtirokchi o‘zini samimiy tutishi va o‘zgalar bilan ham samimiy munosabatda bo‘lishi, shuningdek unga taklif qilingan rolga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
2. Natija va tajribalarni o‘rtoqlashayotganda ishtirokchilarning fikri trenerning fikriga mos kelmagan holatlar bo‘lganida, trener o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qilmasdan, ularning nuqtai-nazarini hurmat qilishi zarur.
3. O‘yin va muhokama jarayonida hamma bir-birining fikrini bo‘lmasdan, diqqat bilan eshitib, boshqa ishtirokchilarning o‘yin jarayonida nimalarni his qilganligini tushunishga harakat qilishi zarur.
4. Muhokamada barcha ishtirokchilar faqatgina o‘z kechinma va hissiyotlari haqida gapirishi, boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilmasligi shart. Ularning fikrini, tajribasini o‘zidan eshitgan ma’qulroq.
Rolli o‘yinlar trening jarayonida eng foydali va asosiy usul ekanligi ma’lum. Lekin shu bilan birga ta’kidlab o‘tish lozim, uni o‘tkazish va o‘zlashtirish ham trener uchun, ham ishtirokchilar uchun qiyinroq kechishi tabiiydir. Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini va samarasini oshirishga yordam beradi:
    • Treningni dastlabki kunlarida rolli o‘yinlarga ko‘ngilli, sergap va faol ishtirokchilarni tanlab olish lozim;
    • Trenerning o‘zi ham bosh rollardan birini ijro etishi maqsadga muvofiqdir;
    • Ishtirokchilarga qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishlari lozimligini tushuntirish yoki ularning ishni boshlab olishlari uchun birorta ssenariyni taklif etish kerak;
    • Ishtirokchilarga instruksiya berishda turli xil “rekvizit”lar – ro‘mol, sharf, do‘ppi, ismlar yozilgan kartochkalar, pariklar va h.k.lardan foydalanishlari mumkinligini aytish kerak;
    • Trener imkoni bo‘lsa, vaziyatni yumor bilan to‘ldirishga harakat qilishi lozim;
    • Butun guruhni juftliklarga bo‘lib tashlash va har bir juftlik hayotiy vaziyatlardan kelib chiqib, ma’lum bir sahnani (masalan, ota-o‘g‘il kabi rollar) ijro etishini so‘rash kerak;
    • Shu tarzda butun guruh oldida mavjud bo‘lgan xijolatpazlik, bir-biridan uyalish kabilar yo‘qoladi.


Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish