Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing
jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha
sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon
axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni
takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1
yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash
xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib
foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot
tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga
nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet
xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha
25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda
15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining
umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni
197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal
amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq
tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik
hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish
bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni
amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz
qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari
bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar
safiga qo‘shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida
amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish
va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan,
mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga
tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan
quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:
- “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek,
biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish
konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,
- tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron
shakllarini joriy qilish,
- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga
1.Reklama haqida tushincha
Reklama (lot. reklamo — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. R. marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. R. korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. R.ning asosiy vazifasi — haridorni qiziqtirish, mijoz haridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.
R.ning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma R., hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar R. qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi R. ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda 19-asrning 2-yarmida birinchi R. agentliklari faoliyat koʻrsatgan va R. katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma R. haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. B u ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik R. potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. R. ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi.
R. bir necha vazifani bajaradi:
1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — R. eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi;
2) ishontiruvchi P. — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi;
3)eslatuvchi R. — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi.
Bunday R. davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi.
Har bir firma oʻz R. faoliyatini R. agentlarini yollash yoki R. xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. R.ning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda R. matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus R. filmlari namoyish etiladi. R.qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida R. harajatlarining hissasi ortib boradi, R. tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va R. maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqgsik, ishonchlilik, R.dan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish R.ga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda R. tayyorlash va tarkatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998 y. 25 dek.) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni R. vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini R. qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi (yana q. Marketing).
2.Reklamaning turlari va shakllari
Reklama - ko'p jihatdan taqsimlangan ba'zi axborot uzatish, deb. Deyarli har bir ish egasi tomonidan o'yinlar ulkan rolini biladi reklama. reklama turlari turli mezonlar bo'yicha ajratish mumkin. Ushbu maqolada, biz bir boshlang'ich nuqtasi ishlash axborot uzatish anglatadi, deb olib, ularni ko'rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |