20-variant
Sotsial-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri va uning maqsadlari.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi
metodlaridan foydalaniladi:
• tekshiruv;
• tadqiq etish;
• nadzor (nazorat);
• moliyaviy holat tahlili;
• kuzatish (monitoring);
• taftish
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatJari asosida moIiyaviy-
xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi.
Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi
va ularga barham berish choralari belgilanadi.
Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim
tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar,
material, yoqilg'i va energiyalarning sartlanish hajmlari nazorat
tarzida o'1chanadi. Shuningdek, tadqiq etish so'rash, kuzatish va
inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma'lum bir turiga
(masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya
olgan iqtisodiy sub'ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U qoidalar va
normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib
keladigan u o'rnatilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko'zda
tutadi.
Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi
sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga
umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya
hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi.
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi
sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatIi usullarini qo'llash yordamida
amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliyaxo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan umumiy tekshiruvidan
iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob'ekt faoliyatidagi kamchiliklar
va buzilishlarni topish uchun, ya' ni sodir etilgan xo'jalik
operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy
samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya
hisobi va hisoboti ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun
amalga oshiriladi.
Risk nima?
Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi
ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq)
natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan
alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa
bunday ehtimollik o’tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to’la
emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. har qanday holda
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab
va taklif, ishlab chiqarish va sotish va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi
sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo’lishi mumkin. Chunki o’tgan davr
ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan
o’tgan rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihalardagi yo’qotish va zararlarga
bog’liq bo’lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini quyidagi chizma rasm orqali ifodalash mumkin.
Риск – суғуртавий пул муносабатларининг асосини ташкил этади.
Хўжалик юритувчи субъектларнинг ва фуқароларнинг ҳаѐтига турли рисклар
доимо таъсир кўрсатиб турадики, бу ўз навбатида ушбу рискларни рўй бериши
натижасида юзага келадиган, эҳтимол тутилган зарарлардан ҳимояланиш
заруриятини келтириб чиқаради. Рискларнинг юз бериши тасодифийлик
характерига эга ва у инсон онгига боғлиқ бўлмайди
Do'stlaringiz bilan baham: |